O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi




Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/109
Sana19.01.2024
Hajmi3,46 Mb.
#140836
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   109
Bog'liq
20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslari

Kattalik 
Birlik nomi 
Birlik belgisi 
SI dagi qiymati 
Vaqt
daqiqa
Daq
1 daq=60 soniya
soat(a)  
Soat
1 soat = 60 daqiqa = 3600 
soniya
kun
K
1 kun = 24 soat = 86 400 
soniya
Yassi burchak gradus(b,c)
º
1 º = (π /180)rad
minut
´
1´ = (1/60)º = (π /10800) 
rad


52 
sekund(d)  
´´
1´´ = (1/60)´ = (π / 648 
000) rad
Maydon
gektar(e)  
ga
1 ga = 1 gm2 = 104 m2
Hajm
litr(f)  
L,l
1 L = 1 l = 1 dm3 = 103 
sm 3 = 10‒3 m3
Massa
tonna(g)  
t
1 t = 103 kg
(a) Mazkur birlikning belgisi 9-O‘TXKning 7-Rezolyutsiyasida tasdiqlangan 
(1948, CR, 70) 
(b) ISO 31, minut va sekunddan ko‘ra, o‘nli kasrlardan foydalanishni tavsiya 
etadi. Lekin, navigatsiyada munitdan foydalanishning o‘z afzalliklari bor, 
xususan, Yer sirtining bir minut kengligi va taxminan 1 dengiz mili masofasi 
o‘zaro tengdir.
(c) Gon (yoki, gonning muqobili bo‘lgan - grad) yassi burchakning gradusda 
ifodalangan muqobul nomi bo‘lib, (π/200)rad ga teng. Ya’ni, to‘g‘ri burchak 
100 gon ga teng bo‘ladi. gonning eng asosiy amaliy ahamiyati shundaki, 
Yerning qutblaridan ekvatorgacha bo‘lgan masofa, taxminan 10 000 km ni 
tashkil qiladi, Yer sirtida har 1 km, Yer markaziga nisbatan 1 sentigon burchak 
ostida yoy hosil qiladi. Lekin, gon birligidan amalda kamdan kam 
foydalaniladi.
(d) Astronomiyada, kichik burchaklarga nisbatan, ´´ yoki milliarksekund 
tarzida 
belgilanadigan 
arksekund 
(ya’ni, 
yassi 
burchak 
sekundi), 
mikroarksekund, (mkas); pikoarksekund, (pas) lar ham keng qo‘llanadi. Bunda 
arksekund, yassi burchak sekundining muqobilidir.
(e) Gektar birligi va ga belgisi, O‘TXQ tomonidan 1879-yilda qabul qilingan 
(PV, 1879, 41). Gektar asosan yer maydoni o‘lchovlari uchun qo‘llanadi.
(f) Litr uchun kichik harfli belgisi O‘TXQ tomonidan 1879-yilda tasdiqlangan 
edi (PV 1879, 41). Uning uchun muqobil belgi, katta L harfi, 16-O‘TXQ 
tomonidan (1979, Rezolyutsiya 6, CR 101 va Metrologia, 1980, 16, 56-57), 
shaklan o‘xshash bo‘lgan, kichik l (el) harfi va 1 (bir) raqamlarini matnlarda 
chalkashtirib yuborilishini oldini olish maqsadida qabul qilingan.
(g) Tonna va uning belgisi t, O‘TXQ tomonidan 1879-yilda tasdiqlangan (PV 
1879, 41).
2.11-jadval, qiymatlari amaliy tajribalarda keltirib chiqariladigan 
kattaliklarni o‘z ichiga oladi. Shuning uchun ham ular bilan SI birliklari 
o‘rtasidagi bog‘liqliklar, noaniqliklarga egadir. 2.11-jadvalda keltirlgan 
birliklar ichida, astronomik birlikdan tashqari boshqa barcha birliklar, 
fundamental fizik doimiylar bilan bog‘liqdirlar. Ro‘yxatdagi dastlabki 
uch birliklarni, ya’ni: 1) elektronvolt, eV; 2) massaning atom birligi, 
yoki, dalton – belgisi mos ravishda m.a.b1 yoki, Da; hamda, 3) 
astronomik birlik, a.b.[2] larni O‘TXQ tomonidan SI birliklari qatorida 
qo‘llashga ruxsat etilgan. Ushbu jadvalda keltirilgan ko‘plab birliklar, 


