• Laboratoriya ishi №8. Mavzu: Suvni yumshatish va tuzsizlantirish.
  • Natron-sodali va ion almashinish usulida suvni yumshatish.
  • Laboratoriya ishi №7. Mavzu: Suvning muvaqqat (karbonatli) qattiqligini aniqlash




    Download 0,7 Mb.
    bet11/19
    Sana17.11.2023
    Hajmi0,7 Mb.
    #100637
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
    Bog'liq
    download edfiles 19688

    Laboratoriya ishi №7. Mavzu: Suvning muvaqqat (karbonatli) qattiqligini aniqlash.


    Ishning maqsadi. Suvning fizik va kimyoviy xarakteristikasini aniqlash.
    Jihozlar va reaktivlar. 250ml konussimon kolba 100ml byuretka, 25ml tsilindr 0,1 mol g/l kontsentratsiyali xlorid kislota eritmasi, metiloranj indikatori.
    Ishning bajarilishi. Konussimon kolbaga 100ml tekshiriladigan suvdan o’l-chab olinadi 0,1 molyarli xlorid kislotasi bilan metiloranj indikatori ishtirokida to qizg’ish rang hosil bo’lguncha titrlanadi.
    Bunda Са va Mg bikarbonatlari HCl bilan o’zaro ta’sirlashganda quyidagi-cha reaktsiya boradi.
    Mg(HCO3)2 + 2HCl = MgCl2 + 2H2O + 2CO2
    Ca(HCO3)2 + 2HCl = CaCl2 + 2H2O + 2CO2.
    Karbonatli qattiqlik quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi.

    bunda: Кк - suvning karbonatli qattiqligi mol g/l; V1-titrlash uchun sarf-langan xlorid kislota hajmi, ml; V2-tekshirish uchun olingan suvning hajmi ml; C-xlorid kislota eritmasining kontsentratsiyasi mol g/l.

    Laboratoriya ishi №8. Mavzu: Suvni yumshatish va tuzsizlantirish.



    Suvni tarkibidagi kaltsiy, magniy ionlarini yuqotish uchun suv yumshatiladi. Suvni yumshatish kimyoviy va fizik kimyoviy usullar bilan amalga oshiriladi. Suvni kaltsiy gidroksidi (ohakli usul) yoki natriy gidroksidi (natronli usul) bilan ishlov berilsa, suvning muvaqqat qattiqligi va qisman doimiy qattiqligi va uglerod (IV) oksidi yo’qotiladi.
    Mg(HCO3)2 + Ca(OH)2 → 2CaCO3↓ + Mg(OH)2↓ + 2H2O
    Ca(HCO3)2 + 2NaOH → CaCO3↓+ Na2CO3 + 2H2O
    MgCl2 + 2NaOH → 2NaCl + Mg(OH)2
    CO2 + Ca(OH)2 → CaCO3↓ + H2O
    Codali usulda faqat doimiy qattiqlik yo’qoladi va karbonat angidridni biriktirib oladi.
    (Ca, Mg)SO4+Na2CO3→(Ca, Mg)CO3↓+Na2SO4
    CO2+Na2CO3+H2O→2NaHCO3
    Bu usulda suv to’liq yumshamaydi. To’lik yumshatish uchun fosfatli usul qo’llaniladi. Bunda suvga natriy fosfat qo’shiladi. Natijada ham karbonatli ham karbonatsiz qattiqlik yo’qoladi.
    3(Ca, Mg)(HCO3)2+2Na3PO4→(Ca, Mg)3(PO4)2↓+6NaHCO3
    3(Ca, Mg)CI2+2Na3PO4→(Ca, Mg)3(PO4)2↓+6NaCI
    Eng arzon va qulay usul bu ion almashinish usuli bo’lib bunda suv ionitlar orqali filtrlab o’tkaziladi.
    Kationitlarning asosiy texnologik xarakteristikasi bu almashinish sig’imi yoki yutish sig’imi (Yuk) hisoblanadi. U kationitning ma’lum hajm birligi qancha ionni yutishini ko’rsatadi Kationitning almashinish sig’imi quyidagi formula bilan hisoblanadi.

    bunda: Eк kationitning almashinish sig’imi, mmol g/l3; Ку-vodoprovod suvi-ning umumiy qattiqligi, mmol g/l; Кч-yumshatilgan suvning qattiqlik chegarasi; mmol g/l; Vc-Kч­- ga etguncha kationit orqali o’tkazilgan suvning umumiy hajmi, l; Vk- kationit hajmi, l.
    Kationit ionining suvdagi ionlar bilan almashinish reaktsiyasi qaytar reak-tsiya bo’lib, tez muvozanatga keladi.
    Na2[Кат] + Са(HСО3)2 ↔ Са[Кат] + 2NaHCO3
    H2[Кат] + MgCl2 ↔ Mg[Кат] + 2HCl
    Suv tarkibida natriyli tuzlar yoki kislota kontsentratsiyasining ortishi yuqori-dagi reaktsiyalarni chapga siljitadi ya’ni suvda Са2+, Mg2+, Fe2+ kabi ionlarni kationitga yutilishi o’rniga aksincha jarayon, kationitdan ularni siqib chiqarish boshlanadi.
    To’yingan kationitni regeneratsiyalash shunga asoslangan. Na-kationit 5-10% li natriy xlorid bilan regeneratsiyalanadi.
    Са[Кат] + 2NaCl ↔ Na2[Кат] + СаСl2
    H-kationitni esa HCl yoki H2SO4 ning 1-2% li eritmalari bilan regeneratsiyalanadi.
    Mg[Кат] + 2HСl ↔ H2[Кат] + MgCl2
    Anionitni ([AN] deb yoziladi) regeneratsiyalash uchun undan ishqor eritmasi o’tkaziladi.
    [AN]Cl2 + 2NaOH ↔ [AN](OH)2 + 2NaCl
    Anionit sifatida turli sintetik g’ovak ionollashtiruvchi smolalar ishlatiladi, masalan, aminoformaldegidli va karbamidoguanidinli smo-lalar.
    Kationit sifatida ko’pincha Н+, Na+, NH4+ ionlari, Na-kationit sifatida per-mutitlar, glaukonitlar tseolitlar (tabiiy materiallar), alyumosilikatlar, sulfoko’mir, smolalar (sun’iy va sintetik materiallar) ishlatiladi.
    Natron-sodali va ion almashinish usulida suvni yumshatish.

    Download 0,7 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




    Download 0,7 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Laboratoriya ishi №7. Mavzu: Suvning muvaqqat (karbonatli) qattiqligini aniqlash

    Download 0,7 Mb.