O‘zbekiston Respublikasida “O‘zstandart” agentligining




Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/109
Sana19.01.2024
Hajmi3,46 Mb.
#140836
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   109
Bog'liq
20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslari

 
3.7. O‘zbekiston Respublikasida “O‘zstandart” agentligining 
tuzilmasi va faoliyati haqida. 
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida standartlash-
tirish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish” to‘g‘risidagi 1992-yil 2-martdagi 
93-sonli 
qaroriga 
muvofiq 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi huzuridagi Standartlashtirish, metrologiya va sertifikat-
lashtirish O‘zbekiston davlat markazi, keyinchalik (“O‘zstandart” 
agentligi) - standartlashtirish bo‘yicha Milliy idora hisoblanadi. 
Uning vakolatiga quyidagilar kiradi: 
- metrologiyaga oid faoliyatni mintaqalararo va tarmoqlararo 
muvofiqlashtirish; 
- fizikaviy kattaliklar birligi etalonlarini yaratish, tasdiqlash, saqlash 
va qo‘llash qoidalarini belgilash; 
- o‘lchash vositalari, usullari va natijalariga qo‘yiladigan umumiy 
metrologik talablarni aniqlash; 
- davlat metrologik tekshiruvini va nazoratini amalga oshirish; 
- metrologiya masalalari bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni, shu 
jumladan, davlatning boshqa boshqaruv idoralari bilan hamkorlikda 
O‘zbekiston Respublikasining butun hududida majburiy kuchga ega 
bo‘lgan me’yoriy hujjatlarni qabul qilish; 
- metrologiya sohasida ilmiy va muhandis-texnik kadrlarni 
tayyorlash; 
- O‘zbekiston Respublikasining metrologiya sohasidagi xalqaro 
shartnomalariga rioya etilishini ustidan nazoratni amalga oshirish; 
- metrologiya masalalari bo‘yicha xalqaro tashkilotlar faoliyatida 
qatnashish kiradi.
“O‘zstandart”tarkibida bir necha bo‘limlar, sektor, laboratoriya, 
guruhlar, har bir viloyat boshqarma va markazlari, ilmiy-tadqiqot 
instituti, Milliy Etalonlar Markazi mujassamlashgan. 
“O‘zstandart” agentligiga qarashli turli soha va tarmoqlarni o‘z 
ichiga olgan, bir xil nomdagi bo‘limlar ham bor. Bularga standartlar va 
mahsulotni sertifikatlashtirish bo‘yicha davlat nazorati va o‘lchash 
vositalarini davlat qiyoslovidan o‘tkazish va attestatlash sohaviy 
bo‘limlari kiradi. 


97 
Standartlar va mahsulotni sertifikatlashtirish bo‘yicha davlat 
nazorati sohaviy bo‘limlar: og‘ir sanoat, mashinasozlik, yengil sanoat, 
mahalliy sanoat hamda agrosanoat kompleksi doirasida o‘z faoliyatini 
amalga oshiradi. 
“O‘zstandart” agentligining ilmiy-uslubiy markazi etib, O‘zbekiston 
Respublikasida standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va 
mahsulot sifatini boshqarish sohalaridagi tadqiqot va mutaxassislar 
malakasini 
oshirish 
va 
qayta 
tayyorlash 
instituti 

hozirda 
standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot 
instituti tayinlangan. 
Sertifikatlashtirish milliy idorasi quyidagi asosiy yo‘nalishlar 
bo‘yicha o‘z faoliyatini amalga oshirmoqda: 
- Respublikada sertifikatlashtirishni qo‘llash va takomillash-
tirishning umumiy siyosatini ishlab chiqish, qonun chiqaruvchi va ijro 
etuvchi tegishli davlat idoralari bilan aloqalarni o‘rnatish; 
- sertifikatlashtirish masalalari bo‘yicha boshqa mamlakat va xalqaro 
tashkilotlarning vakillari bilan, o‘zaro kelishilgan asosda aloqalarni 
o‘rnatish, kerak bo‘lsa, bu tashkilotlar faoliyatida O‘zbekiston 
Respublikasining qatnashishini ta’minlash; 
- sertifikatlashtirishda yagona qoida va ish tartiblarini belgilash, 
bularga rioya qilishning nazorati, sertifikatlashtirish natijalari bo‘yicha 
hujjatlarni axborotli ma’lumot bilan ta’minlash. 
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil № qarorini bajarish yo‘lida 
“O‘zstandart” o‘zining viloyat boshqarmalarini (SMS’HM) tuzib, 
ularning ishlariga har taraflama ko‘mak ko‘rsatmoqda. Respublikadagi 
sinov laboratoriyalarini akkreditlash ishlari jadal qadamlar bilan amalga 
oshirilmoqda. 
Farg‘ona, 
Qo‘qon, 
Qarshi, 
Buxoro, 
Samarqand 
shaharlaridagi sinov laboratoriyalari akkreditlanib, hozirda ular turli 
sinov amallarini o‘tkazmoqdalar. Faqatgina Farg‘onadagi sinov 
laboratoriyasida o‘tkazilgan sinovlar natijasiga ko‘ra “Azot” ishlab 
chiqarish birlashmasi, Quvasoy chinni zavodi, Rishton kulolchilik 
mahsulotlari zavodi, “Quvamebel” ishlab chiqarish birlashmasi 
mahsulotlari muvofiqlik sertifikatini olishga sazovor bo‘ldilar. 
“O‘zstandart” agentligi tarkibidagi oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik 
mahsulotlarini 
tekshiruvchi 
sinov 
laboratoriyasi 
akkreditlangan 
laboratoriyalardan hisoblanib, shu kungacha o‘nlab, muayyan turdagi 
mahsulotlarga muvofiqlik sertifikati berildi. 