53 
o‘lchashlar va hisob-kitoblarda aynan ushbu birliklardan foydalanish 
qulay va foydali bo‘lgan maxsus sohalarda muhim ahamiyatga egadirlar. 
Elektronvolt eV ning qiymati – elektron zaryadi ga, daltonning qiymati 
Da esa, Avogadro soni NA ga bog‘liq.
Bu kabi birliklar juda ko‘p bo‘lib, chunki, fanning ko‘plab 
sohalarida, amaliy tajribalarning yoki, nazariy hisoblashlarning 
natijalarini, tabiatning fundamental doimiylari orqali ifodalsh ancha 
qulaydir. Bunday birliklar orasida eng ahamiyatli bo‘lganlari bu – yuqori 
energiya va elementar zarrachalar fizikasida foydalaniladigan, tabiiy 
birlik (t.b.)
3
, hamda, atom va yadro fizikasi va kvant kimyosida 
qo‘llaniladigan, massaning atom birligi (m.a.b.) lardir. Tabiiy birlik t.b. 
alohida tizim tarzida qaraladi va undagi asosiy mexanik kattaliklar bu 
tezlik, harakat miqdori va massa bo‘lib, ularning birliklari esa, mos 
ravishda, yorug‘likning vakuumdagi tezligi c0;
Plank doimiysining 2π ga bo‘linmasi, ya’ni, kichik Plank doimiysi 
deb yuritiladigan va ħ belgisi bilan belgilanadigani; hamda, elektron 
massasi me lardir. 
Umuman olganda, mazkur birliklar uchun maxsus nom va belgilar 
berilgan emas, biroq, ularni sodda qilib, tezlik t.b., belgisi c0; massa t.b. 
belgisi me; va harakatning t.b., birligi ħ tarzida ifodalanadi. Bu tizimda 
vaqt – hosilaviy kattalik hisoblanadi va uning birligi, asosiy birliklarning 
ħ𝑚𝑒∙∙𝑐02 tarzidagi nisbatdan kelib chiqadi.
Huddi shuningdek, atom birliklari tizimi uchun ham, mazkur besh 
fizik kattaliklar – massa, harakat miqdori, zaryad va energiyalar, asosiy 
birliklar sifatida qabul qilinadi. Ularga mos keluvchi asosiy birliklar esa, 
elementar zaryad e; elektron massasi me; harakat ħ; Bor radiusi a0; 
hamda, Hartri energiyasi Eh – lardir. Ushbu tizimda ham vaqt hosilaviy 
birlik bo‘lib, uning keltirib chiqarilishi kattaliklarning ħ
𝐸ℎ tarzidagi 
nisbatiga asoslanadi. Shunga e’tibor qaratingki, a0=
𝛼4𝜋∙𝑅∞ bo‘lib; bu 
ifodada α – yupqa struktura doimiysini, R∞ esa Ridberg doimiysini 
ifodalaydi; shuningdek, 
𝐸ℎ=𝑒2(4𝜋𝜀0∙𝑎0)=2𝑅∞ℎ𝑐0=𝛼2∙𝑚𝑒∙𝑐02 bo‘lib, bu 
tenglamadi, ε0 elektr doimiysini ifodalaydi va u SI tizimida aniq 
qiymatga ega. Tabiiy birliklar va atom birliklaridan jami o‘ntasi va 
ularning SI dagi muqobil birliklarda ifodalangandagi son qiymatlarini, 
2.11-jadvalda axborot tariqasida keltirib o‘tildi. Mazkur birliklarga 
tegishli bo‘lgan fizik kattaliklar tizimi, SI tizimi asoslangan fizik 
kattaliklar tizimidan tubdan farq qilganligi bois, ushbu birliklar odatda SI 
bilan birgalikda qo‘llanilmaydi va ularni O‘TXQ rasman tasdiqlamagan. 


54 
Hisoblash hamda, o‘lchash natijalarining tabiiy birliklar yoki, atom 
birliklarida ifodalangan qiymatlarining tushunarli va ishonchli bo‘lishi 
uchun, ularni albatta SI tizimidagi muqobil birliklar orqali ham ifodalab 
o‘tish zarur bo‘ladi. Tabiiy birliklar (t.b.) hamda, atom birliklaridan 
(m.a.b.), tegishli tor sohalardagina, xususan, atom va yadro fizikasida va 
kvant mexanikasida foydalaniladi. Jadvaldagi son qiymatlarning 
so‘ngida, qavs ichida ko‘rsatilgan sonlar, tegishli miqdor uchun standart 
noaniqlik ko‘rsatkichini ifodlaydi.

Download 3,46 Mb.
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   109




Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi

Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish