• HISOBLASHLAR Laboratoriya ishi № 2
  • Kerakli asbob va jihozlar: Siljiydigan m 1 = 200 g yukchalari bo’lgan FRM – 06 tipidagi Oberbek mayatnigi, millisekundomer. Qisqacha nazariya.
  • FRM – 06 tipidagi Oberbek mayatnigining tuzilishi.
  • O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Mahsus Ta’lim Vazirligi Jizzah Politehnika Instituti




    Download 0.54 Mb.
    bet4/13
    Sana07.12.2022
    Hajmi0.54 Mb.
    #33653
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    O’zbekiston Respublikasi

    Adabiyotlar



    1. Opir DJ. Fizika. M., «Mir» - 62 b.

    2. Iveronova V.I. «Fizikadan praktikum» T.O’qituvchi–1973. 51–55 b.

    3. Mo’minov H. Haydarov H. «Fizikadan laboratoriya ishlari uchun qo’llanma » T.O’qituvchi – 1971 51 – 53 b.

    4. Ahmadjonov O. «Fizika kursi» T.O’qituvchi – 1987 yil 1 bob.

    5. Yuldashev U., Mustofoqulov A va boshqalar «Umumiy fizika » Ma’ruza matnlari 1k. Jizzah - 2000 yil

    HISOBLASHLAR

    Laboratoriya ishi № 2


    Aylanma harakat dinamikasi qonunlarini o’rganish va oberbek mayatnigi yordamida jismlarning inersiya momentini aniqlash.


    Ishning maqsadi: Aylanma harakat dinamikasining asosiy qonunlari bilan tanishish. Jismlarning inersiya momentini tajribada aniqlash va uni nazariy hisoblangan qiymatlari bilan solishtirish.


    Kerakli asbob va jihozlar: Siljiydigan m1 = 200 g yukchalari bo’lgan FRM – 06 tipidagi Oberbek mayatnigi, millisekundomer.


    Qisqacha nazariya.

    Jismning aylanish o’qiga nisbatan inersiya momenti deb uning m massasini aylanish o’qidan shu jismgacha bo’lgan masofa r ning kvadratiga ko’paytmasiga aytiladi.


    J = mr2 (1)
    Bu inertsiya momenti jismni tashkil etuvchi ayrim elementar bo’lakchalar (moddiy nuqtalar) ning aylanish oq’iga nisbatan inersiya momentlari yigindisiga tengdir.
    (2)
    Agar jismning massa markazidan o’tuvchi o’qqa nisbatan inersiya momenti J0 ma’lum bo’lsa, jismni mazkur o’qdan har qanday d masofadagi, shu o’qqa parallel bo’lgan o’qqa nisbatan ham inersiya momentini aniqlash mumkin. U quyidagicha ifodalanadi va Shteyner teoremasi deb ataladi.
    J=J0 + md2 (3)
    formulani quyidagicha ifodalash o’rinlidir:


    (4)
    m = v (4.1)
    Bunda integral jismning butun hajmi bo’yicha olinadi va (4) ni integrallab turli hil shakldagi jismlar uchun inersiya momentlarini hosil qilamiz.
    Jismni tashkil etuvchi har bir moddiy nuqta uchun kinetik energiya quyidagicha aniqlanadi:
    Ti к (5)
    Bu yerda: mi – moddiy nuqta massasi, Vi – chiziqli tezlik.
    Chiziqli tezliklarni burchak tezlik – w orqali ifodalaymiz.

    Vi = WRi (6)


    va aylanma harakat kinetik energiyasini quyidagicha aniqlaymiz:


    yoki Тайл к (7)

    N’yutonning 2 – qonunini aylanma harakatga tatbiq etib aylanma harakat dinamikasining asosiy tenglamasini hosil qilamiz:


    M dt = d (Jw) (8)

    Bunda M – inersiya momentiga teng bo’lgan jismga qo’yilgan kuch momenti;


    w – jism aylanma harakatining burchak tezligi. Agar I = const bo’lsa, u vaqtda M к J (9) bo’ladi.
    bu yerda e – aylantiruvchi kuch momenti M ning ta’sirida jism olgan burchak tezlanish.
    (10)
    Qurilmaning ishlash prinsipi.

