Metrologiyaning rivojlanish bosqichlari




Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/109
Sana19.01.2024
Hajmi3,46 Mb.
#140836
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   109
Bog'liq
20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslari

Metrologiyaning rivojlanish bosqichlari: O‘lchash texnikasi 
ehtimollar nazariyasi, boshqarish nazariyasi va boshqa ilmiy yo‘nalishlar 
bilan birgalikda axborot-o‘lchash, ya’ni o‘zida asosiy axborot olish 
imkonini beradigan vositalarni jamlagan (o‘lchash, nazorat qilish, 
hisoblash, tashxis, umumlashtirish va tasvirlarni aniqlash) texnikasining 
rivojiga asos bo‘ldi. Qo‘yilgan muammolar, ularni yechish usullari va 
olingan natijalarning turliligidan qat’i nazar, axborot olish mobaynida 
asosiy o‘lchash, ya’ni qayta ishlash, qabul qilish va biror jarayon yoki 
manba haqidagi ma’lumotni tasavvur qilish amallarini bajarish ko‘zda 
tutiladi. Xulosa sifatida metrologiyaning rivojlanish tarixiga nazar 
tashlasak, quyidagi muhim bosqichlarni keltirishimiz mumkin: 


16 
– 1791-yilda metr etaloni Fransiyada qabul qilinishi (1 metr Yer 
meridiani uzunligining 4x10
– 7
bo‘lagiga teng qilib olinganligi); 
– 1875-yilda Parijda 17 davlat tomonidan Xalqaro konvensiyani 
qabul qilinishi (bu esa mavjud metrik sistemaning takomillashtirishga 
qaratilgan bo‘lib, metr o‘lchov birligiga asos soladi); 
– 1893-yilda Rossiyada D.M. Mendeleev tomonidan o‘lchov va 
og‘irlik (tarozi) Bosh palatasining tashkil etilishi; 
– 1931-yilda Leningrad shahrida o‘lchov va tarozi Bosh palatasi 
asosida D.M. Mendeleev nomidagi Butunittifoq metrologiya ilmiy 
tadqiqot institutining tashkil topishi; 
– 1960-yilda Xalqaro birliklar tizimi (SI) ning qabul qilinishi. Bu 
tizim bo‘yicha 1 metr vakuumda to‘lqin uzunligining 1650763,73 teng 
qilib olinishi (Kriptonni etalon metri); 
– 1983-yilda metrni qabul qilishda yorug‘likning vakuumda 
1/299792458 bir sekundda o‘tgan yo‘liga teng qilib qabul qilinishi
– 1993-yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
huzurida O‘zbekiston davlat Standartlash, metrologiya va sertifikatsiya 
markazi (O‘zdavstandart) tashkil etildi; 
– 2002-yilda O‘zbekiston davlat standartlash, metrologiya va 
sertifikatsiya markazi O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va 
sertifikatlashtirish (“O‘zstandart”) agentligiga aylantirildi.
Bugungi kunda ham olimlarimiz o‘lchash nazariyasi va texnikasi 
rivoji ustida tinimsiz ilmiy izlanishlar olib borishmoqda. 

Download 3,46 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   109




Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish