• "O‘zstandart"
  • Metrologiyaga oid faoliyatni boshqarish




    Download 3,46 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet15/109
    Sana19.01.2024
    Hajmi3,46 Mb.
    #140836
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   109
    Bog'liq
    20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslari

    1.7. Metrologiyaga oid faoliyatni boshqarish. 
    Metrologiyaga oid faoliyatni davlat tomonidan boshqarishni 
    metrologiya bo‘yicha milliy organ – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
    Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Davlat standartlash, metrologiya va 
    sertifikatsiya agentligi "O‘zstandart" amalga oshiradi. 
    O‘zbekiston Respublikasida Xalqaro o‘lchamlar tizimi (SI)ning fizik 
    o‘lcham birliklarini belgilangan tartibda qo‘llashga yo‘l qo‘yiladi. Fizik 
    o‘lcham birliklarining nomi, belgisi, ularni yozish va qo‘llash qoidalari 
    "O‘zstandart" agentligining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston 
    Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. 
    Tashqi savdo faoliyatini amalga oshirish chog‘ida, kontrakt 
    shartlariga muvofiq, fizik o‘lchamlarning o‘zga birliklari ham ishlatilishi 
    mumkin. Fizik o‘lchamlarning birliklari etalonlar vositasida saqlanadi va 
    qayta tayyorlanadi. 
    Foydalanishda bo‘lgan o‘lchov vositalari o‘lchov natijalarining 
    qonunlashtirilgan birliklarda belgilab qo‘yilgan aniqlikda bo‘lishini 
    ta’minlashi va qo‘llash shartlariga mos kelishi lozim. 
    O‘lchovlarni 
    bajarish 
    uslubiyatlari 
    o‘lchov 
    natijalarining 
    xatoliklarini baholashni o‘z ichiga olishi va o‘lchov o‘tkazishning 
    mavjud sharoitlarida belgilab qo‘yilgan aniqlikni ta’minlashi lozim. 
    O‘lchovlar belgilangan tartibda attestatsiya qilingan, o‘lchovlarning 
    bajralish uslubiyatlariga muvofiq holda amalga oshirilishi lozim. 
    O‘zbekiston Respublikasi metrologiya xizmati, davlat metrologiya 
    xizmatidan va yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlaridan tahkil 
    topadi. Davlat metrologiya xizmati organlari davlat metrologiya 
    tekshiruvi va nazoratini, shuningdek faoliyatning boshqa turlarini 
    amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi. 
    Yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari zarurat bo‘lgan 
    hollarda o‘lchovlarning yagona birligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni 
    bajarish va metrologiya nazoratini amalga oshirish uchun tuziladi. 
    Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati davlat metrologiya 
    xizmati organlari tomonidan metrologiya normalari va qoidalariga rioya 
    etilishini tekshirish maqsadida amalga oshiriladi. 

    Download 3,46 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   109




    Download 3,46 Mb.
    Pdf ko'rish