    Oberbek mayatnigi yordamida aylanma harakat qonunlarini o’rganish mumkin (1 - rasm). Bu asbob bir hil massali (m1) krestovinadan iborat. Agar bu yuklar aylanish o’qidan bir hil masofalarda joylashtirilsa, u holda aylanish o’qi krestovina markazidan o’tadi. Yuklarni aylanish o’qidan ihtiyoriy masofalarga siljitish uchun shtrihlar qilingan bo’lib, bu sistemaning inersiya momentini o’zgartirishga imkon beradi.



    Bu asbob shkivga o’ralgan ipga osilgan m2 massali yuk yordamida harakatga keladi. Qurilmaning harakati shkivning aylanma va yukning ilgarilanma harakatdan tashkil topgan bo’lib, uning pastki tomon harakati quyidagi tenglamalar sistemasini qanoatlantiradi.


    (11)
    Bu yerda, m – o’qqa osilgan yuk massasi ipning massasi hisobga olinmaydi (va u shkivga bir qavat o’ralgan deb faraz qilinadi).
    mg – o’qqa osilgan yukning ogirlik kuchi, T – taranglik kuchi, (-burchak tezlanishi, Tr – ipning taranglik kuchi momenti, Myuk – ish alanish kuch momenti.
    Shkiv sirtidagi nuqtalarning tangensial tezlanishi burchak tezlanishi bilan quyidagicha boglanishga ega bo’ladi.
    aк = EN = a (12)
    m – yukning massasi 0,2 – 0,4 kg atrofida olinganda ishqalanish kuchini hisobga olmasa ham bo’ladi. U holda (11) quyidagicha o’zgartiriladi.
    (13)

    JE = TN = m (g - a) N (14) ni hosil qilamiz.


    Boshlangich tezliksiz ilgarilanma harakat tenglamasi
    dan (15) ni (14) ga qo’yamiz;
    (16)

    (12) formuladan (17) ni va (15) larni (16) ga qo’yamiz.


    (18) formulani hosil qilamiz.


    Bu tajribada aniqlangan inersiya momentidir


    Nazariy hisoblash bilan topilgan inersiya momenti
    JН = J0 + Jю + Jкр (19) bo’ladi.
    Bu yerda J0 – pogonali disk, o’q va krestovina vtulkalarining umumiy inersiya momenti,
    Jю = 4 m1 R2 – siljitiladigan yuklarning inersiya momenti,
    Jkr = -

    yuksiz krestonivaning inersiya momenti,


    R – aylanish o’qidan yukkacha bo’lgan masofa,mi – siljiydigan yukchalar massasi,L – krestovina sterjeni uzunligi,m2 – sterjenning yuksiz holdagi massasi.
    Jн = I0 + 4 m1 R2 + 4 (20)

    FRM – 06 tipidagi Oberbek mayatnigining tuzilishi.


    Asos 2 ga tik o’rnatilgan ustun 1 ga pastki qo’zgalmas 3 va yuqorigi qo’zgaluvchan 4 tirsaklar o’rnatilgan (1 - rasm). Bu ustunga qo’zgalmas pastki 5 va yuqorigi 6 vtulkalar ham mahkamlangan. Asos rostlanadigan 7 oyoqchalarga ega. 6 vtulkaga 8 asos yordamida disk 10 orqali 11 ip o’tkazilgan bo’lib, uning bir uchiga 13 – m2 yuk osilgan, ikkinchi uchi esa pogonali disk 12 ga biriktirilgan.

    Pastki vtulka 5 ga asos 14 yordamida to’xtatuvchi elektromagnit 15 o’rnatilgan. Elektromagnitga kuchlanish berilsa, u friksion muftalar yordamida krestovinani yuklari bilan birga to’xtatib tura oladi. Qo’zgaluvchi 4 tirsakni ustun bo’ylab siljitish orqali tushuvchi yuklar yo’lini o’zgartirib turish mumkin. Yo’l uzunligini o’lchash maqsadida ustunga millimetrli shkala – 16 o’rnatilgan. 4 qo’zgaluvchi tirsakka esa fotoelektrik datchik 17 mahkamlangan. Qo’zgalmaydigan 3 tirsakka esa ikkinchi fotoelektrik datchik – 18 mahkamlangan. U harakat tugagan vaqtda elektr impul’si hosil qilib tormozlovchi elektromagnitni ushlash uchun xizmat qiladi. 3 tirsakka yuklarni yumshoq to’xtatish maqsadida rezina amortizatorli 19 tirsak o’rnatilgan. Asosga millisekundomer mahkamlangan.


