• Ishning maqsadi
  • Ishning bajarilishi
  • Laboratoriya ishi № 2. Mavzu: Suvning umumiy qattiqligini aniqlash




    Download 0,7 Mb.
    bet5/19
    Sana17.11.2023
    Hajmi0,7 Mb.
    #100637
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
    Bog'liq
    download edfiles 19688
    Ишчи дастур Екологик кимё 3 курс Өзб, Analizning fizik-kimyoviy metodlari (2), 489 ruza matni, Бром , Шерали рус, Voleybol2023 (2), MEXRIY SLAYD ASHIQ SABAQ, XOM RUS TEST, 1-seminar, Mavzu 1Kristallanish. Qotishmalardagi kristallanish. Kristallarn (1), ЭКОЛОГИЯ И ОХРАНА ПРИРОДЫ ТЕМЫ ПР.ЗАНЯТИЙ, 3-lek, Molekulyar biologiya keshki 4-kurs 2023-2024, определение алкалоидов в растениях 7
    Laboratoriya ishi № 2. Mavzu: Suvning umumiy qattiqligini aniqlash.
    Suvning umumiy qattiqligi kompleksonometriya usuli bilan aniqlanadi. Bu usul metall kationlarining kompleksonlar bilan kompleks birikmalar hosil qilish reaktsiyasiga asoslangan bo’lib tez va aniqligi yuqori darajada bo’lishi bilan ajralib turadi. Buning uchun aminopolikarbon kislotasining hosilalari ishlatiladi.
    Masalan, etilen diamintetrasirka kislota (EDTS) - komplekson, bu kuchsiz to’rt negizli kislota bo’lib suvda kam eriydi. Shuning uchun uning ikki natriyli tuzi-Komplekson yoki boshqacha qilib aytganda trilon B ishlatiladi. Trilon B ning kimyoviy formulasi quyidagichaC10H14N2Na2O8·2H2O yoki

    NaOOCH2C СН2СООН


    N -CH2-CH2-N
    HOOCH2C CH2COONa
    Komplekson ko’pgina metallar bilan suvda eriydigan mustahkam ichki kompleks tuz hosil qiladi. Bunda metall karboksil gruppaning vodorod atomi o’rnini oladi va azot atomi bilan koordinatsion bog’ hosil qiladi
    НООСН2С CH2COONa
    N-CH2-CH2-N + MgCl2
    NaOOCH2C CH2COOH
    OOCH2C CH2COONa
    N-CH2-CH2-N + 2HCl
    NaOOCH2C CH2COO

