• “bug‘doy doni
  • Metrologiya faoliyatining tarixi




    Download 3,46 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/109
    Sana19.01.2024
    Hajmi3,46 Mb.
    #140836
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   109
    Bog'liq
    20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslari

    Metrologiya faoliyatining tarixi. O‘lchashlar haqidagi fanning tarixi 
    minglab yillarni tashkil etadi. O‘lchashlarga bo‘lgan ehtiyoj qadim 
    zamonlarda yuzaga kelgan. Inson kundalik hayotida har xil kattaliklarni: 
    masofalarni, yer maydonlarining yuzalarini, jismlarning o‘lchamlari va 
    massalarini, vaqtni va hokazolarni bu jarayonlarning yuzaga kelish 
    sabablarini, manbalarini bilmasdan, o‘zining sezgisi va tajribasi asosida 
    o‘lchay boshlagan. 



    Eng qadimgi o‘lchash birliklari - antropometrik, ya’ni insonning 
    muayyan a’zolariga muvofiqlikka yoki moyillikka asoslangan holda 
    kelib chiqqan o‘lchash birliklari hisoblanadi. Masalan: Ladon - bosh 
    barmoqni hisobga olmaganda qolgan to‘rttasining kengligi; fut - oyoq 
    tagining uzunligi; pyad - yozilgan bosh va ko‘rsatkich barmoqlar 
    orasidagi masofa, qarich, quloch, qadam va hokazolar. 
    Asrlar o‘ta bizga yetib kelgan ba’zi o‘lchov birliklari hozirda ham 
    ishlatiladi. Masalan, qadimgi janubi-sharqda loviya doni”, “no‘xot-
    chama’nosini bildirgan, turli qimmatbaho toshlarning o‘lchov birligi 
    sifatida ishlatilgan - KARAT: dorishunoslikda og‘irlik birligi qilib 
    qo‘llanilayotgan, ingliz, fransuz, lotin va ispan tillarida “bug‘doy doni” 
    ma’nosi bildiruvchi -GRAN va hokazolar. 
    Ba’zi bir tabiiy o‘lchovlar ham uzoq o‘tmishga ega. Ularning 
    dastlabkilaridan biri, hamma yerda ishlatiladigan vaqt o‘lchovlaridir. 
    Munajjimlarning ko‘p yillik kuzatishlari natijasida qadimgi Vavilonda 
    vaqt birligi sifatida yil, oy, soat tushunchalari ishlatilgan. Keyinchalik 
    Yerning o‘z o‘qi atrofida to‘la aylanishiga ketgan vaqtning 1/86400 
    qismi sekund nomini olgan. Qadimgi Vavilonliklar bizning eramizgacha 
    bo‘lgan II asrdayoq vaqtni Minalarda o‘lchashgan. Mina taxminan ikki 
    astronomik soat vaqt oralig‘iga teng bo‘lib, bu vaqt mobaynida 
    Vavilonda rasm bo‘lgan suv soatidan massasi taxminan 500 grammga 
    teng bo‘lgan “mina suv” oqib ketgan. Keyinchalik mina o‘zgarib, biz 
    o‘rganib qolgan minutga aylandi. 
    Vaqtlar o‘tishi bilan suv soatlari o‘z o‘rnini qum soatlariga, ular ham 
    vaqti kelib mayatnikli mexanizmlarga bo‘shatib berdilar.
    Insoniyat taraqqiyoti rivojlanishining ilk davrlaridanoq “moddiy” 
    o‘lchashlar va o‘lchov birliklarining katta ahamiyatini tushunib bilganlar. 
    Vaqt o‘tishi bilan savdo-sotiq va o‘zaro iqtisodiy aloqalarning 
    rivojlanishi mobaynida o‘lchovlarga aniqlik kiritish, yangilarini hosil 
    qilish, o‘zaro solishtirish va qiyoslash usullari shakllanib, o‘nlab yangi 
    va mukammalroq o‘lchash birliklari hosil bo‘la boshlagan. Asta-sekin 
    xalqaro, davlatlararo o‘lchash birliklari ta’sis etilgan. 
    Fan va texnikaning rivojlanishi har xil fizikaviy kattaliklarning 
    o‘lchamlarini muayyan o‘lchovlarga qiyoslab kiritishni taqozo eta 
    boshladi. Bunday faoliyat jarayoni va rivojlanishi davomida o‘lchashlar 
    haqidagi fan, ya’ni metrologiya yuzaga keldi. 
    Ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishi o‘lchash vositalari 
    va usullarini mukammallashtirishni talab eta boshladi. O‘lchashlar 



