• Joizlik maydoni
  • Nol chizig‘i
  • tirqishli, taranglik
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi




    Download 3,46 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet45/109
    Sana19.01.2024
    Hajmi3,46 Mb.
    #140836
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   109
    Bog'liq
    20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslari

    TD=
     -
     =ES—EI;
    Td=
     -
     =es-ei. 


    61 
    2.2-rasm. Joizlik maydonlari. 
    a-tirqishli o‘tqazish uchun teshik va 
    valning joizlik maydonlarining joylashishi; b-joizlik maydonlarining grafik 
    tasviri. 
     
    Joizlik doim musbat bo‘lib, partiyadagi yaroqli detallar haqiqiy 
    o‘lchamlarining yoyilish maydonini joriy qiladi. Joizlik kattalashishi 
    bilan buyumni ishlab chiqarish narxi kamayadi. Soddalashtirish uchun 
    joizliklar grafik usulda joizlik maydonlari shaklida tasvirianadi. Bunda 
    buyumning o‘qi doim sxemaning tagida joylashgan bo‘ladi. 
    Joizlik maydoni — yuqori va quyi og‘ishlar bilan chekiangan 
    maydon. Joizlik maydoni joizlik qiymati va uning nominal o‘lchamiga 
    nisbatan holati bilan aniqianadi. Joizlik maydoni grafik shaklida 
    tasvirlanadi. Joizlik maydoni grafik usulida tasvirlanganda nol chiziqqa 
    nisbatan yuqori va quyi og‘ishlarni ko‘rsatuvchi ikki chiziq o‘rtasida 
    joylashadi. 
    Nol chizig‘i — nominal o‘lchamni bildiruvchi chiziq bo‘lib, 
    joizliklarni va o‘tqazishlarni grafik usulda tasvirlashda o‘lchamning 
    og‘ishi shu chiziqdan boshlab belgilanadi. Agar nol chiziq gorizontal 
    joylashgan bo‘lsa, u holda musbat og‘ishlar bu chiziqdan yuqorida, 
    manfiy og‘ishlar esa pastida yozib belgilanadi. Ikki yoki bir necha 
    qo‘zg‘aluvchan 
    yoxud 
    qo‘zg‘almas 
    qilib 
    biriktirilgan 
    detallar 
    tutashuvchi detallar deb ataladi. Detallar bir-biri bilan biriktiriladigan 
    yuzalar tutashuvchi yuzalar, qolgan yuzaiar esa tutashmaydigan yoki 
    erkin yuzalar deb ataladi. Bir-birining ichiga kiradigan detallar 
    birikmasida qamrovchi va qamraluvchi yuzaiar mavjud. 


    62 
    O‘tqazish deb, detallar o‘zaro biriktirilganda ular orasida hosil 
    bo‘ladigan tirqishlar yoki tarangliklar qiymati bilan aniqlanadigan 
    birikma xususiyatiga aytiladi. O‘tqazish biriktirilgan detallar bir-biriga 
    nisbatan siljishi erkinligi yoki siljishga qarshilik darajasini ta’riflaydi. 
    Teshik va vai joizlik maydonlari bir-biriga nisbatan joylashishiga qarab, 
    o‘tqazishlar tirqishli, taranglik bilan yoki o‘tuvchan bo‘lishi mumkin. 

    Download 3,46 Mb.
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   109




    Download 3,46 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi

    Download 3,46 Mb.
    Pdf ko'rish