• Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslari
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi




    Download 3,46 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/109
    Sana19.01.2024
    Hajmi3,46 Mb.
    #140836
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   109
    Bog'liq
    20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslari
    77scjnkjnlgkdfg67, 115, Amaliy mashg‘ulot ¹4 pa saqlandigan yer osti va chuqurlashtirilg, Ped yuklama jurnal(1), Tajribalar 18ta rasmlari bilan, 6-tajriba, Crossword “Types of research and the research process”, 20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslari, 1- ma’ruza. “Metrologiya va standartlashtirish” fanining maqsadi, O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, 1 - копия (8), Ishlab chiqarish menejmenti. Nurimbetov R.I, MTYnhZtd3fYgZqjDUw89Dqa6sSl5ZV3lT0Yt9b2L (2), 11 Mavzu
    KIRISH 
     
    Erkin bozor munosabatlari taraqqiy topgan, iqtisodiy jihatdan 
    rivojlangan 
    mamlakatlardagi 
    singari 
    mustaqil 
    O‘zbekiston 
    Respublikasida ham 1992-yilda Standartlashtirish va metrologiya 
    Davlat qo‘mitasi tashkil etildi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston 
    Davlat standartlashtirish, metrologiya va milliy sertifikatlashtirish 
    tizimlari faoliyat yurita boshladi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad 
    ichki va tashqi bozorlar uchun mahsulotlar ishlab chiqaruvchi 
    tashkilotlar hamda korxonalarning ishlab chiqarayotgan mahsu-
    lotlarini standart talablariga mos kelishini nazorat qilishdir. Bozor 
    munosabatlari sharoitida ishlab chiqarilayotgan mahsulot sog‘lom 
    raqobatning yuzaga kelishi va shu asosda xalq xo‘jaligini rivojlan-
    tirishga zamin hozirlaydi. Hozirgi kundagi asosiy vazifalardan biri 
    bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan, zamonaviy texnika va 
    texnologiyalarni ishlab chiqarishda bemalol qo‘llay oladigan, 
    raqobatbardosh va jahon standartlari talablariga javob beradigan 
    mutaxassislarni tayyorlashdan iboratdir. Buning uchun o‘quv jarayo-
    nini takomillashtirish, o‘qitishning yangi zamonaviy uslublaridan 
    keng foydalanish maqsadga muvofiqdir. 
    «Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya 
    asoslari» fanidan yaratilgan o‘quv qo‘lIanma metrologiya, standart-
    lashtirish bo‘yicha ilmiy tekshirish instituti ishlab chiqqan o‘quv-
    uslubiy materiallar asosida yaratildi. 
    «Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya 
    asoslari» fanining nazariy va amaliy asoslarini o‘rganish tufayli 
    sanoat mahsulotlarining sifat ko‘rsatkichlarini boshqarish tizimiga 
    katta e’tibor qaratiladi. Yuqoridagi vazifalarni hal etish uchun o‘quv 
    jarayonini takomillashtirish, o‘qitishning interaktiv usullaridan keng 
    foydalanish, imkon darajasida o‘quv jarayoniga yangi zamonaviy 
    texnologiyalarni tatbiq etish dolzarb vazifalardan biri bo‘lib 
    qolmoqda. Mazkur o‘quv qo‘llanmada O‘zbekiston Respublika-
    sining «Metrologiya va standartlashtirish to‘g‘risida»gi Qonuni va 
    standartlashtirish Davlat tizimi, standartlashtirishning maqsadi, 
    vazifalari, kategoriyalari, turlari va mahsulotlarni kodlashtirish
    ularni sifat ko‘rsatkichlarini boshqarishning huquqiy tamoyillari 



    to‘g‘risidagi materiallar keltirilgan. Mahsulotlar sifatini nazorat 
    qilish va standartlashtirish borasidagi bilimlar majmui mutaxas-
    sisning ish faoliyati mobaynida iqtisodiy, ekologik, ijtimoiy nuqtayi 
    nazardan mahsulot ishlab chiqarish va uni realizatsiya qilishni 
    optimal tashkil etish imkoniyatlarini yaratadi. Fanning «Standart-
    lashtirish» bo‘limi bo‘yicha talabalar standartlashtirish sohasida 
    me’yoriy texnik hujjatlar klassifikatsiyasi, ularni ishlab chiqish, 
    tahlil qilish, tasdiqlash, hisobga olish, harakatga kiritish, qayta ko‘rib 
    chiqish va qo‘shimchalar kiritish bilan bog‘liq masalalarni 
    o‘rganadi. «Sertifikatiashtirish» bo‘limida esa respublikamizning 
    sertifikatlashtirish milliy tizimi o‘rganiladi. «Sifatni boshqarish» 
    bo‘limida mahsulot sifatini va xizmat turlarini boshqarishning 
    mavjud tizimlari, bozor iqtisodiyoti sharoitiga monand standartlar 
    ishlab chiqish xususiyatlari o‘rganiladi.
    Bo‘lajak mutaxassislarning ushbu fanni o‘rganishdan ko‘zlan-
    gan asosiy maqsadlari quyidagilar: - texnik shartlar, standartlar va 
    boshqa me’yoriy texnik hujjatlar bilan ishlashni o‘rganish hamda 
    tegishli ko‘nikmalarga ega bo‘lish; - mahsulotlarning sifat 
    ko‘rsatkichlarini aniqlash, o‘lchash va sinov natijalarini qayta 
    ishlash uslublarini o‘rganish bo‘yicha amaliy tajribalar o‘tkazish; 
    - ishlab chiqarish va mahsulotlarni sotish sohasida paydo 
    bo‘lishi mumkin bo‘lgan muammolar bo‘yicha malakali qaror qabul 
    qilish uchun xizmat turlari va mahsulotning turkum sifat 
    ko‘rsatkichlaridan asosiylarini tanlay biIish, ularning ahamiyatini 
    baholay olish malakasiga ega bo‘lish;
    - mahsulot ishlab chiqarishning to‘liq siklida uning sifatini 
    boshqarish bo‘yicha nazariy bilimlarga ega bo‘lish. Mazkur fan 
    bo‘yicha olingan nazariy bilimlarni va erishilgan amaliy 
    ko‘nikmalarni talabalar o‘zlarining kelgusi ishlab chiqarish va tijorat 
    sohasidagi ish faoliyatlarida qo‘llashga qodir bo‘lishlari lozim. 

    Download 3,46 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   109




    Download 3,46 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi

    Download 3,46 Mb.
    Pdf ko'rish