60
O‘lchamning haqiqiy qiymatini chekli o‘lchamlar
qiymatlari bilan
qiyoslab o‘lcham yaroqligi haqida xulosa chiqariladi. Undan tashqari,
standart o‘tuvchi va yotmaydigan chekli o‘lchamlar tushunchalarini joriy
qilgan.
O‘tuvchi chekli o‘lcham — val uchun yuqorigi chekli o‘lchamga,
teshik uchun quyi chekli o‘lchamga nisbatan qollanadigan atama.
Chekli o‘lchamli kalibrlar ishlatilganda so‘z o‘tuvchi
kalibr bilan
tekshiriladigan chekli o‘lcham to‘g‘risida ketadi. Bu atama qaysi bir
chekli o‘lchamga maksimal miqdori to‘g‘ri kelsa,
sluinga taalluqli
bo‘ladi.
O‘tmaydigan chekli o‘lcham — val uchun quyi chekli o‘lchamga,
teshik uchun yuqori chekli o‘lchamga nisbatan qo‘llanadigan atama.
Chekli o‘lchamli kalibrlar ishlatilganda o‘tmaydigan kalibr bilan
tekshiriladigan chekli o‘lcham to‘g‘risida so‘z yuritiiadi.
Bu atama
qaysi bir chekli o‘lchamga minimal material miqdori to‘g‘ri kelsa,
shunga taalluqli boladi.
Chizmalarni soddalashtirish uchun nominal o‘lchamdan
chekli
og‘islilar tushunchasi joriy qilingan.
Chekli og‘ish — chekli va nominal olchamlar o‘rtasidagi algebraik
ayirma. Yuqori va quyi og‘ishlar bo‘ladi.
Yuqori og‘ish — eng katta chekli va nominal o‘lchamlar
o‘rtasidagi algebraik ayirma. Belgilari: teshik uchun ES, val uchun es.
Quyi og‘ish — eng kichik chekli va nominal olchamlar o‘rtasidagi
algebraik ayirma. Belgilari: teshik uchun EI, val uchun ei.
Teshik uchun:
ES = D
max
-
D : EI= D
min
-D
Val uchun: es= d
max
-d; ei= d
min
-d.
Haqiqiy og‘ish –haqiqiy va nominal o‘lchamlar o‘rtasidagi
algebraik ayirma. Agar haqiqiy yoki chekli o‘lcham nominal o‘lchamdan
katta bo‘lsa, og‘ish musbat bo‘ladi, agarda haqiqiy yoki chekli o‘lcham
nominal o‘lchamdan kichik bo‘lsa, og‘ish manfiy bo‘ladi. Chekli
og‘ishlar musbat, manfiy yoki bittasi nolga teng bo‘lishi mumkin.
Joizliklar jadvallari va og‘ishlar joylashish sxemalarida og‘ishlar
mikrometr, chizmalarda esa millimelr hisobida ko‘rsatiladi.
Joizlik T
(lot.
tolerance — joizlik) — eng katta va eng kichik joiz chekli
o‘lchamlar o‘rtasidagi farq yoki yuqorigi va quyi og‘ishlar o‘rtasidagi
algebraik farqning mutlaq qiymati: