• Ishning maqsadi.
  • Ishning bajarilishi
  • Laboratoriya ishi №9. Ammiakli selitra olish va uning analizi




    Download 0,7 Mb.
    bet13/19
    Sana17.11.2023
    Hajmi0,7 Mb.
    #100637
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
    Bog'liq
    download edfiles 19688

    Laboratoriya ishi №9. Ammiakli selitra olish va uning analizi.

    Ammiakli selitra 50-60% li nitrat kislota eritmasini gazsimon holdagi am-miak bilan neytrallab olinadi:
    HNO3 + NH3 ↔ NH4NO3 + 148,6 кЖ.
    Sanoatda reaktsiya issiqligi suvni bug’lantirish yo’li bilan ammiakli selitra eritmasini kontsentratsiyasini oshirish uchun foydalaniladi.
    Ishning maqsadi. Kristall holdagi ammiakli selitra olish va uning nitrat kislota bo’yicha unumini hamda undagi ammoniy azotini aniqlash.
    Jihozlar va reaktivlar: 48-60% li nitrat kislota, 25% li ammiak, lakmus qog’ozlari, ammiakli selitra olish qurilmasi (11-rasm), 500ml li o’lchov tsilindri, ammiak va nitrat kislotasini zichligini o’lchash uchun areometr, qum hammomi, chinni kosacha.
    Ishning bajarilishi: Ammiakli selitra olish qurilmasi reaktorining (11 rasm) ostki qismiga shisha paxta qo’yilib reaktor ichiga shisha siniqlari (nasadka) solinadi. (Libix sovutgichidan foydalanish mumkin, faqat sovutgichning suv kirish–chiqish teshiklari yuqoriga qarab egilgan bo’lishi kerak, aks holda rezina shlanglarga kislota kirish mumkin). Tomizgich qadag’iga 1-20-30 ml 48-60%li nitrat kislota quyiladi.


    11- rasm. Ammiakli selitra olish qurilmasi.
    1-5- tomizgich voronkasi; 2- reaktor; 3- troynik; 4- chinni kosacha; 6- Vyurts kolbasi; 7-elektroplitka
    Vyurts kolbasi tiqin bilan bekitiladi va yopiq elektr plitkasida qizdiriladi.
    Qachonkim ammiak bug’lanib reaktorga (neytralizatorga) tusha boshlagach, reaktorga o’rnatilgan tomizgich qadaqning jo’mragi ochilib sekinlik bilan tom-chilatib nitrat kislotasi neytralizatorga tomiziladi. Oq tutun shaklida hosil bo’lgan ammiakli selitra kondensatlanib reaktorning pastki qismiga 4 tushadi.
    Kislotani hammasi quyib bo’lingach tomizgich qadaq 1 bekitiladi va yana bir necha minut ammiak yuborish davom ettiriladi, so’ngra kosachadagi ammiakli selitraning muhiti lakmus qog’ozi bilan aniqlanadi. Agar muhit kislotali bo’lsa selitra eritmasi yana qayta tomizgich qadaqga 1 quyiladi va ammiak yuborish bilan neytralizator orqali o’tkaziladi.
    Bu operatsiya selitra eritmasining muhiti ishqoriy bo’lgancha davom ettiri-ladi. Shundan so’ng, Vyurts kolbasidan ammiak yuborish to’xtatiladi, tomizgich qadaq 3-4 marta 5ml dan distillangan suv bilan yuviladi va bu suv bilan ney-tralizator ham chayib olinadi va yuvib olingan suv ammiakli selitra eritmasiga qo’shiladi va chinni kosachaga solinib qum hammom ustiga quyib kosacha ustida oq bug’ hosil bo’lguncha shisha tayoqcha bilan aralashtirilib turilgan holda bug’lantiriladi selitra cuyuqlanmasining harorati bu vaqtda 4330ga teng bo’ladi.
    Ammiakli selitra sovigach va kristallangach kosacha o’lchanib olingan ammiakli selitraning olingan nitrat kislota bo’yicha unumi foizlarda hisoblanadi.



    Download 0,7 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




    Download 0,7 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Laboratoriya ishi №9. Ammiakli selitra olish va uning analizi

    Download 0,7 Mb.