• Haqiqiy o‘lcham
  •  O‘lchamlar, og‘ishlar va joizliklar to‘g‘risida




    Download 3,46 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet43/109
    Sana19.01.2024
    Hajmi3,46 Mb.
    #140836
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   109
    Bog'liq
    20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslari

     
    2.5. O‘lchamlar, og‘ishlar va joizliklar to‘g‘risida 
    tushunchalar. 
    Birikma hosil qiluvchi detallar o‘lchamlari bilan xarakterlanadi. 
    O‘lcham – chiziqli kattalik (diametr, uzunlik, balandlik va hokazo)ning 
    qabul qilingan birlikdagi son qiymatidir. Mashinasozlikda o‘lchamlarni 
    millimetrlarda belgilash qabul qilingan. 
    Teshik tegishli o‘lchamlar lotin alfavitining bosh harflari bilan
    valga tegishli o‘lchamlar esa yozma harflari bilan belgilanadi.
    Birikmada teshik o‘lchami-D, val o‘lchami esa-d kabi belgilanadi. 
    Konstruktorlar tomonidan mustahkamlik shartlari asosida hisoblab 
    topilgan va standartlashtirilgan sonlar qatoriga moslab qabul qilingan 
    birikmaning o‘lchami nominal o‘lcham D
    n
    , d

    deb ataladi. Mashinada 


    59 
    umumiy birikuvchi yuzaga ega bo‘lgan otvertsiya va valning nominal 
    o‘lchami bir-biriga teng bo‘ladi, ya’ni
    D
    n
     = d
    n

    Nominal o‘lcham — chekka o‘lchamlarni aniqlash va og‘ishlarning 
    boshi bo‘lib xizmat qiladigan joiz qiymatlari ko‘rsatilmagan o‘lcham. 
    Biror birikmani tashkil qilgan detallar uchun nominal o‘lcham umumiy, 
    ya’ni bitta bo‘ladi. Nominal o‘lchamlar mustahkamlik va bikrlik 
    hisoblari, geometrik shakllari turg‘unligi va buyumlar konstruksiyalari 
    uning ishlovbopligiga asoslanib topiladi. 
    Tayyorlama, detal kesuvchi va o‘lchash asboblari, shtamp, 
    moslamalar sonini kamaytirish hamda texnologik jarayonlarning 
    namunaviylashtirilishini 
    osonlashtirish 
    uchun 
    o‘lchamlarning 
    hisoblangan qiymatlari standartda ko‘rsatilgan qiymatlarga binoan 
    yaxlitlanadi (odatda, kattaytirish tomonga). Normal chiziqli o‘lchamlar 
    (diametr, uzunlik, balandlik va h.k.) qatorlari afzal sonlar qatorlari 
    asosida, lekin ularning qiymatlari bir oz yaxlitlab tuzilgan. 
    Operatsiyalararo texnologik o‘lchamlar, boshqa qabul qilingan 
    o‘lchamlarga bog‘liq birliklar hamda konkret detallarning standart orqali 
    me’yorlangan o‘lchamlari (masalan, rezbani o‘rta diametri) bu 
    qatorlardagi qiymatlarga mos bo‘lmasligi mumkin. 
    Haqiqiy o‘lcham — joiz xatolik bilan o‘lchash natijasida 
    aniqlangan o‘lcham. Detalni mutlaq aniq, kerak bo‘lgan o‘lchamlari 
    bo‘yicha tayyorlash va xatosiz olchashning iloji yo‘q. Ishlab turgan 
    mashinadagi detaining o‘lchamlari yeyilish, elastik, harorat ta’sirida, 
    qoldiq deformatsiyaga uchrashi va boshqa sabablar tufayli statik holatda 
    yoki yig‘ish jarayonida aniqlangan qiymatdan farqlanadi.
    Demak, Haqiqiy o‘lcham D
    e
    , d
    e
    – ishga yaroqli detalni ruhsat 
    etilgan aniqlikdagi o‘lchov asbobi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘lchash 
    natijasida olingan o‘lchamidir. Detal ishlab chiqarishda hamma sharoiti 
    bir xil bo‘lgan bir xil o‘lchamli detallarning haqiqiy o‘lchamlari har 
    doim har xil bo‘ladi. Chunki ularga oldindan hisobga olib bo‘lmaydigan 
    bir qator xatoliklar ta’sir etadi. 

    Download 3,46 Mb.
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   109




    Download 3,46 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     O‘lchamlar, og‘ishlar va joizliklar to‘g‘risida

    Download 3,46 Mb.
    Pdf ko'rish