• 3.14. Jahon savdo tashkiloti doiralarida standartlashtirish.
  •  Elektrotexnikada standartlashtirshsh bo‘yicha Yevropa




    Download 3,46 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet74/109
    Sana19.01.2024
    Hajmi3,46 Mb.
    #140836
    1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   109
    Bog'liq
    20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslari

    3.13. Elektrotexnikada standartlashtirshsh bo‘yicha Yevropa 
    qo‘mitasi (SENELEK). 
    SENELEK 1972-yilda ikkita tash-
    kilot - EES A (SENEL) a’zolari mam-
    lakatlarining elektrotexnik standart-
    larni 
    muvofiqlashtirish 
    bo‘yicha 
    Yevropa qo‘mitasi va EIU mamlakat-
    larining elektrotexnik standartlarini 
    muvofiqlashtirish bo‘yicha Yevropa qo‘mitasi (SENELKOM) ning bir-
    birga qo‘shilishi natijasida tuzildi, SENELEK a’zolari 17 Yevropa 
    davlatlari: Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Gretsiya, Irlandiya, 
    Ispaniya, Italiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Norvegiya, Portugaliya, 
    Finlyandiya, Fransiya, GFR, Shvetsariya, Shvetsiyaning milliy 


    108 
    elektrotexnik qo‘mitalaridan iborat. Bu davlatlar (Lyuksemburgdan 
    boshqalari) bir vaqtda MEK a’zosi hisoblanadi. 
    SENELEK ning rasmiy tili inglizcha, fransuzcha va nemischa. 
    SENELEK ning asosiy maqsadlari EIU bilan yaqin hamkorlikda 
    elektrotexnik standartlar to‘plamini yaratish, shuningdek Yevropa erkin 
    savdo 
    assotsiatsiyasi 
    Sekretariatining 
    yordamida 
    bu 
    hudud 
    mamlakatlarida mollar va xizmatlarning yagona bozorini ta’minlashdan 
    iborat. SENELEK ga a’zo milliy qo‘mitalarniig to‘liq o‘zaro kelishuvi 
    bilan yaratilgan standartlarga bu vazifani ta’minlash uchun muhim 
    vosita sifatida qaraladi. SENELEK ning asosiy faoliyati a’zo-
    mamlakatlar 
    milliy 
    standartlari 
    o‘rtasidagi va buyumlarning 
    standartlarga muvofiqligini sergifikatlashtirish protseduralari o‘rtasidagi 
    barcha texnik farqlarni bartaraf etishga yo‘naltirilgan. Bunday faoliyat 
    savdoda texnik to‘siqlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun zarur. Bu ish 
    mollarning G‘arbiy Yevropa darajasida erkin yurishi uchun zarur 
    kafolat deb hisoblanadi. 
    3.14. Jahon savdo tashkiloti doiralarida standartlashtirish. 
    Jahon savdo tashkiloti (JST) 1994- 
    yilda savdo muzokaralari bo‘yicha 
    Qo‘mitaning Yakuniy sessiyasida JST 
    ni tuzish to‘g‘risida Bitimga muvofiq 
    tashkil etiladi. Bu Bitim Urugvayda 
    o‘tkazilgan sakkiz yillik (1986-1994) 
    ko‘p tomonlama savdo muzokaralariga yakun yasadi. 
    Sessiya qatnashchilarining takidlashicha, JST ning tuzilishi xalqaro 
    iqtisodiy hamkorlikda yangi davrni ochadi, barcha xalqlarning farovon 
    yashashi uchuy ancha oqilona va ochiq ko‘p tomonlama savdo tizimi 
    doiralarida ishlashga keng istaklarini aks ettiradi. 
    JSTni tuzishda savdo muzokaralari qatnashchilari «o‘zlarining 
    savdo sohasidagi munosabatlari va iqtisodiy siyosati hayot darajasini 
    oshirish, to‘liq (Bandlikni va haqiqiy daromadlar darajasining jiddiy va 
    doimiy o‘sishini ta’minlash, talabning samaradorligi, shuningdek ishlab 
    chiqarishni va mollar hamda xizmatlar savdosini kengaytirish maqsa-
    dida amalga oshirilishi lozimligiga tayanishlari lozim». Bunda iqtisodiy 
    rivojlanishning turli darajalarida barqaror rivojlanish maqsadlarida, 
    atrof muhitni himoyalash va asrashga intilgan holda dunyo 
    boyliklaridan maqbul foydalanish lozimligi e’tiborga olinishi lozim. 


