SI tizimiga kirmaydigan birliklar




Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/109
Sana19.01.2024
Hajmi3,46 Mb.
#140836
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   109
Bog'liq
20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslari

SI tizimiga kirmaydigan birliklar. Xalqaro Birliklar Tizimi SI – 
O‘TXK tomonidan, barcha birliklarning xalqaro miqyosda o‘zaro 
muvoqlashtirilgan tizmidir. Ilm-fanda, texnologiyalar va savdo-sotiqda 


50 
aynan ushbu tizimdan foydalanish tavsiya etiladi. SI ning asosiy va 
maxsus nomga ega bo‘lgan va boshqa hosilaviy birliklari bilan 
birgalikda, fizik kattaliklarning qiymatlarini o‘zaro o‘girishda, 
tenglamalarda 
alohida 
koeffitsiyentlardan 
foydalanishni 
taqozo 
etmaydigan, foydalanish uchun amaliy qulay bo‘lgan muhim kogerent 
tizimdir. SI – dunyo bo‘yicha tan olingan yagona tizim bo‘lganligi 
tufayli, undan xalqaro muzokaralarda foydalanish ham katta ahamiyatga 
egadir. Oxir oqibat, bu tizim, agar undan hamma birdek foydalansa
keyingi avlodlar uchun ilm-fan va texnologiyalarni oson o‘zlashtirishga 
katta yordam berishi aniq. 
Shunga qaramay, SI tarkibiga kirmaydigan yana ko‘plab birliklar 
mavjudki, uzoq yillardan buyon, fan-texnikada va tijoriy adabiyotlarda 
ulardan foydalanish davom etib kelmoqda. SI tarkibiga kirmaydigan 
ayrim birliklar, ilmiy adabiyotlar orqali o‘rnatilgan tarixiy ahamiyatga 
egadirlar. SI ga kirmaydigan ba’zi boshqa birliklar, masalan, vaqt, yoki, 
burchak birliklari singarilar, qadim-qadimdan beri insoniyat ongi va 
madaniyatiga mustahkam o‘rnashib qolgan bo‘lib, insoniyat ulardan 
foydalanishda uzoq kelajakda ham davom etishi katta ehtimol. Ayrim 
olimlarda, o‘z ilmiy faoliyatlari nuqtai nazaridan amaliy afzalliklarga ega 
bo‘lgan, lekin, SI ga taalluqli bo‘lmagan birliklarni qo‘llashda erkin 
ixtiyor bo‘lishi tabiiy hol. Misol uchun, elektromagnit nazariya, kvant 
elektrodinamikasi, nisbiylik kabi sohalarda, SGS-Gauss tizimi 
birliklaridan foydalanish qulayroqdir. Shularni e’tiborga olib, quyida, SI 
ga kirmaydigan, o‘zga tizimlardagi birliklardan, ayrim eng muhimlarini 
keltrib o‘tamiz. Ulardan foydalanilayotganda shuni yodda tutish kerakki, 
mazkur tizimlarda, SI tizimining afzalliklari mavjud emas.
Ushbu risolada, SI ga kirmaydigan birliklar haqida to‘xtalib o‘tilishi, 
amaliyotda, SI ga taalluqli bo‘lmagan birliklardan foydalanishni 
ma’qullash tarzida qabul qilinmasligi kerak. Yuqorida sanab o‘tilgan 
ko‘plab sabablarga ko‘ra, SI birliklari, asosiy birliklar sifatida 
qo‘llanilishi maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, SI ga kirmaydigan 
birliklar va SI birliklarini o‘zaro kombinatsiyalar bilan qo‘llash, ulardan 
tarkibiy qismlar yasash ham tavsiya etilmaydi; bunda ham SI ning 
amaliy afzalliklaridan mosuvo bo‘lish mumkin. Umuman olganda, 2.10, 
2.11, 2,12-jadvallarda keltirib o‘tilgan, SI tizimiga kirmaydigan 
birliklardan foydalanilganida, ularni, mos keluvchi SI birliklari nuqtai 
nazaridan aniqlashtirib olish yaxshi amaliy samaralar beradi.


51 

Download 3,46 Mb.
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   109




Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish