13
Bu standartlar, shuningdek, NATO doirasida qo‘llaniladigan AQAR
(Sifatni ta’minlash bo‘yicha birlashgan materiallar) nomi ostida ma’lum
bo‘lgan standartlar to‘plamlari uchun asos qilib olingan.
Vaqt o‘tishi bilan sifat standartlariga aniq zaruriyat harbiy sanoat
doirasidan tashqarida ham paydo bo‘la boshladi. Shuning uchun ham BS
4891 va BS 5179 Britaniya standartlari joriy qilindi. Ular, asosan, amaliy
rahbar hujjatlariga o‘xshash bo‘lib, shartnomalar bo‘yicha
talablar
sifatida qo‘llanila olmasdi. AQAR standartlari harbiy talablar bilan
bog‘liq bo‘lganligi sababli ularni ham qo‘llash mumkin,
deb hisoblash
qiyin edi.
Bu muammo o‘z yechimini 1979-yilda topdi, shu yili uch qismdan
(1, 2, 3) iborat bo‘lgan BS 5750 standarti nashr qilindi.
Ular bir-biriga
o‘xshash va subyektiv edi hamda qo‘shimcha tushuntirishlar,
shuningdek,
standartlarni
qo‘llash
bo‘yicha
ma’lumot
bo‘lgan
qo‘shimcha qismlarni (4, 5, 6) talab qilardi.
BS 5750 iste’molchilar va ta’minotchilar
tomonidan shartnoma
tuzish holatlarida qo‘llanilardi. Ammo bunga qo‘shimcha ravishda,
BSI