104
Har 1-1,5 yilda TK (KK) majlislarda o‘z ishlarining dasturlarini tuzadi
(yoki to‘g‘rilaydi). Har yili MEK dasturiga 500 gacha va bundan ham ortiq
yangi, xalqaro standartlarni yaratishni ko‘zda tutuvchi mavzular kiritiladi.
MEK/ISO ishlab chiqqan va 1990-yil 1-fevraldan amalga kiritilgan
Direktivalarga muvofiq amaldagi standartni qayta ko‘rib
chiqish, yangi
mavzuni ishlab chiqish kabi qaraladi.
Hozirgi vaqtda 2 mingdan ortiq xalqaro MEK standartlari yaratilgan,
bunda MEK standartlari o‘zlarida mahsulotga va mahsulotni sinash
metodlariga texnik talablarning mavjudligi nuqtai nazardan ISO
standartlariga nisbatan ancha to‘liq tuzilgan bo‘ladi. Buni, bir tomondan,
MEK ning faoliyat sohasiga kirgan mahsulotga talablarda xavfsizlikka oid
talablar asosiy hisoblanishi bilan tushuntirish mumkin, boshqa tomondan
esa, ko‘p o‘n yilliklar davomida to‘plangan ish tajribasi standartlashtirish
masalalarini ancha to‘liq hal qilishga imkon beradi.