    109 
    Bunda JSTning kuchi rivojlanayo‘ygan mamlakatlarga savdodagi 
    tariflarni va boshqa to‘siqlarni jiddiy qisqartirish va xalqaro savdo 
    munosabatlarida kamsitishlarni bartaraf etish, savdoda tariflar bo‘yicha 
    Bosh bitim (GATT) asosida ancha yashovchan va barqaror ko‘p 
    tomonlama savdo tizimlarini yaratish yo‘li bilan xalqaro savdoning 
    o‘sishida kafolatlangan ulushini ta’miilashga yo‘naltiriladi. 
    Savdo tizimining asosiy tamoyillari: 
    Kamsitishsiz savdo; 
    tariflarni qisqargirish va kamaytirish yo‘li bilan bozorga kirib 
    borishni oldindan bilish va kengaytirish (1995-2000 yy da rivojlangan 
    mamlakatlarning mollarga tariflari 40 % ga qisqardi); 
    oqilona raqobatni rivojlantirish; 
    iqtisodiy islohotlarning rivojlanishini rag‘batlantirish. 
    JST bo‘yicha Bitimnshg asosiy qismi “Ko‘p tomonlama savdo 
    bitimlari” va “Qatnashchilar doirasi cheklangan Bitim” nomli huquqiy 
    hujjatlardan iborat (Cheklovlar Bitimlarni qabul qilgan JSTning 
    a’zolariga tegishli). Ko‘rsatilgan bitimlarga, masalan, Xizmatlar savdosi 
    bo‘yicha bosh bitim (GATS), mahsulotni jo‘natishdan oldingi 
    inspeksiya, bojxonadagi narxi, import mahsulotni litsenziyalash, 
    savdodagi texnik to‘siqlar (STT) to‘g‘risida bitimlar, fuqarolar 
    aviatexnikasi savdosi to‘g‘risidagi bitim, sut mahsulotlari, mol go‘shti 
    bo‘yicha bitimlar va x.k. kiradi. 
    O‘zbekiston Respublikasi JST ga kirishni mo‘ljallamoqda. Kirish 
    to‘g‘risida 1994-yilda ariza berilgan va shu yilning dekabr oyida 
    kirishga tayyorgarlik bo‘yicha Ishchi guruh tuzildi. O‘zbekiston 
    respublikasi 1998-yilda JST ga Tashqi savdo Rejimi to‘g‘risida 
    Memorandum taqdim etdi. JST ga kirish uchun Respublika tashqi savdo 
    rejimini Yevropa Ittifoqi va JSTning talablariga mos keltirishi lozim. 
    Yevropa Ittifoqi savdodagi texnik to‘siqlar bo‘yicha o‘zining 
    qonunlarini JSTning qonunlari bilan to‘liq uyg‘unlashtirgan. Shuning 
    uchun O‘zbekiston qonunlarini Yevropa Ittifoqining qonunlariga 
    yaqinlashtirish JST ning talablariga muvofiqikni ta’minlaydi. Bu 
    masalani hal etish uchun 1999-y da Florensiyada (Italiya) Yevropa 
    Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasida Sherikchilik va Hamkorlik bo‘yicha 
    Bitim imzolandi. JSTga kirishga tayyorlanish maqsadida savdodagi 
    texnik to‘siqlar bo‘yicha Bitim va fitosanitariya tadbirlarini qo‘llanish 
    bo‘yicha Bitim talablarini bajarish uchun O‘zbekiston Respublikasining 
    “Texnik tartibga solish to‘g‘risida” qonunining loyihasi tayyorlandi. 


    110 
    Savdodagi texnik to‘siqlar (STT) bo‘yicha Bitim maqsadlari uchun 
    (ISO/MEK 2:1996 O‘zs S St 1.10) da qabul qilingan atamalar va 
    tariflarning o‘zi, lekin STT bo‘yicha Bitim matni, predmeti va 
    maqsadini hisobga olgan holda qo‘llaniladi. 
    STT bo‘yicha Bitim maqsadlari uchun qo‘llaniladigan atamalar va 
    ta’riflar: 
    Savdodagi texnik tadbirlar - Mollarga bajarilishi majburiy bo‘lgan 
    talablarni o‘rnatish va amalga kiritish, shuningdek mollarning bu 
    talablarga muvofiqligini majburiy tasdiqlash protseduralarini qo‘lla-
    nishni o‘z ichiga olgan texnik siyosat tadbirlari; 
    Savdodagi texnik to‘siqlar - Vatanda va xalqaro amaiiyotda qabul 
    qilingan texnik reglamentlar va standartlar yoki muvofiqlikni tasdiqlash 
    protseduralaridagi talablar o‘rtasidagi, ko‘proq cheklashlarga ega 
    bo‘lgan farq, ya’ni texnik reglamentlar va standartlarni yaratishda 
    qonun bo‘yicha o‘rnatilgan maqsadlarga erishish uchun zaruriyаtdan 
    ortiqcha cheklovga ega, natijada mollarni jahon yoki vatan bozorida 
    sotish uchun oddiy tijoratdagiga nisbatan qo‘shimcha mablag‘ va (yoki) 
    vaqt sarflashga sabab bo‘luvchi farqdir.
    Texnik reglament - Molning tafsilotlari o‘rnatilgan hujjat yoki bu 
    tafsilotlar bilan bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish jarayonlari va uslublari, 
    shu jumladan qo‘llaniladigan, rioya qilinishi majburiy bo‘lgan 
    ma’muriy nizomlar. Hujjat molga, ishlab chiqarish jarayoni yoki 
    uslubiga nisbatan qo‘llaniladigan atamalar, belgilar, idishlarga joylash, 
    tamg‘alash yoki etiketka yopishtirishga talablarni ham o‘z ichiga olishi 
    yoki faqat shunday talablardan iborat bo‘lishi mumkin. 
    Standart - Vakolatli idora tomonidan tasdiqlangan, umumiy va ko‘p 
    marta foydalanish uchun mo‘ljallangan qoidalar, qo‘llanmalar yoki 
    mollarning tafsilotlarini yoki bular bilan bog‘liq bo‘lgan, rioya qilinishi 
    majburiy bo‘lmagan ishlab chiqarish jarayonlari va metodlarini o‘z 
    ichiga olgan hujjat. Bu hujjat o‘z ichiga atamalar, belgilar, tamgalash 
    yoki molga tegishli: etiketkalarni yopishgarishga talablarni ham o‘z 
    ichiga olishi yoki faqat shunday talablardan iborat bo‘lishi mumkin. 
    O‘z DSt 1.10 da keltirilgan ta’rifga asosan, standartlar majburiy 
    yoki STT bo‘yicha Bitim maqsadlariga mo‘ljallangan standartlardan 
    farqli ravishda, qo‘llanishi majburiy bo‘lmagan ixtiyoriy bo‘lishi 
    mumkin.
    JSG ga a’zo bo‘lishning muhim sharti standartlashtirish bo‘yicha 
    milliy idoralar tomonidan standartlarni tayyorlash, tasdiqlash va 


