Standartlashtirish va metrologiya bo‘yicha Davlat nazorati




Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/109
Sana19.01.2024
Hajmi3,46 Mb.
#140836
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   109
Bog'liq
20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslari

 
3.6. Standartlashtirish va metrologiya bo‘yicha Davlat nazorati. 
Metrologiyaga va standartlashtirishga oid faoliyatni davlat tomo-
nidan boshqarishni metrologiya bo‘yicha milliy organ – “O‘zstandart” 
agentligi (keyinchalik “O‘zstandart” deb ataymiz) amalga oshiradi. 
Uning 
vakolati 
xususida 
keyingi 
mavzuda 
fikr 
yuritamiz. 
“O‘zstandart”ga Respublika hududida quyidagi davlat metrologiya 
tekshiruvi va nazoratini amalga oshirish vazifasi ham yuklatilgan: 
- o‘lchash vositalarini sinash; 
- o‘lchash vositalarini tekshiruvdan o‘tkazish; 
- yuridik va jismoniy shaxslarni o‘lchash vositalarini tayyorlash
tekshiruvdan o‘tkazish, ta’mirlash, kalibrlash va sotish huquqini 
beradigan litsenziyalar bilan ta’minlash hamda akkreditlash; 
- o‘lchash vositalarining holati va yo‘nalishini, o‘lchashlarning 
bajarilish uslubiyatlarini tekshiruvdan o‘tkazish, metrologiya qoidalariga 
rioya etilishini nazorat qilish. 
Davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratining obyektlari quyidagilar 
hisoblanadi: 
- etalonlar; 
- o‘lchash vositalari; 
- modda va materiallar tarkibi hamda xossalarining standart 
namunalari; 
- axborot o‘lchash tizimlari; 
- o‘lchashlarni bajarish uslubiyatlari;


95 
- metrologiya normalari va qoidalarida nazarda tutilgan o‘zga 
obyektlar. 
Davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratini ko‘pgina sohalarda 
tatbiq etish mumkin. Bu sohalarga quyidagilar kiradi: 
- sog‘liqni saqlash, veterinariya, atrof-muhitni muhofaza qilish; 
- moddiy boyliklarni va energetik resurslarni hisobga olish
- savdo, tijorat, bojxona, pochta va soliq operatsiyalarini o‘tkazish; 
- zaharli, yengil alangalanuvchan, portlovchi va radioaktiv 
moddalarni saqlash, tashish hamda yo‘q qilib yuborish; 
- davlat muhofazasini ta’minlash; 
- mehnat xavfsizligini va transport xarakati xavfsizligini ta’minlash; 
- sertifikatlanadigan mahsulotning xavfsizligini va sifatini aniqlash
- geodezik va gidrometeorologik ishlar; 
- o‘lchash vositalarini davlat sinovidan, tekshiruvdan, kalibrlashdan, 
ta’mirlashdan va metrologik attestatlashdan o‘tkazish; 
- foydali qazilmalarni qazib olish; 
- milliy va xalqaro sport rekordlarini ro‘yxatga olish. 
Yuqorida keltirilgan sohalarda foydalanadigan, ishlab chiqarilishi va 
import bo‘yicha chetdan olib kelinishi lozim bo‘lgan o‘lchash vositalari 
davlat sinovlaridan yoki metrologik attestatlashdan o‘tishi lozim. 
Standartlashtirish sohasi bo‘yicha ham Davlat nazorati ish olib 
bormoqda. Uning asosiy vazifasi vazirliklar, mahkamalar va korxonalar, 
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan standartlar talablariga qat’iy 
amal qilinishini, yangi standartlarni tatbiq etishni ta’minlash va nazorat 
qilish hisoblanadi. 
Davlat nazoratining yana bir muhim yo‘nalishi - turli standart 
toifalarini davlat qaydnomasidan o‘tkazishdan oldin ekspertiza qilishdir. 
Metrologiya to‘g‘risidagi qonunda ko‘rsatilganidek, o‘lchash 
vositalarining davlat sinovlarini o‘tkazish, ularning turlarini tasdiqlash va 
davlat ro‘yxatiga kiritish O‘zstandart tomonidan amalga oshiriladi. 
Qonunda yana bir masala - davlat ro‘yxati belgisini qo‘yish 
to‘g‘risida ham bayon qilingan.
Metrologiya haqidagi qonunda aytilishicha, tasdiqlangan o‘lchash 
vositalariga yoki ularning foydalanish hujjatlariga ishlab chiqaruvchi 
davlat reestri belgisini qo‘yilishi shart. 
Ma’lumki, ishlab chiqarishdagi o‘lchash vositalarining holati va 
ularni vaqti-vaqti bilan tekshiruvdan o‘tkazib turish har doim e’tiborda 


96 
bo‘lmoqligi lozim. Ular bo‘yicha ro‘yxatlar tuziladi va o‘lchash 
vositalari turkumlarining ro‘yxati “O‘zstandart” tomonidan tasdiqlanadi. 

Download 3,46 Mb.
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   109




Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Standartlashtirish va metrologiya bo‘yicha Davlat nazorati

Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish