81
III BOB. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT
STANDARTLASHTIRISH TIZIMI
3.1. Standartlashtirish davlat tizimi (SDT)
Respublikamizda standartlashtirish jarayoni
3 bosqichdan iborat:
- atamalarni standartlashtirish;
- o‘lchovlarni, o‘lchash va sinov uskunalarini
va
ularni
konstruksiyaga
va
mahsulot
texnologiyasiga bog‘lab standartlashtirish;
- mahsulotning o‘zini standartlashtirish.
- ISO/MEK tomonidan yaratilgan
konsultativ kengash texnika
rivojining yo‘nalishini quyidagicha tavsiya qiladi:
- standartlarni yaratishda va ularni kelishishda yangi mexanizmlarni
yaratish;
- xarajatlarni ilk tadqiqotlarga va real istiqbolga ega bo‘lgan
texnikaviy yutuqlarga tayanib to‘lash;
- mavjud texnikaviy qo‘mitalarning ilmiy tadqiqot, tajriba-konstruk-
torlik ishlarini, shu jumladan ekologiya sohasidagi ishlarni, e’tiborga
olgan holda yangi rejali ishlarni yaratish;
- yetakchi mutaxassislar boshchiligida o‘tkaziladigan
seminarlar,
ilmiy ma’ruzalar shaklidagi ikkilamchi mexanizmlardan foydalanish;
- sanoatning yuqori rahbarlari orasida yangi g‘oyalarni targ‘ibot
qilishga e’tiborni qaratish.
Mana shuning uchun standartlashtirishda atamalarni bir yerga to‘p-
lamoq, ular asosida ta’riflar yaratish va nihoyat bu sohada standartlar
yaratish hozirgi kunning talabi, iqtisodiyotni rivojlantirishning dolzarb
masalalari hisoblanadi.
Shu maqsadda standartlashtirish sohasidagi atamalarni to‘plashda
xalqaro standartlashtirish
tashkilotining hujjatlariga, sobiq Ittifoqdagi
ma’lumotlarga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida ilk yaratilgan
hujjatlarga murojaat etildi.
Bu sohadagi asosiy tushunchalar 61 atamadan iborat bo‘lib, ularning
mohiyati ketma-ketligi bo‘yicha ma’lum
tartibda joylashtirilib, hozirgi
vaqtda chop etilgan O‘zRST 1.10-93 “O‘zbekiston Respublikasining
standartlashtirish davlat tizimi. Asosiy atamalar va ta’riflar” standarti
yaratildi. Standartlashtirish sohasidagi bir qancha asos bo‘luvchi hujjatlar
O‘zstandart agentligi
huzuridagi standartlashtirish, metrologiya,
sertifikatlashtirish instituti (SMSITI) da yaratilmoqda. Bular qatoriga
82
dastlabki standartlar O‘z RST 1.0-92, O‘zRST 1.1-92, O‘zRST.2-92,
O‘zRST 1.3-92 va boshqalar kiradi.
O‘z RST 1.0-92 “O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish davlat
tizimi. Asosiy qoidalar” bo‘yicha standartlashtirishning mohiyati,
maqsad va vazifalari hamda qo‘llaniladigan
asosiy tushunchalar bilan
oldingi ma’ruzamizda tanishib chiqdik. Mazkur standart standart-
lashtirishning asosiy vazifa va maqsadini, standartlashtirish ishlarining
tashkil etilishi
va asosiy qonun-qoidalarini, me’yoriy hujjatlarning
toifasini, standartlar turlarini, xalqaro hamkorlik bo‘yicha asosiy
qoidalarni, standartlar va texnikaviy shartlarning qo‘llanishini, stan-
dartlarga va o‘lchash vositalariga nisbatan davlat nazoratini belgilaydi.