    Reaktsiya tenglamasidan ko’rinib turibdiki ikkita vodorod atomi Mg ато-мидан сиқиб чиқарилади. Shuning uchun xam trilon B ning ekvivalenti uning mol massasining yarmiga teng, ya’ni (372,25:2=186,12gr).
    Bunda azot atomlari ligand hisoblanadi. Indikator sifatida ko’pincha organiq buyoq moddasi - qora erioxrom T ko’llaniladi. Bu birikma ko’k rangli bo’lib, metall ionlari bilan qizil rangli kompleks hosil qiladi.
    Tekshirilayotgan eritma (suv) tarkibida Са+2 ва Mg2+ ionlari ushlaydi unga qora erioxrom T qo’shilganda eritma qizil rangga kiradi, bunda Mg va Са erioxrom bilan kompleks hosil qiladi. Titrlash davomida Са2+, Mg2+ ionlari trilon B bilan birikib ancha mustahkam bo’lgan rangsiz kompleks hosil qiladi, qizil birikma buziladi va indikator erkin holga o’tadi va ko’k rang hosil bo’ladi. Ekvivalent nuqtasida Са va Mg ionlarining hammasi Trilon B bilan birikadi. Rangning qizildan ko’kka aylanishi titrlashning tugaganligini ko’rsatadi.
    Ishning maqsadi: Kompleksonometriya usulida suvning umumiy qattiq-ligini aniqlash.
    Kerakli jihozlar va reagentlar: Konussimon 250ml hajmli kolba, 100ml hajmli byuretka 100ml li pipetka, 25ml hajmli tsilindr, 0,05mol g/l kontsen-tratsiyali trilon B eritmasi, bufer eritma indikator ko’k yoki qora xromogen, natriy sulfidi, 1% li gidroksilaminxlorid eritmasi.
    Ishning bajarilishi
    Kolbaga tekshiriladigan suvdan 100 ml solinadi. Uning ustiga 5 ml bufer eritma (ammiakli aralashma) va 5-7 tomchi indikator (qora yoki ko’k xromogen) tomiziladi. So’ngra darhol trilon B eritmasi bilan aralashtirib turilgan holda titr-lanadi. Titrlash qizil-binafsha rangdan ko’k binafsha rang hosil bo’lguncha ya’ni ekvivalent nuqtasigacha davom ettiriladi.
    Agar titrlashga 10ml dan ko’p trilon B sarflansa, olingan suvda Са2+ va Mg2+ ionlarining birgalikdagi miqdori 5 mol g/l dan ortiq ekanligini ko’rsatadi. U holda tekshiriladigan suvdan kamgina olib uni ustiga 100ml distillangan suv quyib boshqatdan titrlanadi.
    Suvning tarkibida mis, rux, marganets ionlari hamda ko’p miqdorda kar-bonatli va gidrokarbonatli tuzlar bo’lsa, umumiy qattiqlikni aniqlashga halaqit beradi. Agar titrlaganda ekvivalent nuqtada rangning o’zgarishi aniq ravshan bo’lmasa, bu suv tarkibida rux va mis ionlari borligidan dalolat beradi. Ularni yo’qotish uchun tekshiriladigan suvga 1-2 ml natriy sulfid eritmasidan qo’shib yuqorida aytilgandek titrlanadi. Agar tekshiriladigan suvga bufer eritma va indikator qo’shilgach eritma sekinlik bilan rangsizlanib, kul rang holatga o’tsa, suvda marganets ioni bor bo’ladi.
    U holda tekshiriladigan suvga avval 5 tomchi gidroksilaminxlorid eritma-sidan tomiziladi va so’ngra reaktivlar qo’shib yuqorida aytilganidek titrlanadi. Agar titrlash qiyin bo’lsa, cho’zilib ketsa ekvivalent nuktada aniq rang hosil bo’l-masa rang beqaror tez o’zgaruvchan bo’lsa, bu holat tekshiriladigan suvning ishqoriylik darajasi yuqoriligini ko’rsatadi. Ishqoriylikni yo’qotish uchun tek-shiriladigan suvga 0,1mol g/l kontsentratsiyali xlorid kislota eritmasidan ozgina qo’shiladi, so’ngra eritmaga 5 minut mobaynida havo puflab turiladi. Shundan so’ng, bufer eritma va indikator qo’shib titrlanadi.
    Umumiy qattiqlik quyidagi formula yordamida aniqlanadi.

    bunda: КУ – suvning umumiy qattiqligi,V1 – trilon B ning titrlash uchun ketgan hajmi, ml; С- trilon B ning kontsentratsiyasi, mol g/l; V­2 – tekshirish uchun olingan suv hajmi, ml.
    1. Trilon B eritmasini tayyorlash. 2,3125g trilon B o’lchab olinib 1l. li kolbaga solib ustiga distillangan suv quyib eritiladi va hajmini 1l ga etkaziladi.
    2. Indikator eritmasini tayyorlash. Indikator - qora yoki ko’k erioxromdan 0,5g o’lchab olinadi va 10ml ammiakli bufer aralashmada eritiladi, so’ngra eritma hajmi 100ml ga etguncha etanol bilan suyultiriladi. (indikatorni 10-12 kundan ko’p saqlab bo’lmaydi, uni qora shisha idishda saklash kerak).
    3. Ammiakli bufer eritmasini tayyorlash. 100ml ammiak (20% li) va 100ml ammoniy xlorid (20% li) eritmalari ara-lashtiriladi va aralashma 100ml etanol bilan yoki 800ml distillangan suv qo’shib suyultiriladi. (distillangan suv tuz saqlamasligi kerak, uni aniqlash uchun 100ml suvga 1ml bufer eritmasi va 6-7 tomchi indikator tomiziladi bunda ko’k rang hosil bo’lsa suv yumshoq hisoblanadi).


    Download 0,7 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




    Download 0,7 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Laboratoriya ishi № 2. Mavzu: Suvning umumiy qattiqligini aniqlash

    Download 0,7 Mb.