36
larning ko‘rsatishicha, yerning aylanish jarayoni nodavriy o‘zgarishlar
bilan
kechishi tufayli, yuqoridagi ta’rif qoniqarli bo‘lmay qoldi. Vaqt
birligini yanada aniq belgilash uchun 11 - O‘TXK (1960-yil, 9-rezo-
lyutsiya, CR, 86) Xalqaro Astronomiya Ittifoqining 1900-chi tropik yilga
asoslanib taklif qilgan ta’rifini qabul qildi. Biroq, tajribalar shuni
ko‘rsatdiki, atom yoki molekulaning ikki energetik sathlararo o‘tishiga
asoslangan Atom vaqti standarti yanada aniqroq
va tushunarli amaliy
keltirib chiqarilishi mumkin ekan. Fan va texnika uchun vaqtning o‘ta
aniq ta’rifi zarurligini inobatga olib, 13 – O‘TXK (1967/68, 1-rezo-
lyutsiya, CR, 103 va
Metrologia, 1968,
4, 43) soniyaning ta’rifini
quyidagicha belgiladi:
Bundan kelib chiqadiki, Seziy-133 atomining standart holatdagi o‘ta
nozik parchalanishi aniq 9 192 631 770 Gersga teng.
V (
hfs Cs)=9 192
631 770 Gers. 1997-yildagi O‘TXI yig‘ilishida quyidagicha tasdiqlandi:
Ushbu ta’rif Seziy-133 atomining tinch holati va 0°K sharoit uchun.
Bu izoh, SI tizimiga ko‘ra, soniyaning ta’rifi, Seziy-133
atomining
tinch holati, ya’ni tashqi radiatsion ta’sirlarga uchramagan, hamda,
mutlaq qora jism tomonidan qo‘zg‘atilmagan va 0° Kelvin termodinamik
haroratdagi holatiga asoslanganligini ta’kidlash maqsadida qo‘shib
qo‘yildi. Shunga ko‘ra, Vaqt va Chastota konsultativ qo‘mitasining
1999-yildagi
bayonotiga asosan, Chastotaga asoslangan barcha asosiy
chastotaviy
standartlar, tashqi radiatsiya ta’sirini inobatga olgan holda
o‘zaro muvofiqlashtiriladi.