24
vositasi sifatida foydalangan. Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra knyaz davriy
ravishda bozor rastalarini oralab yurib, turli mato sotuvchilarining
o‘lchovlarini kamari bilan taqqoslab turgan. Agar ular orasidagi tafovut
belgilanganidan ortib ketsa, sotuvchi shafqatsiz jazolangan.
Italiyada ham bu borada muayyan tartib belgilangan edi (o‘rta
asrlarda). Cherkov va butxonalarda aniq sondagi marvarid donalari
saqlanib, ulardan sochiluvchan (dispers)
moddalarning hajm va massa
birliklarini hosil qilishda foydalanganlar.
Vaqt o‘tishi bilan savdo – sotiq va o‘zaro iqtisodiy aloqalarning
rivojlanishi mobaynida o‘lchovlarga aniqlik kiritish, yangiliklarini hosil
qilish, o‘zaro solishtirish va qiyoslash usullari shakllanib, о’nlab yangi
va mukammalroq o‘lchash birliklari hosil bo‘la boshlagan. Asta – sekin
xalqlararo, davlatlararo o‘lchash birliklari ta’sis etilgan (Yer
meridianining qirq milliondan bir ulushi bo‘yicha – «metr», bir kub
detsimetr suvning harorati +4
0
C bo‘lgandagi massasi – «kilogramm» va
hokazolar).
Fan va texnikaning rivojlanishi har xil kattaliklarning o‘lchamlarini
muayyan o‘lchovlarga qiyoslab kiritishni taqozo eta boshladi. Bunday
faoliyat jarayoni va rivojlanishi davomida o‘lchashlar haqidagi fan, ya’ni
metrologiya yuzaga keldi.
Hozirda metrologiya sohasi
yanada tez rivojlanmoqda, chunki
sanoatning rivojlanishi, hozirgi zamon talablarining bajarilishi nazorat –
o‘lchash asboblariga bog‘liqdir.
O‘lchash texnikasini yanada mukammallashtirish vazifalari
zamonaviy
avtomatik
va
hisoblash
texnikasining,
texnologik
jarayonlarining yangi yutuqlarini qo‘llashga asoslanadi.
Xulosa sifatida metrologiyaning rivojlanish tarixiga nazar tashlasak,
quyidagi muhim bosqichlarni keltirishimiz mumkin:
– 1791-yilda metr etaloni Fransiyada qabul qilinishi (1 metr Yer
meridiani uzunligining 4x10
– 7
bo‘lagiga teng qilib olinganligi);
– 1875-yilda Parijda 17 davlat tomonidan Xalqaro konvensiyani
qabul qilinishi (bu esa mavjud metrik sistemaning takomillashtirishga
qaratilgan bo‘lib, metr o‘lchov birligiga asos soladi);
– 1893-yilda Rossiyada D.M. Mendeleyev tomonidan o‘lchov va
og‘irlik (tarozi) Bosh palatasining tashkil etilishi;
– 1931-yilda Leningrad shahrida o‘lchov va tarozi Bosh palatasi
asosida D.M. Mendeleyev nomidagi Butunittifoq
metrologiya ilmiy
tadqiqot institutining tashkil topishi;
25
– 1960-yilda Xalqaro birliklar tizimi (SI) ning qabul qilinishi. Bu
tizim bo‘yicha 1 metr vakuumda to‘lqin uzunligining 1650763,73 ga
teng qilib olinishi (Kriptonning etalon metri);
– 1983-yilda metrni qabul qilishda yorug‘likning vakuumda
1/299792458 bir sekundda o‘tgan yo‘liga teng qilib qabul qilinishi;
– 1993-yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
huzurida O‘zbekiston davlat Standartlash, metrologiya va sertifikatsiya
markazi (O‘zdavstandart) tashkil etildi;
– 2002-yilda O‘zbekiston
davlat standartlash, metrologiya va
sertifikatsiya markazi O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va
sertifikatlashtirish (“O‘zstandart”) agentligiga aylantirildi.
Bugungi kunda ham olimlarimiz o‘lchash nazariyasi va texnikasi
rivoji ustida tinimsiz ilmiy izlanishlar olib borishmoqda.
Eng qadimgi o‘lchash birliklari – antropometrik, ya’ni insonning
muayyan a’zolariga muvofiqlikka yoki moyillikka asoslangan holda
kelib chiqqanligi haqida yuqorida ma’lumotlar berib o‘tilgan edi.
Ko‘pchilik xalqlarda, shu jumladan bizning xalqimizda ham uzunlik
o‘lchovi sifatida inson tanasining biron
qismiga moslikka asoslangan
o‘lchash birliklari qo‘llanilgan. Masalan, barmoq, gaz, tutam, qarich,
quloch, fut, dyuym kabilar.
Quyida ayrim birliklarning ta’rifini keltirib o‘tamiz:
Barmoq – o‘rta barmoqning eniga mos uzunlikdir (ba’zida
angusht
deb ham yuritiladi).
Gaz deb ataluvchi uzunlik birligi uch usulda aniqlangan:
1) uzatilgan qo‘l barmoqlarining uchidan qo‘l yelkasigacha bo‘lgan
masofa;
2) yon tomonga uzatilgan qo‘l barmoqlarining uchidan ko‘krak
o‘rtasigacha yoxud burun uchigacha bo‘lgan masofa;
3) yon tomonga uzatilgan qo‘l barmoqlarining uchidan ikkinchi
yelkagacha bo‘lgan masofa.
Dyuym – golland tilida
katta barmoq degan ma’noni anglatadi, bu
birlik asosan Rossiya, G‘arb mamlakatlarida ishlatilgan.
Milya – lotin tilida
ming qadam degan ma’noni bildiradi, bu birlik
Rossiya, Angliya, AQSH mamlakatlarida, xalqaro dengizchilik ishlarida
qo‘llanilgan.
Farsax – yo‘l uzunligini o‘lchashda Sharq mamlakatlarida, xususan
O‘rta Osiyoda keng qo‘llanilgan birlik (ba’zida
farsang,
sang,
tosh deb
ham yuritilgan)
26
Tanob – ekin maydonlarini o‘lchashda O‘rta
Osiyoda keng
qo‘llanilgan, tomonlarining uzunligi 60 gazdan bo‘lgan kvadratning
yuziga teng.
Barrel – asosan xalqaro savdo ishlarida neft mahsulotlarining
hajmini o‘lchashda qo‘llanilgan.
Barrel so‘zi ingliz tilidan olingan
bo‘lib,
bochka degan ma’noni bildiradi.
Suv sarfini o‘lchashda qo‘llaniladigan o‘lchov va o‘lchash birliklari
o‘ziga xos nomlanishga ega. Masalan, «quloq» (11,5 l/s), «tegirmon» (1
T = 5 quloq = 57 – 58 l/s) singari o‘lchash birliklari bunga misol bo‘la
oladi.
Massani o‘lchash uchun bir narsaning massasi ikkinchi narsaning
massasi bilan solishtirilgan, bunda asosan don (arpa (0,041 g), bug‘doy,
no‘xat (0,18 – 0,20 g) va meva (danak, yong‘oq va h.k.) donalaridan
foydalanilgan (batafsilroq ma’lumotlar quyida berilgan 2.1, 2.2, 2.3 va
2.4-jadvallarda keltirilgan).