    111 
    qo‘llanishga oid vijdonan yaqinlashish amaliyoti Kodeksini tan olish va 
    rioya qilishdan iborat.
    Vijdonan amaliyot Kodeksini tan olgan va unga rioya qiladigan 
    standartlashtirish bo‘yicha idoralar STT bo‘yicha Bitim prinsip*lariga 
    rioya qiluvchilar sifatida JST ning a’zosi deb tan olinadi. 
    SDT ni islohot qilish asosiy yo‘nalishlari fundamental dastlabki 
    shartga: mahsulot, jarayon, xizmatlarga talablarni o‘rnatishning ikki 
    darajali tizimiga, o‘xshash (rioya qilinishi shart bo‘lgan texnik 
    reglamentlarning talablari va talablariga rioya qilish shart bo‘lmagan 
    standartlar-ixtiyoriy standartlar) dan iborat. 
    O‘zbekistonda, sobiq Sovet Ittifoqining boshqa davlatlaridagi kabi, 
    majburiy texnik me’yorlar standartlarda, farmakopeya maqolalarida, 
    sanitariya, ekologik, shahar qurilish, yong‘indan saqlash, veterinariya, 
    energetik, transport qoidalari va me’yorlarida o‘rnatilgan. 
    Majburiy hujjatlar turining ko‘pligi mamlakatimizdagi ishlab 
    chiqaruvchilar uchun mahsulot va xizmatlarni yaratish va sotishda 
    hamda tashqi savdo aloqalarida qiyinchiliklar tug‘diradi.
    Texnik tartibga solish doirasida xalqaro ish amaliyotiga asta- sekin 
    o‘tish va texnik to‘siqlar bo‘yicha Bitim nizomlariga mos keltirish 
    uchun davlat standartlashtirish tizimiga “texnik reglament”, “ixtiyoriy 
    standartlar” tushunchalari kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasida 
    qo‘llaniladigan me’yoriy hujjatlarning darajalariga xalqaro, hududiy va 
    chet mamlakatlarning milliy standartlari kiritilgan.
    Hozirgi vaqtda DAK a’zo-davlatlar tomonidan texnik qonunlar va 
    ularning huquqiy asoslari bo‘yicha ishlar jadal olib borilmoqda. Hozirgi 
    kunda “Texnik tartibga solish asoslari to‘g‘risida” milliy qonunlar 
    Rossiya federatsiyasi, Belarus Respublikasi, Ukraina, Qozog‘iston, 
    Moldava Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi tomonidan qabul 
    qilingan.
    Bundan tashqari, 2003-yildan boshlab, davlatlararo manfaatga ega 
    bo‘lgan sektorlarda davlatlararo qonunlarni qabul qilish jarayoni 
    boshlandi. MDH mamlakatlari tomonidan yangi texnik tartibga solish 
    tizimiga o‘tish taxminan 7 yilga rejalashtarilmoqda. MDH mamlakat-
    larining iqtisodiyotida sodir bo‘layotgan yuqori darajadagi integra-
    tsiyani, respublika sanoatida davlatlararo standartlarning ko‘pligi 
    (foydalanayotgan hujjatlarning umumiy sonidan 60-80 foizni tashkil 


    112 
    etadi), O‘zbekistonning yaqin orada JSTga kirishini hisobga olgan 
    holda texnik tartibga solish sohasida MDH mamlakatlari bilan 
    kelishilgan harakatlarni o‘tkazishi zarur. 

    Download 3,46 Mb.
    1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   109




    Download 3,46 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Elektrotexnikada standartlashtirshsh bo‘yicha Yevropa

    Download 3,46 Mb.
    Pdf ko'rish