• IV BOB. MAHSULOTLARNI SERTIFIKATLASHTIRISH 4.1. Asosiy atamalar. 1. SERTIFIKATLASH
  • Sertifikatning mos kelishi
  • Sertifikat shakli
  • Bir turdagi mahsulotni sertifikatsiyalash tizimi
  • Akkreditatsiya qilinuvchi tashkilot (laboratoriyani
  • Ishlab chiqarish korxonasini sertifikatlash
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi




    Download 3,46 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet75/109
    Sana19.01.2024
    Hajmi3,46 Mb.
    #140836
    1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   109
    Bog'liq
    20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslari

     
    Nazorat savollari: 
    1. Xalqaro standartlashtirish tashkiloti ISO qachon tashkil topgan va 
    uning vazifalari nimalardan iborat? 
    2. Xalqaro elektrotexnik komissiya MEK qachon tashkil topgan va 
    uning vazifalari nimalardan iborat? 
    3. Xalqaro standartlashtirish tashkiloti ISO ning tarkibi haqida 
    nimalarni bilasiz? 
    4. Xalqaro elektrotexnik komissiya MEK ning tarkibi haqida nimalarni 
    bilasiz? 
    5. Xalqaro standartlashtirish tashkiloti ISO ning nashrlari to‘g‘risida
    tushuntiring. 
    6. Davlatlararo kengash MGS haqida nimalarni bilasiz? Uning 
    maqsadi va vazifalari nimalardan iborat? 
    7. Yevropa Ittifoqi doiralarida standartlashtirish haqida nimalarni 
    bilasiz? 
    8. Standartlashtirish bo‘yicha Yevropa qo‘mitasi (SEN) haqida 
    tushuntiring. 


    113 
    IV BOB. MAHSULOTLARNI SERTIFIKATLASHTIRISH 
     
    4.1. Asosiy atamalar. 
    1. SERTIFIKATLASH — mahsulotni yoki faoliyat turini ma’lum 
    bir standartlarga mos kelishini tasdiqlash uchun o‘tkaziladigan tadbir. 
    2. Mos kelish — ishlab chiqarish mahsulotiga, jarayoniga 
    xizmatiga bo‘lgan talablarga asosan ish ko‘rish. 
    3. Uchinchi tomon — ko‘rilayotgan jarayonda ishtirok etayotgan 
    tomonlarga bog‘liq bo‘lmagan shaxs yoki tashkilot (ishtirok etuvchi 
    tomonlar ta’minotchi va sotib oluvchilarni himoya qiladi). 
    4. Sertifikatning mos kelishi — uchinchi-xolis shaxs yoki 
    tashkilot tomonidan, tomonlardan biri taklif qilayotgan xizmat yoki 
    mahsulot turi yoxud jarayonni ma’lum bir standartga yoki me’yoriy 
    hujjatga mos kelishiga ishonch hosil qilinishini isbotlab berish. 
    5. Sertifikat shakli — sertifikatga mos kelishlikni tekshirishni 
    uchinchi tomon yordamida o‘tkazish ketma-ketligi yoki tartibi. 
    6. Sertifikatlashtiruvchi tashkilot — mos holda sertifikatlashni 
    o‘tkazuvchi tashkilot. 
    7. Sertifikatlashtirish tizimi — mos sertifikatlashni o‘tkazish 
    uchun boshqaruv va jarayonni o‘tkazishning shaxsiy qoidalariga ega 
    bo‘lgan tarkib. 
    8. Bir turdagi mahsulotni sertifikatsiyalash tizimi — aniq 
    mahsulot turiga, jarayon yoki xizmat turiga to‘g‘ri keladigan hammaga 
    taalluqli, tegishli-aniq standart, qoida va o‘sha jarayonni sertifikatlash 
    tizimi. 
    9. Akkreditatsiya (laboratoriyani) — aniq sinovlarni yoki aniq 
    sinovlar turlarini o‘tkazish huquqiga ega bo‘lgan sinov laboratoriyasini 
    rasman tan olish; 
    10. Akkreditatsiya qilinuvchi tashkilot (laboratoriyani) — 
    labortoriyalarni (korxona, tashkilot va h.k.) akkreditatsiya qilish tizimi 
    boshqaruvini olib boradigan, akkereditatsiyadan o‘tkazadigan va uni 
    o‘tkazishga huquq beradigan tashkilot. 
    11. Me’yoriy hujjat (MH) — har xil faoliyat turlariga va 
    shartlariga tegishli qoidalar, umumiy talablar yoki tavsifnomalarni o‘z 
    ichiga olgan hujjatdir (MH — asosiy atama bo‘lib, standartlar, texnik 
    shartlar hujjatlari, qoidalar va reglamentlarni o‘z ichiga oladi). 
    12. Mos kelish sertifikati — sertifikatlash qoidalariga mos ravishda 
    berilgan, tekshirishdan o‘tkazilgan mahsulot, jarayon yoki xizmat turi 
    sertifikat qoidalariga mos kelishiga ishonch bildiruvchi hujjat. 


    114 
    13. Mos kelish belgisi — joriy qilingan tartibda himoyalangan 
    belgi bo‘lib, sertifikatlash qoidalari asosida berilgan yoki ishlatiladigan 
    ma’lum bir mahsulot, jarayon yoki xizmat turining aniq bir standartga 
    yoki boshqa me’yoriy hujjatga mos kelishiga ishonch bildiruvchi belgi. 
    14. Ishlab chiqarish korxonasini sertifikatlash — sertifi- 
    katlashtiruvchi tashkilot yoki boshqa shu huquqqa ega tashkilot rasman 
    tasdiqlagan, me’yoriy hujjatlar va sertifikat bo‘yicha nazorat qilish 
    imkoniyatiga ega hamda bu tadbirlarni o‘tkazish uchun sharoiti bo‘lgan 
    korxona tan olinadigan sertifikatlash. 
    15. Inspektsiya nazorati — ishlab chiqarish korxonasi mahsuloti 
    olingan sharoitni e’tiborda saqlab, sertifikatlash va mahsulotni 
    laboratoriyada sertifikatlashni akkereditatsiya qilishdan keyingi nazorat. 
    16. Murojaat qiluvchi — bir yoki bir nechta ish bo‘yicha 
    sertifikatlashtirish jarayonini o‘tkazish uchun murojaat qilgan korxona, 
    muassasa yoki yuridik shaxs; 
    17. Ekspert-auditor 

    Download 3,46 Mb.
    1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   109




    Download 3,46 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi

    Download 3,46 Mb.
    Pdf ko'rish