|
O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi
|
bet | 18/19 | Sana | 17.11.2023 | Hajmi | 0,7 Mb. | | #100637 |
Bog'liq download edfiles 19688Ishning bajarilishi. Sovun olish. Natriy gidroksidining spirtdagi eritmasi bilan yog’lar gidroliz qilinadi. Buning uchun 6g yog’ o’lchab olinib, chinni sta-kanga solinadi va suyuqlanguncha qizdiriladi. Natriygidroksid eritmasi 2,5 NaOH ni 6ml suv va 15ml etanol yoki propanol-1da eritib tayyorlanadi. NaOHning spirt-dagi eritmasi suyuqlangan yog’ ustiga aralashtirib turilgan holda quyiladi.
Hosil bo’lgan eritma 10-15minut qaynatiladi, so’ngra uning ustiga 10-15ml natriy xloridning tuyingan eritmasi quyiladi va sovuk suvli hammomda sovutiladi.
Aralashma yuzida hosil bo’lgan sovun qavatini stakandan ajratib olinadi, filtr qog’ozi bilan yaxshilab quritiladi va o’lchanadi. Olingan yog’ga nisbatan so-vunning unumi aniqlanadi.
Yog’ kislotalari miqdorini aniqlash. 5g atir yoki kir sovun o’lchab olinadi va yupqa qavatlarga bo’lib kesiladi, 100ml hajmli stakanga solinib, uning ustiga 50ml distillangan suv quyiladi va sovun tulik erib ketguncha yopiq elektr plit-kasida qizdiriladi.
Hosil bo’lgan eritmaga 10ml (1:1nisbatda) suyultirilgan xlorid kislotasi quyiladi va eritma ustida moysimon kavat hosil bulguncha davom ettiriladi. (stakandagi eritmaga shisha tayoqcha botirib qo’ysangiz tajriba yaxshi boradi). So’ngra stakan sovutiladi, shisha tayoqcha olinadi, hosil bo’lgan teshikchadan suyuqlik quyib olinadi. Stakanga qolgan yog’ kislotalari filtr kog’ozi ustiga olinib quritiladi.
Stakan devorida qolgan qoldiqlarni skalpel bilan olinadi. Olingan yog’ kislo-talari o’lchanadi va olingan sovunning masssasiga asoslanib namunadagi yog’ kislota-larining foiz miqdori hisoblanadi.
Ish tugagach sovun tarkibini qisqacha yozing, tajribani o’tkazish usulini bayon qiling, sovun unumi va yog’ kislotalari unumini foizlarda hisoblab toping.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Asosiy adabiyotlar:
Обшая химическая технология (под.ред. И.П. Мухленова). В 2-ч М.: 1985, 312 стр.
Соколов Р.С. Химическая технология. М.: Владос, 2000, Т.1. 366 бет; Т.2. 447 стр.
Тихвинская М.Ю., Волынский В.С. Практикум по химической технологии. М.: Просвещение, 1984, 160 стр
Григорев А.П., Федотова О.Д. Лабораторный практикум по технологии пластических масс. М.: Выс.шк. 1977, Ч.1. – 248 бет; Ч.2. – 235 стр.
Ключников М.К. Практические занятия по химической технологии. М.: Просвещение, 1978, 224 стр.
Kattaev N. Kimyoviy texnologiya. Toshkent, 2008, 430 bet.
|
| |