|
Laboratoriya ishi №11. Mavzu: Neft mahsulotlarin alangalanish va chaqnash xaroratlarini aniqlash
|
bet | 15/19 | Sana | 17.11.2023 | Hajmi | 0,7 Mb. | | #100637 |
Bog'liq download edfiles 19688Laboratoriya ishi №11. Mavzu: Neft mahsulotlarin alangalanish va chaqnash xaroratlarini aniqlash.
Neft mahsulotlari - uglevodorodlarning murakkab aralashmasidir. Ma’lum bir haroratda neft mahsulotlari tepasida oson kaynovchi fraktsiyalarning ugle-vodorodlari bug’i hosil bo’ladi, unga alanga tushirilsa yonib ketishi mumkin. Bu yonish (uchqunlanish) ma’lum vaqtdan so’ng uglevodorodlar bug’larining yonib (oksidlanib) tugashi bilan to’xtaydi.
Neft mahsulotlari kat’iy bir sharoitda qizdirilganda shunday bug’ hosil qila-dikim u havo bilan qo’shilib aralashmaga aylanadi va unga alanga ta’sir etilsa yonib ketadi. Bu xodisani uchqunlanish harorati deyiladi.
Uchqunlanish harorati neft mahsulotlari yuzasiga, tepasidagi gaz fazasining almashinuviga, harorat va alanga kattaligiga qarab o’zgaradi. Shuning uchun uch-qunlanish haroratini aniqlash qat’iy ma’lum bir sharoitda o’tkazilishi kerak.
Neft mahsulotlarini yanada qizdirilib harorati oshirilsa kam uchuvchan frak-tsiyasi bug’lana boshlaydi. Qandaydir ma’lum bir haroratda shunday on bo’ladiki uglevodorodlar bug’iga alanga tutilsa avval uchqunlanadi, undan keyin darhol yonib ketadi.
Mahsulotga alanga tutilganda yonib, o’chib qolmay yonish davom etadigan harorat yonish harorati deyiladi. Haroratni chiqarish, kislorod etishmasligi kabilar natijasida alanga o’chishi mumkin. Shuning uchun uchqunlanish haroratini aniq-laganda yonishning qancha vaqt davom etishi hisobga olinmaydi.
Atmosfera bosimining ortishi neft mahsulotlari tepasida bug’ kontsentra-tsiyasini kamaytiradi. Shuning uchun uchqunlanish va yonish haroratlari ortadi. Bosimning 1 at.ga ortishi uchqunlanish haroratini 0,033-0,0300 Cga oshiradi.
Ishning maqsadi. Neft mahsulotlarining uchqunlanish va yonish harorat-larini aniqlash.
Kerakli jihozlar va reaktivlar: uchqunlanish haroratini aniqlovchi asbob va yonish haroratini aniqlash asbobi; Neft va neft mahsulotlari: kerosin, neft moy-lari.
|
| |