• Massa birligi – Kilogramm
  • Uzunlik va Masofa birligi - Metr




    Download 3,46 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet25/109
    Sana19.01.2024
    Hajmi3,46 Mb.
    #140836
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   109
    Bog'liq
    20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslari

    Uzunlik va Masofa birligi - Metr.
    1889-
    yildan boshlab metr ta’rifi Platina-Iridiy asosidagi 
    xalqaro etalonga asoslangan edi. Lekin uni, 1960-
    yilda 11 – O‘TXK, Kripton-86 atomining 
    vakuumdagi nurlanishining to‘lqin uzunligiga 
    muvofiq keluvchi ta’rifi bilan almashtirdi. Bu 
    o‘zgarish metrni aniqlashni takomillashtirish, natijaning aniqligini 
    oshirish maqsadida amalga oshirilgan bo‘lib, u Kripton-86 atomining 
    2P10 va 5d5 sathlariaro o‘tishiga muvofiq keladigan vakuumdagi 
    nurlanishning 1650763,73 to‘lqin uzunligiga teng ekanligi belgilangan 
    edi. Bu ta’rif ham O‘TXKning 17-Bosh konferensiyasida, (1983, 
    Rezolyutsiya 1, CR-97 va Metrologia, 1984, 20, 25) quyidagi yangisi 
    bilan almashtirildi: 
    Bundan ma’lum bo‘ladiki, yorug‘lik vakuumda soniyasiga 
    299792458 metr/soniya tezlik bilan harakatlanar ekan.
    Metrning 1889-yilda 1-O‘TXQ (CR, 34-38) tomonidan rasman 
    tasdiqlangan asl etaloni hali hamon O‘TXQ idorasida, 1889-yilda 
    belgilangan sharoitlarda saqlanmoqda.
    Metr – yorug‘likning vakuumda soniyaning 1/299792458 qismida 
    bosib o‘tadigan masofasiga teng 


    35 
     Massa birligi – Kilogramm 
    Platina–Iridiy qotishmasidan tayyor-
    langan tarixiy artefakt – Xalqaro Kilogramm 
    etaloni, 1889-yildagi 1-O‘TXK (CR, 34-38) orqali bunday e’lon 
    qilingan:  
    Ushbu namuna etalon, bundan buyon massa birligining asosi bo‘ladi.
    3-O‘TXK (1901-yil, CR, 70) deklaratsiya orqali «vazn» so‘zining 
    ikki ma’noli talqin qilinishiga chek qo‘yish maqsadida quyidagi tasdiqni 
    qabul qildi: 
    Bundan kelib chiqadiki, xalqaro kilogramm etalonining massasi 
    doimo aniq 1 kilogrammga teng: m(K)=1 kg. Lekin, doimiy muqarrar 
    bo‘lgan hodisa – yuza qismida chang to‘planishi natijasida, Xalqaro 
    kilogramm etaloni oldini olib bo‘lmaydigan sirt ifloslanishi tufayli yiliga 
    1 μg vazn ortishiga uchramoqda. Shu sababli O‘TXI, xalqaro etalon 
    massasining keyingi tadqiqotlar uchun qiymatini, tasdiqlangan usulda 
    (PV, 1989, 57, 104-105 va PV, 1990, 58, 95-97) yuvib tozalangandan 
    so‘ng, Platina-Iridiy qotishmasi etalon namunasining aniqlangan yangi 
    qiymati bilan Milliy standartlarni muvofiqlashtirishni (kalibrovka 
    qilishni) amalga oshiradi. (Metrologia, 1994, 

    Download 3,46 Mb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   109




    Download 3,46 Mb.
    Pdf ko'rish