|
Kationitning almashinish sig’imini aniqlash
|
bet | 7/19 | Sana | 17.11.2023 | Hajmi | 0,7 Mb. | | #100637 |
Bog'liq download edfiles 19688Kationitning almashinish sig’imini aniqlash.
Buning uchun naydagi kationit orqali 0,5l 1,-1,5% li xlorid kislota quyib o’tkaziladi, so’ngra 3l distillangan suv bilan kationit yuviladi. Keyin kationit orqa-li vodoprovod suvidan 100-200 mlG’minut tezlikda o’tkaziladi.
Xar 15 minutda kationit orqali o’tgan (yumshagan) suvdan ozgina olib umu-miy qattiqligi aniqlab turiladi.
Qattiqligi 0,1-0,2 mmol g/’l gacha ChXK gacha yumshagan (chegaraviy havsiz kontsentratsiya) kationitdan yumshab o’tgan suvlar yig’ilib hajmi aniq-lanadi va yuqoridagi formuladan foydalanib kationitning almashinish sig’imi hi-soblanadi.
Laboratoriya ishi №4. Mavzu: Silvinitdan kaliy xlorid olish.
Silvinitdan KCl ni galurgiya usulida ajratib olinadi. Silvinit (KCl NaCl) minerali tarkibidan KCl va NaCl ni aloxida ajratib olish, ularni suvda eruvchanligi turli haroratlarda turlicha ekanligiga asoslangan.
KCl ning suvda eruvchanligi harorat ortishi bilan keskin ortadi, NaCl ning eruvchanligi esa juda kam ortadi. Silvinit eritmasi sovutganda eritmadan KCl cho’kmaga tushadi.
NaCl esa eritmada qoladi va qolgan eritma qo’r eritma deyilib u asosan NaCl ning to’yingan eritmasidan iborat bo’ladi. Eritmaga silvinit solib qizdirsak unga faqat KCl erib o’tadi NaCl esa erimay qoladi.
Jadvalda toza KCl va NaCl ning hamda ular aralashmasining eruvchanligi be-rilgan.
3-jadval
|
| |