• 2.10-jadval. SI Xalqaro Birliklar Tizimi bilan birgalikda qo‘llashga ruxsat etilgan, SI tarkibiga kirmaydigan birliklar.
  • SI tarkibiga kirmaydigan, lekin, SI bilan birgalikda qo‘llash




    Download 3,46 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet38/109
    Sana19.01.2024
    Hajmi3,46 Mb.
    #140836
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   109
    Bog'liq
    20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslari

    SI tarkibiga kirmaydigan, lekin, SI bilan birgalikda qo‘llash 
    mumkin bo‘lgan birliklar, hamda, fundamental fizik doimiylarga 
    asoslangan birliklar. O‘TXQ (2004), mazkur risolaning avvalgi 
    (yettinchi) nashrida SI tarkibiga kirmaydigan birliklarning tasniflanishini 
    qayta ko‘rib chiqilgan edi. 2.10-jadvalda, SI tarkibiga kirmaydigan
    lekin, kundalik turmushda keng foydalaniladigan ba’zi birliklarning, 
    O‘TXQ tomonidan rasman qabul qilingan va tasdiqlangan ro‘yxati 
    keltirilgan. Insoniyatning ushbu birliklardan foydalanishi jarayoni, hali 
    noma’lum muddatlargacha davom etishini e’tirof etish o‘rinli bo‘lib, 
    ularning har birining SI birliklariga nisbatan olingan aniq ta’riflari 
    mavjuddir.
    2.11, 2.12 va 2.13- jadvallar, faqat ma’lum xususiy hollarda 
    qo‘llaniladigan birliklarni o‘z ichiga oladi. 2.11-jadvaldagi birliklar 
    fundamental fizik doimiylar bilan bog‘liq bo‘lib, ularning qiymatlari 
    amaliy tajribalar orqali aniqlanishi zarur. 2.10- va 2.11-jadvallarda 
    qiymatlari SI birliklariga nisbatan aniq ifodalangan va alohida holatlarda, 
    tijoriy, yuridik, hamda, ilmiy maqsadlarning maxsus ehtiyojlari 
    yuzasidan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan birliklar keltirilgan. Shunisi 
    aniqiki, ushbu birliklardan ancha yillardan beri foydalanib kelinmoqda. 
    Ulardan ko‘pchiligi, tarixiy ilmiy manbalarni tushunib olish uchun 
    muhimdir. 2.10, 2.11, 2.12 va 2.13-jadvallarning har biri haqida
    quyiroqda batafsil to‘xtalib o‘tiladi.
    2.10-jadval, vaqt va burchak o‘lchov birliklarini o‘z ichiga oladi. 
    Unda shuningdek, butun dunyo bo‘yicha, kundalik hayotda keng 
    qo‘llaniladigan va SI dagi muqobil birlikdan, muayyan o‘nli karrali 
    qiymat bilan farqlanadigan, gektar, litr, hamda, tonna birliklari ham qayd 
    etilgan.
    2.10-jadval.
    SI Xalqaro Birliklar Tizimi bilan birgalikda qo‘llashga ruxsat 
    etilgan, SI tarkibiga kirmaydigan birliklar. 

    Download 3,46 Mb.
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   109




    Download 3,46 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    SI tarkibiga kirmaydigan, lekin, SI bilan birgalikda qo‘llash

    Download 3,46 Mb.
    Pdf ko'rish