Yevropa ittifoqi doiralarida standartlashtirish




Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/109
Sana19.01.2024
Hajmi3,46 Mb.
#140836
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   109
Bog'liq
20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslari

3.11. Yevropa ittifoqi doiralarida standartlashtirish. 
Yevropa iqtisodiy uyushmasi (EIU) ning 
standartlashtirish sohasidagi faoliyati EIU ni 
tashkil etish to‘g‘risida 100 - Rim 
shartnomasining EIU a’zo-davlatlari qonun, 
boshqaruv 
va 
ma’muriy 
qarorlarini 
yaqinlashtirishni 
buyuruvchi 
moddasiga 
asoslangan.
EIU 
Kengashi 
o‘zining 
"Texnik 
uyg‘unlashtirish 
va 
sertifikatlashtirish 
sohasida yangicha yondashish to‘g‘risida” gi 7-may 1985-yildagi qarorida 
quyidagi tamoyillarni tasdiqladi:
- qonunlarni uyg‘unlashtirish 100 - moddaga muvofiq direktivalar 
doirasida xavfsizlik asosiy talablarini o‘rnatish bilan cheklanadi. Bu, 
Uyushma doirasida ushbu mahsulot uchun erkin savdo sharoitlari 
ta’minlanishi lozimligini anglatadi; 
- sanoat buyumlarini standartlashtirish uchun mas’ul idoralarga 
texnologiyaning rivojlanish darajasini hisobga olgan holda texnik 


106 
reglamentlarni ishlab chiqish vazifasi yuklatiladi. Bunday reglamentlarga 
asosan, Uyushma a’zolari direktivalarda o‘rnatilgan umumiy talablarga 
rioya qilgan holda mahsulot yaratishi va foydalanishga qo‘yishi mumkin; 
- bunday texnik reglamentlar majburiy emas, balki ixtiyoriy 
qo‘llaniladigan standartlar bo‘lib qoladi; 
- ayni bir vaqtda Uyushma ma’muriyatga uyg‘unlashtirilgan 
standartlar (yoki vaqtinchalik milliy standartlar) bo‘yicha tayyorlangan 
mahsulotning direktivada o‘rnatilgan umumiy talablariga muvofiqligini 
o‘rnatish vazifasi yuklatiladi. Bu demakki, ishlab chiqaruvchi mahsulotni 
bu standartlarsiz ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lsa ham, bu holda 
ishlab chiqaruvchiga o‘z mahsulotining direktivadagi umumiy talablarga 
muvofiqligini isbotlashiga to‘g‘ri keladi. 
O‘tish davrida, yagona standart qabul 
qilinishigacha, eng yaxshi milliy standartlardan 
keng foydalanishga katta ahamiyat beriladi. 
Uyushma 
mamlakatlarining 
integratsiya 
jarayonlariga talablarni qondiruvchi xalqaro 
standartlarni qo‘llanish ko‘zda tutilgan, agar 
bunday 
standartlar 
yo‘q 
bo‘lsa, 
Yevropa 
standartlari (SEN/SENELEK standartlari) ishlab 
chiqiladi. Bunday standartlar kelajakda xalqaro 
standartlashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. 
Yevropa standartlariga afzallik beriladi, natijada G‘arbiy Yevropada 
hududiy
Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar standartlashtirishni mustahkamlashi 
va rivojlantirishi mumkin bo‘ladi. 

Download 3,46 Mb.
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   109




Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Yevropa ittifoqi doiralarida standartlashtirish

Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish