Sifatni boshqarish fazasi




Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/109
Sana19.01.2024
Hajmi3,46 Mb.
#140836
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   109
Bog'liq
20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslari

Sifatni boshqarish fazasi. Mazkur rivojlanish fazasi XX asrning 20-
yillaridan boshlanadi. Uning asosiy maqsadi — oldingi faza shakllariga 
xos nomutanosibliklarni garchand butkul bartaraf etilmasa ham, 
salmog‘ini kamaytirish talab etilgan.
1924-yilning may oyida «Vestern Elektrik» firmasining (AQSH) 
texnik nazorat bo‘limi xodimi V.Shuxart sifatni boshqarishda statistik 
usullarga asoslangan nazorat xaritalarini qo‘llash taklifini ishlab chiqdi.
1930-yillarda buyumlar sifati muammolarini hal qilish uchun 
butunjahon ishlab chiqarish amaliyoti ishchilari, nazoratchi va 
menejerlarining birgalikda faoliyat olib borish g‘oyasi ishlab chiqildi. 
Mahsulot sifatini oshirishda asosiy omillardan biri «ishchilar hayoti», 
ya’ni ishlab chiqarish xodimlarining sifat shartlari tashkil topa boshladi.


12 
XX asrning 2-yarmida rivojlangan mamlakatlar iqtisodiy hayotida 
aholi hayotiy ehtiyojlarini qondirish borasida, mahsulot sifatini 
ta’minlash talabchan raqobatchilik asosida kompaniyalarni siqib 
chiqarish (sindirish) omillaridan biri bo‘lib qoldi. 1950-yillarda A. 
Feygenbaum yalpi sifatni boshqarish (TQC — Total Quality Control) 
mazmun va mohiyatini shakllantirib, 1960-yillarda korxonani boshqarish 
sohasida yangi falsafa yaratilishiga asos soldi. 
Bu vaqtda sifatni boshqarish sohasida amerikalik mutaxassis I. 
Yuran mahsulot sifati ko‘rsatkichi sifatida nuqsonsizlik g‘oyasini ilgari 
surgan. Zamonaviy sifat falsafasining shakllanishida Edvards Deming 
tomonidan 1950-yilda olg‘a surilgan sifat menejmenti dasturi asos bo‘lib 
hisoblanadi. Mazkur dastur 1992-yilgacha keng miqyosda joriy etilgan.
1976-yilda yaponiyalik mashhur mutaxassis K. Isikava o‘zining 
ishida sifat muammolarini yechish uchun sabab-oqibat diagrammas
qurish usulini qo‘llash taklifini ishlab chiqdi. Ayni shu davrda mashhur 
yapon olimi G. Taguti mahsulotni loyihalashtirish bosqichida optimal 
qarorlar qabul qilish yo‘li bilan mahsulot sifatini ta’minlash usuli va 
g‘oyasini ilgari surib, buni o‘zining ishlarida batafsil tavsiflab bergan.
1980-yil oxirlarida yalpi sifat menejmenti (TQM — Total Quality 

Download 3,46 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   109




Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish