|
Etalon (o‘lchashlar shkalasi yoki birligi etaloni)Bog'liq 20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslariEtalon (o‘lchashlar shkalasi yoki birligi etaloni) – kattalikning
o‘lchamini qiyoslash sxemasi bo‘yicha quyi vositalarga uzatish
maqsadida shkalani yoki kattalik birligini qayta tiklash va (yoki) saqlash
uchun mo‘ljallangan va belgilangan tartibda etalon sifatida tasdiqlangan
o‘lchashlar vositasi yoki o‘lchash vositalarining majmui.
Birlamchi etalon – birlikni mamlakatda (shu birlikni boshqa
etalonlariga nisbatan) eng yuqori aniqlik bilan qayta tiklanishini
ta’minlaydigan etalon.
Maxsus etalon – birlikning alohida sharoitlarda qayta tiklanishini
ta’minlaydigan va bu sharoitlar uchun birlamchi etalon bo‘lib xizmat
qiladigan etalon.
Davlat etaloni – davlat hududida ushbu kattalikning boshqa barcha
etalonlari bilan qayta tiklanadigan, birliklarning o‘lchamlarini aniqlash
uchun asos sifatida xizmat qilishi vakolatli davlat idorasining qarori bilan
tan olingan etalon.
Ikkilamchi etalon – birlikning o‘lchamini mazkur birlikning
birlamchi etalonidan oladigan etalon.
Nusxa – etalon – birlikning o‘lchamini ishchi etalonlarga uzatish
uchun mo‘ljallangan ikkilamchi etalon.
Ishchi etalon – birlikning o‘lchamini ishchi o‘lchash vositalariga
uzatish uchun mo‘ljallangan etalon.
Xalqaro etalon – milliy etalonlar bilan qayta tiklanadigan va
saqlanadigan birliklar o‘lchamlarini muvofiqlashtirish uchun xalqaro
kelishuv bo‘yicha xalqaro asos sifatida qabul qilingan etalon.
Milliy etalon – mamlakat uchun boshlang‘ich etalon sifatida xizmat
qilishi rasmiy qaror bilan tan olingan etalon.
O‘lchashlar birligi – o‘lchash natijalari rasmiylashtirilgan
kattaliklar birliklarida ifodalangan va o‘lchashlar xatoligi berilgan
ehtimollik bilan belgilangan chegaralarda joylashgan o‘lchashlar holati.
O‘lchashlar birliligini ta’minlash – O‘BT Qonunlar, shuningdek
o‘lchashlarning birliligini ta’minlashga qaratilgan davlat standartlari va
boshqa me’yoriy hujjatlarga muvofiq o‘lchashlar birliligiga erishish va
saqlashga qaratilgan metrologik xizmatlar faoliyati.
|
| |