    Mayatnik krestovinasi sterjenlardagi mi – yuklarni siljitish orqali uning inersiya momentini o’zgartirish mumkin. Pogonali diskka o’ralgan ip qo’zgaluvchi tirsakdagi disk orqali o’tkazilib, uning uchidagi P – platformasiga m2 – yuk ta’sirida diskka o’ralgan ip bo’shaladi va krestovina pastga tekis tezlanuvchan harakat qiladi. Bu harakat davomidagi o’zgaruvchi parometrlarni o’lchash orqali (18) formula yordamida inersiya momentini aniqlash mumkin.



    1 – rasm FRM – 06 Oberbek mayatnigining umumiy ko’rinishi.
    Qurilmaning asosiy parametrlari.
    mi – 200 g R – 2 – 23 sm (1 sm oraliq bilan)
    l – 24 sm m2 – 53 g.
    П – 53 g Platforma stolcha massasi. m – 40 g qo’shimcha yuklar.
    h – 50 sm yukni tushish balandligi. r1kichik disk radiusi
    r2 – 2,1 sm. r2 - 4,2 sm – katta disk radiusi.
    I0 – 900 g sm2
    Ishni bajarish tartibi

    1. Mayatnik sterjeni uchlariga siljiydigan m1 yuklarni o’rnating.

    2. P – stolchaga m=40*2=80 g yuklarni o’rnating.

    3. Yuklarni pastki qirrasini yuqorigi fotodatchik korpusidagi chiziqqa to’grilab qo’ying.

    4. Millisekundomerni ulash.

    5. Yuklarni tushish yo’lini ustundagi shkala orqali o’lchang. L=50 sm.

    6. «Pusk» tugmachasini bosing.

    7. O’lchangan tushish vaqti t1 ni yozib oling.

    8. O’lchashlarni kamida besh marta o’tkazib, o’rtachasini toping.



    1. (18) formula orqali inersiya momentining tajribaviy qiymati hisoblab topiladi.

    2. (20) formula orqali inersiya momentining nazariy qiymatini toping.

    3. (21) formula orqali nisbiy xatolarni hisoblang.

    4. Topilgan barcha qiymatlarni jadvalga yozing.

    5. m1 yukchalarni sterjen o’rtasiga siljitib o’rnating va 1 – 2 punktlardagi amallarni yana qaytaring.




    Siljiydigan m1 yukchalar sterjen uchiga o’rnatilgan hol.

    Siljiydigan m2 yukchalar sterjen uchiga o’rnatilgan hol.

    Т

    t1

    t1urt

    JТ1

    1

    %

    Т

    t2

    T2urt

    JТ2

    2

    2 %



    (c)




    гsm2

    гsm2






    (c)




    г.sm2

    Г.sm2








































    Sinov savollari



    1. Jismning inersiya momenti deb nimaga aytiladi?

    2. Jismning aylanma harakati kinetik energiyasi qanday aniqlanadi?

    3. Shteyner teoremasini tushuntiring.

    4. Aylanma harakat dinamikasining asosiy tenglamasini yozing.

    5. Ish formulasini keltirib chiqaring.

    Adabiyotlar



    1. Haydarova M.Sh.Nazarov U.K. «Fizikadan laboratoriya ishlari» T. O’qituvchi – 1989 yil 38 – 48 b.

    2. Ahmadjonov O. «Fizika kursi» T.O’qituvchi – 1987 yil 84 – 92 betlar.

    Yuldashev U., Mustofoqulov A Xalilov O.K., «Umumiy fizika»
    Ma’ruza matnlari 1q. Jizzax – 2000 yil.

    1. Ismoilov M., Habibullayev P., Xaliulin M., «Fizika kursi» T. «O’zbekiston» - 2000 yil 121 – 136 betlar.




    Download 0.54 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 0.54 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Mahsus Ta’lim Vazirligi Jizzah Politehnika Instituti

    Download 0.54 Mb.