105
• yagona etalon baza va o‘lchashlar birliligini ta’minlash tizimlarini
shu jumladan, vaqt va chastotalar, moddalar va materiallarning tarkibi
va xossalariga oid standart ma’lumotnoma ma’lumotlari davlatlararo
xizmatlarini shakllantirish;
• mahsulot va xizmatlarni sinash va sertifikatlashtirish natijalarini
o‘zaro tan olish.
DAK ning texnik siyosati a’zo-davlatlarning standartlashtirish,
metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha milliy idoralari, ilmiy-
texnikaviy komissiyalari ishchi guruhlari va standartlashtirish bo‘yicha
davlatlararo TK tomonidan shakllantiriladi.
DAK faoliyatining asosiy yo‘nalnishlari bo‘yicha ilmiy-texnikaviy
komissiyalar yoki ishchi guruhlar, vaqt va chastotaning bir xil o‘lchanishini
ta’minlash bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida Hukumatlararo Bitimni bajarish
bo‘yicha vakolatli vakillarining Kengashi, shuningdek, standartlashtirish
bo‘yicha 230 dan ortiq davlatlararo TK doimiy ishlamoqda. Hozirgi
vaqtda Kengashning ishchi idorasi Minskda joylashgan standartlashtirish
bo‘yicha Byurodan iborat. Kengashni rotatsiya asosida DAK a’zo
mamlakatlarining standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish
bo‘yicha milliy idoralarining rahbarlari boshqaradi.