98 
O‘zbekiston standartlashtirish va sertifikatlashtirish agentligi 
(«O‘zstandart» agentligi) markaziy apparatining tuzilmasi O‘zbekiston 
standarlashtirish, 
metrologiya 
va 
sertifikatlashtirish 
agentligi 
(“O‘zstandart”agentligi) ning tashkiliy tuzilmasi Respublika hududiga 
keltiriladigan yoki undan chetga chiqariladigan mollar (mahsulotlar) ning 
havfsizligini tasdiqlash bilan bog‘liq bo‘lgan amallar tegishli davlat 
idoralari bilan kelishilgan holda O‘zstandart tomonidan tayyorlangan 
alohida hujjat bo‘yicha bajariladi. 
Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Turkiya va Xitoy 
davlatlari bilan standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya 
sohalarida hamkorlik qilish niyatida bitim tuzildi. Bu yo‘ldagi ishlar o‘z 
mevasini bermoqda. Turkiya mutaxassislari Toshkentda bo‘lib, 
“O‘zstandart” tomonidan uyushtirilgan Respublika seminarlarida 
sertifikatlashtirish sohasida ma’ruzalar bilan qatnashmoqdalar. 
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi qatoriga 
kiruvchi mamlakatlar bilan standartlashtirish, sertifikatlashtirish va 
metrologiya sohalarida yaqin hamkorlik qilmoqda. 
Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalarida 
ilmiy tadqiqot ishlari ham o‘z yo‘nalishiga egadir. 
O‘z SMSITI standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish 
sohalarida asosiy ilmiy-uslubiy baza hisoblanadi. Ushbu institut yuqorida 
qayd etilgan sohalar bo‘yicha fundamental tadqiqotlar olib borishi bilan 
bir qatorda respublikaning ushbu sohalar bo‘yicha malaka oshirish va 
qayta tayyorlash instituti hamdir.
Shu sohalardagi belgilangan maqsadlarni amalga oshirish uchun u: 
- standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va mahsulot 
sifati sohalarida hozirgi xalqaro talablarga javob beradigan milliy ilmiy 
baza yaratadi; 
- standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va mahsulot 
sifati milliy tizimlarini yaratishda ularning ilmiy va uslubiy asoslarini 
ishlab chiqadi; 
- mahsulotning raqobatdoshlik qobiliyatini ta’minlaydigan, atrof-
muhitni ishonchli darajada himoya qilishga, inson sog‘lig‘ini saqlashga, 
mehnat xavfsizligini ta’minlashga, mudofaa qobiliyatini oshirishga 
qaratilgan xalqaro, me’yoriy va tashkiliy-uslubiy hujjatlar bilan 
uyg‘unlashadigan, asos bo‘luvchi hujjatlar ishlab chiqadi va joriy etadi; 
- standartlashtirish va metrologiya sohalaridagi mavjud yoki 
uchraydigan muammolarni tadqiq qilish, davlat tilida me’yoriy hujjatlar, 
ma’lumotnomalar, lug‘atlar yaratadi; 


99 
- yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlaydi; 
- standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va mahsulot 
sifatining ilmiy masalalari bo‘yicha xalqaro milliy va mintaqaviy 
tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshiradi; 
- standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalarida 
ishlayotgan mutaxassislarning malakasini oshirishni ta’minlaydi; 
- sertifikatlashtirish sohasida ishlaydigan ekspert-auditorlarni 
tayyorlaydi va boshqa faoliyat bilan shug‘ullanadi. 
Institut tashkil qilinganiga ko‘p vaqt o‘tmaganligiga qaramay shu 
kunga qadar respublika hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan bir 
qator hujjatlar yaratdi va yaratmoqda. Bu hujjatlarning ahamiyati beqiyos 
bo‘lib, shu sohalardagi ishlarga qo‘yilgan birinchi poydevorlardan 
hisoblanadi. 
Institut har taraflama tashkiliy, uslubiy va moddiy-texnika ta’minoti 
bo‘yicha mustahkamlanmoqda hamda bu sohalarda ishlaydigan tajribali, 
bilimdon mutaxassislarni tayyorlab, kelajakda respublika oldida turgan 
dolzarb muammolarni mustaqil yechishga o‘zining salmoqli hissasini 
qo‘shadi, degan umiddamiz. 

Download 3,46 Mb.
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   109




Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 O‘zbekiston Respublikasida “O‘zstandart” agentligining

Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish