• 5-rasm. Xo`jalik tavakkalchiligi
  • - rasm. Tavakkalchilikni kelib chiqishiga qarab turlari




    Download 155,46 Kb.
    bet5/10
    Sana23.11.2023
    Hajmi155,46 Kb.
    #103834
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta mahsus ta`lim vazirligi-fayllar.org
    Mavzu Simsiz aloqa tizimlarida axborot resurslarini himoyalash -fayllar.org, 1
    4- rasm. Tavakkalchilikni kelib chiqishiga qarab turlari.10
    Tashkilot ishlab chiqarishdagi o`zining tutgan o`rnidan kelib chiqib, kon`yunkturaviy o`zgarishlarga jadal moslashadi. Lekin u faqatgina barqaror kon`yunkturaviy intilishlardan o`zining joriy rejalarini amalga oshirishda foydalanadi. Qaror qabul qilishning bu jarayoni nafaqat o`z imkoniyatlarini hisobga olishga tayanishi, balki shunday strategiyani ishlab chiqishi kerakki, u
    hamkorlar, hamda raqiblarning xatti harakati va qabul qilishi mumkin bo`lgan qarorlarini ham hisobga oladi.
    Qolaversa, xo`jalik tavakkalchiligi tushunchasi o`z tarkibiga bevosita tabiat omillari bilan bog`liq tavakkalchilikni hamda keyingi 2 turdagi tavakkalchilikni iqtisodiy oqibatlarini biriktiradi.

    Xo`jalik tavakkalchiligi kategoriyalari noaniq sharoitlarda ishlab chiqarishni rejalashtirish, iqtisodiy qonunlar tavsifi, ishlab chiqarish jarayonlari, tadbirkorlik daromadi kabi siyosiy, iqtisodiy tushuncha va masalalar bilan bog`liq, uningtahlili nafaqat ta`kidlangan kategoriyalarni tadqiq etish uchun balki mustaqil kategoriya sifatida ham zarur.


    Muvaqqat tavakkalchilik mahsulot ishlab chiqarish jarayonida keraksiz


    Bo`lib qolganda paydo bo`ladi

    Ob'yektiv tavakkalchilik mazkur xududda, aniq bozorda ishlab chiqarilgan mahsulot sotilmay qolganida paydo bo`ladi






    5-rasm. Xo`jalik tavakkalchiligi.11
    Tadbirkorlik daromadini tadqiq etishdagi tavakkalchilik to`g`risida klassik nazariyotchilar (Senior, Mill) boshlanishda tadbirkorlik daromadi strukturasini foiz (kiritilgan kapitalga nisbatan xissa sifatida), tadbirkorning ish haqi, va nihoyat tavakkalchilik uchun to`lov (tadbirkorlik faoliyati bilan bog`liq tavakkalchilik imkoniyatlarini koplasi misolida) kabi bo`laklarga ajratdilar. Natijada ko`pchilik xorijiy iqtisodchilar (Samyo`l Rod, Seligman, Sey, Klark va boshqalar) tadbirkorlik daromadini bevosita tavakkalchilik nuqtai nazaridan turib ya`ni tadbirkorlik faoliyati bilan bog`liq tavakkalchilikni baholay olishda deb ifodalamoqda. Har qanday xo`jalik faoliyatida hamma vaqt xo`jalik operatsiyalarining u yoki bu xususiyati oqibatida pul mablag`larini yo`qotish xavf-xatar mavjud bo`ladi. Ana shu xavf-xatar moliyaviy tavakkalchilikni tashkil etadi. Moliyaviy tavakkalchilik bu tijorat tavakkalchiligidir. Tavakkalchilik toza va spekulyativ bo`lishi mumkin. Toza tavakkalchilik- zarar yoki pullashgan natijalarga erishish imkoniyatini bildiradi. Spekulyativ tavakkalchilik-hamijobiy, ham salbiy natijaga erishish imkoniyatini ifodalaydi.
    Moliyaviy tavakkalchilik – demak bu spekulyativ tavakkalchilikdir. Investor venchur moliyalashtirishni amalga oshirar ekan, u oldindan o`zi uchun ikki natija; foyda yoki zarar ko‟rishini bildiradi. Moliyaviy tavakkalchilikning xususiyati shundaki; u moliyaviy kredit va birja sohalarida o`tkazilgan qandaydir operatsiyalar, qimmatli qog`ozlar birjasidagi operatsiyalar natijasida ko`rilishi mumkin bo`lgan zarar ehtimoliyatidir.12
    Investor moliyaviy tavakkalchilik xatarini pasaytiruvchi aniq vositalarini tanlar ekan quyidagi tamoyillardan kelib chiqishi kerak:
    • o`z mablag`idan ortiq miqdordagi xatar bilan tavakkalchilik qilmaslik kerak.


    • tavakkalchilik xatarini oqibatini o`ylashi kerak.


    • o`z daromad ishtiyoqida katta xatarga bormaslik kerak.


    Birinchi tamoyil amalga oshirishning mazmuni shuki, kapital kiritishdan oldin, investor:


    • maksimal darajada ko`rishi mumkin bo`lgan zarar hajmini aniqlashi;


    • uni kiritiladigan kapital hajmi bilan taqqoslashi;


    • uni o`zining barcha xususiy moliyaviy resurslari bilan taqqoslanish agar bu kapitaldan ajralib kolsa, bankrot bo`lmasligini aniqlashi kerak.


    Kiritiladigan kapitaldan ko`riladigan zarar xajmi shu kapital hajmiga teng, yoki undan ortiq yoki kam bo`lishi mumkin. To`g`ridan-to`g`ri investitsiyalashda zarar hajmi qoidaga ko`ra venchur kapital hajmiga teng bo`ladi.


    Moliyaviy tavakkalchilikni turli vosita va usullari yordamida oldini olish mumkin. Unday vositaga, tavakkalchilikdan saqlanish, boshqalar zimmasiga o`tkazish, tavakkalchilik darajasini pasaytirish kiradi. Tavakkalchilikdan saqlanish- bu tavakkalchilik bilan bog`liq ishlarni qilishdan voz kechish demakdir.






      1. Download 155,46 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 155,46 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    - rasm. Tavakkalchilikni kelib chiqishiga qarab turlari

    Download 155,46 Kb.