    nazariyasi hamda vositalarining rivojini aniqlab bergan texnika 
    yutuqlarining uchta asosiy bosqichini ajratib ko‘rsatish mumkin: 
    − ishlab chiqarish jarayonida qatnashadigan va stanoklarga 
    biriktirilgan o‘lchash vositalarining yaratilishini talab qiluvchi texno-
    logik bosqich (manufaktura va mashina ishlab chiqarishning yuzaga 
    kelishi); 
    − ishlab chiqarish jarayonlarini kuchaytirish sharoitida foydala-
    nilayotgan o‘lchash vositalarining aniqligi, ishonchliligi va unum-
    dorligini keskin oshirishni talab qiluvchi energetik bosqich (bug‘ 
    energiyasini ishlatish, ichki yonuv dvigatellarining yuzaga kelishi, elektr 
    energiyasini ishlab chiqarish va ishlatish); 
    − zamonaviy fan yutuqlarining barchasini o‘lchash vositalarining 
    tarkibiga kiritishni talab qilgan ilmiy-texnikaviy inqilob (fanni ishlab 
    chiqarish bilan bog‘lash va uni bevosita ishlab chiqaruvchi kuchga 
    aylantirish) bosqichi. Bu bosqichning alohida xususiyatlaridan biri 
    obyektlar va jarayonlar holatini muayyan parametrlar yordamida 
    umumiy baholovchi o‘lchash tizimlarini yaratish bo‘lib, olingan 
    natijalarni bevosita texnik tizimlarni avtomatik boshqarish uchun 
    foydalanishdan iboratdir. 
    Amaliyot juda keng ko‘lamdagi fizikaviy kattaliklar qiymati, 
    ko‘pincha juda tez (sekundning milliarddan bir ulushlarida), yuqori 
    aniqlikda (xatolik o‘lchanayotgan qiymatning 10% idan kichik) va 
    nafaqat inson sezgi organlari to‘g‘ri ilg‘ay olmaydigan, balki hayot 
    uchun sharoit bo‘lmagan holatlarda ham aniqlashni talab qiladi. Shu 
    kunlarda fanga yo‘zdan ortiq har xil fizikaviy kattaliklar ma’lum bo‘lib, 
    ularning 70 dan ortig‘ini o‘lchash mumkin. Hozirgi kunlarda fan va 
    texnikaning rivojlanishi tufayli ilgari o‘lchab bo‘lmaydi deb hisoblangan 
    kattaliklarni o‘lchash va baholash imkoni yaratilmoqda. Masalan, Sankt-
    Peterburg aloqa instituti olimlari hidni o‘lchash borasida birmuncha 
    yutuqlarni qo‘lga kiritganlar. Bu xususda buyuk italiyalik olim Galileo 
    Galileyning quyidagi so‘zlarini eslab o‘tish o‘rinli bo‘ladi: «O‘lchash 
    mumkin bo‘lganini o‘lchang, mumkin bo‘lmaganiga esa imkon 
    yarating». Kondensatorning elektr sig‘imi, nurlanish oqimi, erigan 
    metallning temperaturasi va atomning magnit maydoni kuchlanganligi 
    kabi 
    kattaliklarni 
    maxsus 
    texnikaviy 
    vositalar 
    — o‘lchash 
    o‘zgartirkichlari, asboblari va tizimlaridan foydalanmasdan o‘lchashni 
    amalga oshirish mumkin emas. Bularning hammasi ongimiz, 
    hayotimizga shunchalik singib ketganki, aksariyat hollarda biz ularning 



    atrofimizda mavjud ekanligini sezmaymiz. Hamma joyda: uy-ro‘zg‘or va 
    ishlab chiqarish, dala va kasalxona, avtomobil va ilmiy laboratoriyada 
    ular bizning beg‘araz va tengsiz yordamchilarimizdir. 

    Download 3,46 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   109




    Download 3,46 Mb.
    Pdf ko'rish