|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligiBog'liq 20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslariTirqishli o‘tqazish — detallar birikmasida tirqish hosil bo‘ladigan
o‘tqazish (teshikning joizlik maydoni valning joizlik maydoni ustida
joylashgan). Tirqishli o‘tqazishlar sirasiga, shuningdek, teshik joizlik
maydonining quyi chegarasi val joizlik maydonining yuqori chegarasiga
mos keladigan o‘tqazishlar ham kiradi.
Taranglik bilan o‘tqazish — detallar birikmasida taranglik hosil
bo‘ladigan o‘tqazish (teshikning joizlik maydoni val joizlik maydonining
pastida joylashgan).
O‘tuvchan o‘tqazish — detallar birikmasida ham tirqish, ham
taranglik hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘tqazish (teshik va valning
joizlik maydonlari o‘zaro qisman yoki to‘liq qoplanadi).
2.3. Joizliklar va o‘tqazishlarning yagona tizimi.
Ma’lumki, xalq xo‘jaligi ishlab chiqarishining barcha sohasini
mashina va mexanizmlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu mashina va
mexanizmlar turli shakl va o‘lchamlarga ega bo‘lgan bir nechtadan tortib
to o‘n va yuz minglab, hatto undan ham ortiq detallardan tashkil topgan
bo‘ladi. Bu mashinalardagi detallar bir-biriga nisbatan ma’lum vaziyatda
joylashib birikma hosil qiladi.
Birikma deb detallarning mashinalarda bir-biriga nisbatan ma’lum
vaziyatda joylashishiga aytiladi. Mashinalarning texnik talablar asosida
normalashishi uchun undagi detallar bir-biriga nisbatan qo‘zg‘aluvchi
yoki qo‘zg‘almas qilib biriktiriladi. Shu bilan birga detallarning ba’zilari
ikkinchi detal bilan ichki yoki tashqi yuzasi bilan tutashadi.
Qo‘zg‘aluvchi birikmalarda birikuvchi detallarni bir-biriga
nisbatan erkin harakatlanishi ta’minlangan bo‘ladi. Bunday birikmalar
kafolatlangan tirqishga ega bo‘ladi.
Qo‘zg‘almas birikmalarda detallar bir-biriga nisbatan mustahkam
birikkan bo‘lib, kafolatlangan taranglik va qo‘shimcha biriktiruvchi
detallarni qo‘llash bilan ta’minlanadi.
|
| |