Standartlashtirish bo‘yicha Yevropa qo‘mitasi (SEN)




Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/109
Sana19.01.2024
Hajmi3,46 Mb.
#140836
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   109
Bog'liq
20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslari

3.12. Standartlashtirish bo‘yicha Yevropa qo‘mitasi (SEN). 
EIU doirasida birlashgan bozorni yaratish 
bo‘yicha 
vazifalarni 
amalga 
oshirish 
munosabati bilan "texnik to‘siqlarni" bartaraf 
etish bo‘yicha dastur ishlab chiqildi. Bunday 
texnik to‘siqlar buyumlarga standartlardagi 
farq, ulardan foydalanish qoidalarining zidligi, 
xavfsizlik texnikasi bo‘yicha farqlanuvchi me’yorlar, sog‘liqni saqlash va 
tabiatni asrash me’yorlaridagi farqlar hisobiga paydo bo‘ladi. 
Bu muammoni hal qilishda Yevropa standartlashtirishga birinchi 
navbatda ahamiyat beriladi. 


107 
EIU va Yevropa erkin savdo assotsiatsiyasi (EESA) vakillarining 23 
mart 1961-yilda Parijda bo‘lib o‘tgan majlisida SEN ning tashkil 
etilganligi e’lon qilindi (SEN 1970-yilgacha Standartlarni muvofiq-
lashtirish bo‘yicha Yevropa qo‘mitasi deb atalgan). SEN a’zolari EIU va 
EESA ning 18 mamlakati: Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Gretsiya, 
Daniya, Irlandiya, Ispaniya, Islandiya, Italiya, Lyuksemburg, Norvegiya, 
Niderlandiya, Portugaliya, Finlyandiya, GFR, Frantsiya, Shvetsiya va 
Shvetsariya standartlashtirish bo‘yicha milliy tashkilotlaridan iborat. 
Bu - yopiq tashkilot bo‘lib, G‘arbiy Yevropa mamlakatlarining 
yuqorida keltirilgan iqtisodiy guruh a’zolarini birlashtiradi. 
SEN ning birinchi majlisidayoq Ustav va protsedura Qoidalari 
tasdiqlandi. 1970-yilda SEN Ustavi qayta ko‘rib chiqiladi. Bunda Ustavga 
ma’lum o‘zgartirishlar bilan birga Yevropa standartlari (EN) ni majburiy 
yaratish ham kiritilgan. Standarglarni yaratish bo‘yicha barcha ishlar 
texnik qo‘mitalar tomonidan olib boriladi. Bunday texnik qo‘mitalarda 
texnik sekretariatlar iqtisodiy guruh mamlakatlaridan biri tomonidan 
boshqariladi. 
SEN doirasida 140 dan ortiq TQ lar tuzilgan. TQ bilan bir qatorda, 
alohida masalalarni hal etish uchun maslahat guruhlari tashkil etilgan. 
SEN vazifasi - xizmatlar savdosini va mol almashinishini 
rivojlantirishga ko‘maklashishdan iborat. 
Tayanch iboralar: ISO, MEK, xalqaro standart, elektrotexnika, 
radiotexnika, ISO nashrlari, katalog, byulleten, MGS, SEN, mashinasozlik, 
xizmatlar. 

Download 3,46 Mb.
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   109




Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Standartlashtirish bo‘yicha Yevropa qo‘mitasi (SEN)

Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish