• ISO nashrlari.
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi




    Download 3,46 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet69/109
    Sana19.01.2024
    Hajmi3,46 Mb.
    #140836
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   109
    Bog'liq
    20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslari

    ISO da amalda standartlarni yaratish (ishlab chiqish) protsedurasi 
    texnik idoralar ishida qatnashuvchi barcha mamlakatlarga bu idoralarning 
    majlislarida qatnashishga, xalqaro standartlarni yaratish to‘g‘risidagi 
    taklifni boshqa qo‘mitalar - a’zolarga taqdim etish, standartlarning 
    loyihalari bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirish va ovoz berishiga 
    imkon yaratadi. 
    Xalqaro standartlarning loyihalari ishchi guruhlar tomonidan ishlab 
    chiqiladi. Bu guruhda har bir ko‘rilayotgan doirada yetakchi 
    mamlakatlarning mutaxassislari ishtirok etadi. 
    ISO ning har bir a’zo-qo‘mitasi o‘zining manfaatdorlik darajasiga 
    qarab, har bir texnik qo‘mita ishida qatnashish statusini aniqlaydi. A’zolik 
    faol ("R" a’zolar) va kuzatuvchi ("O" a’zolar) bo‘ladi. 
    Faol a’zolar o‘z vakillarini texnik qo‘mitalarning majlislariga 
    yuborish, xalqaro standartlarning loyihalarini ishlab chiqishda va ko‘rib 
    chiqishda qatnashish, ko‘rilayotgan hujjatlar bo‘yicha ovoz berishi shart. 
    "O" a’zolar Texnik qo‘mitalar (TQ) barcha ishchi hujjatlarining bir 
    nusxasini olish huquqidan foydalanadi va majlislarda kuzatuvchilar 
    sifatida qatnashishi mumkin. 
    O‘zbekiston O‘zstandart Agentligi - Standartlashtirish bo‘yicha milliy 
    idora nomidan 1 yanvar 1994-yildan boshlab ISO ning to‘liq huquqli a’zosi 
    bo‘lib hisoblanadi. 


    101 
    ISO nashrlari. Standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilot bir qator 
    turli materiallarni nashr etadi. Eng avval, bu tashkilot xarfli indeks va 
    raqamli belgi (masalan ISO 5827) ga ega bo‘lgan xalqaro standartlarni 
    chop etadi. 
    Qator hollarda texnik dokladlar chop etiladi. Bu dokladlarda ma’lum 
    mavzu bo‘yicha standartlashtirish ishlarining borishi to‘g‘risida xabar 
    beriladi yoki odatda standartlarga qo‘shiladigan axborot va ma’lumotlar 
    keltiriladi. 
    Har yilning fevral oyida xalqaro standartlar Katalogi (ISO Catologue) 
    nashrdan chiqadi. Bu Katalogda xalqaro standartlar qo‘llanish doiralari va 
    mavzu guruhlari bo‘yicha joylashtiriladi.
    jami 163 
    A’zolik organlari 119 
    Vakillik a’zolari 39 
    Abonent a’zolari 5 
    ISO standartlaridan tashqari MEK bilan birgalikda xalqaro 
    standartlashtirish doirasida eng dolzarb mavzular bo‘yicha "qo‘llanma" 
    (Guides) chop etiladi. 
    ISO bibliografik ko‘rsatkichlarni nashr etadi. Bu ko‘rsatkichlarda ISO 
    standartlari va standartlarning loyihalari, shuningdek yagona doiraga 
    tegishli boshqa xalqaro tashkilotlarning standartlari ro‘yxati beriladi. 
    Ma’lum doiraga oid ISO standartlarining to‘liq matni mavzu 
    to‘plamlari (Hand-books) da chop etiladi. 
    Bu nashrlardan tashqari, o‘tgan yil uchun (har yili) ISO ishlari 
    to‘g‘risida Hisobot va ISO ning Texnik dasturi (yilda ikki marta) chop 


    102 
    etiladi. Bu dasturda xalqaro standartlar loyihalarining sarlavhasi va 
    ularni ishlab chiqish bosqichlari ko‘rsatiladi. 1985-yilda amaldagi 
    xalqaro standartlar Predmetli ko‘rsatkichi chop etildi. Bu Ko‘rsatkich 
    muhim (KWIC) so‘zlar bo‘yicha tuzilgan. Har yili ISO ning tuzilmasi 
    to‘g‘risida, a’zo-qo‘mitalar to‘g‘risida va har bir texnik qo‘mitaning 
    faoliyati sohasi (ISO Memento) to‘g‘risida axborotni o‘z ichiga olgan 
    ma’lumotnoma chiqadi. ISO ishlari to‘g‘risidagi axborot har oylik 
    axborot byulletenida (ISO Bulletin) akc ettiriladi. 

    Download 3,46 Mb.
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   109




    Download 3,46 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi

    Download 3,46 Mb.
    Pdf ko'rish