(Britaniya Standartlar Instituti)




Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/109
Sana19.01.2024
Hajmi3,46 Mb.
#140836
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   109
Bog'liq
20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslari

(Britaniya Standartlar Instituti) uchinchi tomondan ro‘yxatga olish 
sxemasini joriy qildi. Bu BSIga tegishli tashkilotlarning talablariga 
muvofiq bo‘lgan kompaniyalarni ro‘yxatga olishga imkon berdi. 
Ro‘yxatga olish barcha: mavjud va kelajakdagi iste’molchilar nomidan 
sifat kafolati bo‘lib xizmat qilishi mumkin edi.
Xalqaro amaliyotda bunday holatlar ko‘p uchrab turganligi uchun 
Xalqaro Standartlashtirish Tashkilotining (ISO) 176 qo‘mitasi 1987-yili 
BS 5750 asosidagi qator standartlarni nashr qildi, bu ISO 9000 
standartlarining bazaviy seriyasi edi. 1987-yildan boshlab 9000 seriyali 
ISO standartlarini ishlab chiqish davom etdi. Yangi 9000 seriyali ISO 
standartlarini ishlab chiqish bilan bir qatorda, 1987-yil qabul qilingan 
asos bo‘luvchi standartlarni qayta ko‘rib chiqish rejalashtirildi. Qayta 
ko‘rib chiqish 1994-yil va 2000-yillarda ikki bosqichda amalga oshirildi. 
ISO 9000:2000 seriyali ISO standartlarining uchinchi tahriri bo‘lib, 
u quyidagi standartlardan iborat: 
— ISO 9000:2000 Sifat menejmenti tizimi. Asosiy qoidalar va 
lug‘at; 
— ISO 9001:2000 Sifat menejmenti tizimi. Talablar; 
— ISO 9004:2000 Sifat menejmenti tizimi. Faoliyatni yaxshilash 
bo‘yicha tavsiflar.
Ushbu standartlar O‘zbekiston Respublikasida 2002-yil Davlat 
standartlashtirish tizimida O‘z DSt ISO 9000:2002 «Sifat menejmenti 


14 
tizimi. Asosiy qoidalar va lug‘at» nomi bilan xalqaro standartlarga 
uyg‘unlashgan davlat standarti qabul qilindi.
2005-yil ISO 9000 standartining ayrim atama va ta’riflariga 
o‘zgartirishlar kiritildi va 2008-yilda ISO 9001 standarti qayta nashr 
etildi.
Hozirgi kunda ISO 9001:2008 standarti O‘z DSt ISO 9001:2009 
standarti sifatida O‘zbekistonda qabul qilingan va respublikamizda sifat 
tizimini keng darajada joriy qilishda asosiy me’yoriy hujjat sifatida amal 
qilinib kelinmoqda. 

Download 3,46 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   109




Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish