34
o‘lchamlariga ko‘ra, Ω=m2∙kg∙s‒3∙A‒2 tenglama orqali ifodalanadi.
Shunga qaramay, SI ning istalgan birligini amalda keltirib chiqarish
uchun, fizika qonunlari doirasidagi har
qanday usuldan foydalanish
mumkin. Masalan, qarshilik birligi om uchun, O‘TXI ning tavsiyasiga
ko‘ra, Hall kavnt effektini qo‘llash
va fon Klitsing doimiysidan
foydalanish orqali yuqori darajadagi aniqlik bilan amaliy keltirib
chiqarilishi mumkin (1-ilovaga qarang).
Shuni doimo e’tiborga olish kerakki, garchi asosiy fizik kattaliklar –
uzunlik, massa, vaqt, tok kuchi, harorat, modda miqdori va yorug‘lik
kuchi, shuningdek, ularning o‘lchov birliklari – metr, kilogramm, soniya,
amper, kelvin, mol, hamda, kandelalar – kelishuvga ko‘ra,
amalda bir-
biridan o‘zaro mustaqil deb qaralsa hamki, aslida ular o‘zaro
chambarchas bog‘liqlikka egadirlar. Xususan, metrning o‘lchami soniya
orqali keltirib chiqariladi; amperning o‘lchami metr,
kilogramm va
soniya orqali; mol esa kilogramm orqali; hamda, kandela metr,
kilogramm va soniya orqali keltirib chiqariladi.