22
o metrologiya sohasida rasmiy axborotlar bilan ta’minlash;
o metrologiya bo‘yicha xalqaro, mintaqaviy tashkilotlarning ishida
qatnashish va metrologiya bo‘yicha chet el milliy xizmatlari bilan ishlar
bajarish;
o metrologiya sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqish;
o metrologiya bo‘yicha umumdavlat ahamiyatiga molik ilmiy-
tadqiqot va o‘zga ishlarni o‘tkazish;
o
o‘lchovlarning yagona birligini ta’minlashga doir "O‘zstandart"
agentligi tomonidan tasdiqlanadigan normativ
hujjatlarni ishlab chiqish;
o fizik o‘lcham birliklarining etalonlarini va o‘ta aniq namunaviy
o‘lchov vositalarini ishlab chiqish,
takomillashtirish, yasash, saqlash,
qo‘llash, sotib olish va asrash, shuningdek ularning xalqaro darajada
solishtirilishini ta’minlash;
o davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratiga
doir ishlar albatta
byudjetdan moliyaviy ta’minlanishi shart.
Qonunda metrologiya sohasidagi atamalar va ta’riflar, davlat
boshqaruv vakolatli idorasining faoliyat sohasi,
fizik kattaliklarning
birliklari,
ularni
qayta
tiklash
va
qo‘llanish,
O‘zbekiston
Respublikasining metrologik xizmatlari, davlat metrologik tekshiruv va
nazorati, metrologiya bo‘yicha ishlarni moliyalashtirish belgilangan.
O‘lchashlar birliligi o‘lchash holati sifatida belgilangan.
Bunda
o‘lchash natijalari qonunlashtirilgan birliklarda ifodalanadi va
o‘lchashlarning xatoliklari belgilangan ehtimollik bilan berilgan.
Nazorat savollari
1. Mеtrologiya fani nimalarni o‘rganadi?
2. Standartlashtirish fani nimalarni o‘rganadi?
3. Sеrtifikatlashtirish haqida nimalarni bilasiz?
4. Vazirlar Mahkamasining 2-mart 1992-yil №93 "O‘zbеkiston
Rеspublikasida standartlashtirish bo‘yicha
ishlarni tashkil qilish
to‘g‘risida" gi qarori nima haqidaligini tushuntiring?
5. “O‘zstandart agеntligi” tarkibiga qanday tashkilotlar kiradi?
6. Rеspublikamizda standartlashtirish ishlarining huquqiy asoslari
bo‘lib qaysi qonun va qarorlar xizmat qiladi?
7. Rеspublikamizda mеtrologiya ishlarining huquqiy asoslari
bo‘lib qaysi qonun va qarorlar xizmat qiladi?
8. Rеspublikamizda sеrtifikatlashtirish ishlarining huquqiy asoslari
bo‘lib qaysi qonun va qarorlar xizmat qiladi?