|
O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi
|
bet | 16/19 | Sana | 17.11.2023 | Hajmi | 0,7 Mb. | | #100637 |
Bog'liq download edfiles 19688Ishning bajarilishi. Yonish harorati ochiq tipidagi asbobda aniqlanadi. Chunki aniqlash paytida neft mahsulotlarining tepasida havo oqimi uzluksiz kelib turishi kerak.
Uchqunlanish haroratini aniqlash uchun ikki tipdagi asbob mavjud: ochiq va yopiq tigellik. Yopiq tigellisida uchqunlanish harorati ochiq tigellisiga nisbatan 20-300S past. Uchqunlanish haroratini aniqlash uchun yopiq asbob qo’llaniladi (PVN tipidagi asbob 30-rasm). Asbobning tashqarisidagi metall kuylak 1 bor u cho’yan hammomni 2 o’rab turadi.
Hammomning ichida neft mahsulotlari solingan katta idish (rezervuar) o’rnatilgan. Rezervuarning tepa qismi qopqoq bilan bekitilgan. Qopqoq orqali termometr 4, egiluvchan dastali aralashtirgich 5 va yoqish lampochkasi o’tkazil-gan. Dasta 7 qopqoqdagi tegishli teshik orqali rezervuarning ichki bo’shlig’ida lampochkani qo’zg’aydi, aylantiradi.
Neft mahsulotlari, toza va quruq rezervuarning devoridagi halqali belgisiga-cha quyiladi va cho’yan hamomga o’rnatiladi, neft mahsulotlarini vaqt-vaqti bilan aralashtirib turgan holda qizdiriladi. Uning harorati agar uchqunlanish harorati 1500C dan yuqori bo’lsa, 1 min.da 10-200 ko’tarilib boriladi.
Agar uchqunlanish harorati 1500Cdan past bo’lsa, u holda 1 min.da 5-80C tezlikda oshirib boriladi.
25-300C dan keyin to kutilgan haroratgacha, qizdirishni sekinlashtiriladi, harorat 1 min.da 200C ko’tarilib boriladi. Bir vaqtning o’zida yoqish amali ham bajari-ladi. Buning uchun aralashtirishni to’xtatib ettinchi dastani aylantiradi. Lam-pochka neft mahsulotlari bug’ida 2 sekunddan ko’p turmasligi lozim.
Bu ish har gal harorat 20Cga ko’tarilganda takrorlanadi. Birinchi uchqunla-nish paydo bo’l-gach harorat yana 20Cga oshiriladi va takroriy yoqish o’tkaziladi. Agar neft mahsulotlarining bug’lari lip etib birdan yonib ketmasa, uchqunlanmasa, qizdirish to’xtatiladi. (ajratiladi) va neft mahsulotlari bir muncha tekshirib ko’rish-ni davom ettiriladi. Ikki aniqlash orasidagi farq 20Cdan oshmasligi kerak.
Ochiq asbobda uchqunlanish haroratini aniqlash uchun (31-rasm) temir tigel 1 foydalaniladi (uning diametri 64±1mm, balandligi 47±1mm va devorining qalin-ligi 1mm bo’lishi lozim).
30- rasm. Uchqunlanish 31 -rasm. Uchqunlanish va yonish
haroratini aniqlovchi (alangalanish) haroratlarini
asbob. aniqlash uchun asbob.
1-metall g’ilof; 2- cho’yanh xamom; 3- neft 1- temir tigel; 2- qumh xamom; 3-qum
mahsuloti uchun idish (rezervuar);
4-termometr; 5- aralashtirgich;
6- yoquvchi lampochka; 7- dasta.
U qum hammomiga 2 quyiladi (uning balandligi 50±5mm, diametri 100±5 bo’ladi). Tigelning tagi bilan hammom (kosacha) tagi oralig’iga 5-8mm qalinlikda qum qavati hosil qilinadi.
Hammomdagi qumning balandlik chegarasi tigeldagi suyuqlik balandligi bilan bir xil, teng bo’lishi kerak. Qum hammom shtativ halqasiga o’rnatiladi, termometr 4 suyuqlikka 45mm chuqurlikda botib turadi.
Suyuqlik chegarasi agar neft mahsulotlarining uchqunlanish harorati 2100С dan past bo’lsa, tigelning chetidan 12mm pastrokda bo’lishi kerak, agar 2100С bo’lsa, u holda 18mm pastroqda bo’lishi kerak.
Tigel chekkasiga nisbatan suyuqlik chegarasini aniqlash uchun ingichka lineykadan yoki maxsus shablondan foydalanish mumkin.
Uchqunlanish haroratini aniqlash uchun termometr ko’rsatkichini kuzatib turgan holda qum hammom qizdiriladi. Neft mahsuloti haroratini dastlab bir mi-nutda 100gacha tezlikda ko’tariladi, so’ngra uchqunlanish kutilgan haroratga 400С қолганда минутига 40Sdan oshirib boriladi, uchqunlanish kutilayotgan haroratga 100S qolganda qizdirishni yanada sekinlatib har 20Cda tigel chetidan mikrogorelka alngasida yokib ko’riladi.
Bunda alanga ikki marta, biri soat strelkasi bo’yicha, ikkinchisi unga teskari yo’nalishda aylantiriladi. Alanga uzunligi 3-4mm, sinab kurish esa 2-3 sekund bo’-lishi kerak. Mahsulotlar ustida alanga paydo bo’lishidan (yonishdan) oldin odatda chitir-chitir qilib uchqunlar hosil bo’ladiyu darxol yonish boshlanadi.
Shu paytdagi harorat uchqunlanish harorati sifatida qabul kilinadi. Mahsulotlarning uchqunla-nish harorati 1500Cdan yuqori bo’lsa, ikki marta aniq-langanda ular orasidagi farq 60Cdan ko’p bo’lmasligi, agar uchqunlanish harorati 1500Cdan past bo’lsa, undagi farq 40Cdan ko’p bo’lmasligi lozim.
Yonish haroratini aniqlash uchun neft mahsulotlarini 1 minutda 40C tezlikda qizdiriladi. Harorat xar 20C ko’tarilganda suyuqlik ustiga alanga tutiladi. Alan-galanish harorati sifatida mahsulot yongach 5sekund mobaynida uchmay yonib turgandagi harorat qabul kilinadi.
Ikki marta aniqlanganda oradagi farq 60Cdan ortmasligi lozim. Aks holda tekshirish (aniqlash) takrorlanadi.
|
| |