47
Energetik ravshanlik
vatt taqsim
metr kvadrat-
steradian
Vt/(m2∙sr)
m2∙m‒2∙kg∙s‒3=
=kg∙s‒3
Konsentratsion
katalitik
faollik
katal taqsim
metr kub
kat/m3
m‒3∙ s‒1∙mol
O‘lchamsiz birliklar, yoki, bir o‘lchamli birliklar. Ayrim fizik
kattaliklar, aynan bir turkumdagi ikki fizik kattaliklaring o‘zaro
nisbatlaridan keltirib chiqarilgan bo‘lib, shuning uchun o‘lchamlikka ega
bo‘lmaydi, yoki, o‘lchamligi birga teng bo‘ladi.
Barcha o‘lchamsiz kattaliklar yoki, o‘lchamligi birga teng bo‘lgan
kattaliklardan keltirib chiqarilgan kogerent hosilaviy birliklarining
o‘lchamliklari ham birga tengdir, chunki, ular aynan bir turkumdagi fizik
kattalikdan hosil qilinadi. Bunday kattaliklarning son qiymatlarini
ifodalshda, ularning 1 belgisini yozmasdan, qiymatining o‘zini
yozilaveradi. Bunday kattaliklarga misol sifatida, sindirish ko‘rsatkichi,
nisbiy magnit singdiruvchanlik va ishqalanish
koefitsienti fizik
kattaliklarini keltirish mumkin.
Shuningdek, yana shunday birliklar mavjudki, ular nisbatan oddiy
birliklarning murakkablashtirilgan shakli bo‘lib, bunday birliklar ham
o‘lchamlikka ega bo‘lmaydi. Misol tariqasida, «xarakterli son»ni
ifodalaydigan, Reynolds soni,
𝑅𝑒=𝜌𝑣𝑙𝜂 (bu yerda,
ρ – massaviy zichlik,
η – dinamik qovushqoqlik,
v – tezlik,
l - uzunlik) singarilarni keltrish
mumkin. Bunday hollar uchun o‘lchamsiz birlik bo‘lgan, bir raqamini
birlik sifatida qo‘llash mumkin. Ya’ni, 1 rad/s burchak tezlik = 1 Hz.
O‘lchamsiz kattaliklarning boshqa bir turkumi bu –
molekulalar
soni, energetik pog‘onalar soni, statik termodinamikada tarmoqlanish
funksiyasi (termodinamik erishish mumkin bo‘lgan holatlar soni) kabi,
ma’lum miqdorlarni ifodalovchi son qiymatlardir. Garchi bunday
miqdorlar uchun birliklar, SI ning asosiy birliklaridan keltirib chiqarilishi
ilojsiz bo‘lsa ham, ular uchun qabul qilingan bir birlik, o‘lchamsiz
kattalik yoki, o‘lchamligi birga teng kattalik deb olinadi. Bunday
kattaliklar uchun bir birlik doimiy asosiy birlik sifatida qaralishi
mumkin.
Ayrim 1 birliklar uchun ham maxsus nom biriktirilgan. Bu, nazarda
tutilayotgan tegishli fizik kattalikni oson fahmlab olishga xizmat qiladi.
Radian ‒ aynan shunday birlikdir. Radian
va steradian kogerent
birliklari, mos ravishda, bir o‘lchamli fizik kattaliklar bo‘lmish – yassi
48
burchak va fazoviy burchaklar uchun O‘TXK tomonidan maxsus
berilgan nom bo‘lib, ular haqida ma’lumot 2.9-jadvalda keltirilgan.
SI ning barcha old qo‘shimchalari, qat’iy ravishda 10 lik sanoq
sistemasiga tayanadi. Ulardan ushbu birliklar SI tarkibiga kirmasa ham,
ular, axborot texnologiyalari sohasida, SI ning old qo‘shimchalarini
noo‘rin va xato qo‘llashni oldini olish maqsadida foydalanish zarur.