57
sifatida, qiymati: 1.01325 bar yoki, 101325 Pa bo‘lgan
standart atmosfera bosimi
ishlatilgan.
(b) Millimetr simob ustuni birligi, ayrim davlatlarda, inson qon bosimini o‘lchash uchun
qo‘llanadigan qonuniy o‘lchov birligi hisoblanadi.
(c) Angstrem – rentgenografik kristallografiyada hamda, struktura kimyosi sohalarida
keng qo‘llanadi, chunki barcha kimyoviy bog‘lanishlar 1-3 angstrem masofalarda
bo‘ladi.
shunga qaramay, bu borada, O‘TXQ da ham, O‘TXK da ham hech qanday
rasmiy tasdiqlar qabul qilingan emas.
(d) Dengiz mili – dengiz va havo navigatsiyasida masofani ifodalash uchun maxsus
qo‘llaniladigan masofa birligi. Dengiz mili uchun
xalqaro kelishilgan qiymatni, 1929-
yilda
Monakoda
o‘tkazilgan Birinchi Ekstraordinar Xalqaro Gidrografiya
Konferensiyasida, «xalqaro dengiz mili» nomi ostida tasdiqlangan. Hozircha hech
qanday xalqaro miqyosdagi kelishuvlar yo‘qligi sababli, dengiz mili uchun M, NM, va
Nm belgilarining barchasi uchrab turibdi. Jadvalda ulardan faqat M belgisi keltirildi.
Ushbu birlikning avvaldan tanlangani va hozirgacha foydalanishda davom etib
kelinayotganligining
sababi shundaki, Yer sirtidagi 1 dengiz mili masofasi, Yer
markaziga nisbatan 1 minut burchak ostida yoy chizadi va u orqali, geografik kenglik
hamda geografik uzunlik o‘lchamlarini, burchak minuti bilan ifodalash qulayroqdir.
(e) Barn –
yadro fizikasida, ko‘ndalang kesim yuzasini ifodalash uchu qo‘llanadigan
birlik.
(f) O‘zel – soatiga bir dengiz mili tarzidagi tezlik sifatida qabul qilingan. Bu borada
hech qanday xalqaro kelishuvlar mavjud emas. Biroq o‘z (kn)* belgisi ko‘p qo‘llanadi.
(g) LA=n Np ifoda, (bu yerda n – biror son), ln(A2/A1)=n dan keltirib chiqariladi.
LA=1 bo‘lganida, A2/A1=e bo‘ladi. bunda A belgisi, sinusoida
signalning amplitudasini
ifodalash uchun, LA esa neper logarifmik amplituda nisbatini, yoki, neper siganl
darajasi amplitudalar farqini ifodalash uchun qo‘llanilgan.
(h) LX=m dB = (m/10) B ifoda, (bu yerda m – biror son), lg(X/X0)=m/10 dan keltirib
chiqariladi. LX=1 B bo‘lganda, X/X0=10; hamda, LX=1 dB bo‘lganda, X/X0=101/10
bo‘ladi; agar X - o‘rta kvadratik signalni yoki, daraja ko‘rsatkichli
signal qiymatini
ifodalasa, LX qiymat, X0 ga nisbatan quvvat qiymati deb ataladi.
(i) Mazkur birliklardan foydalanganda, fizik kattalikninig tabiatiga va har qanday
ma’lumot-axborotning qiymatiga alohida e’tibor bilan yondoshish lozim.
Ushbu
birliklar SI tarkibiga kirmaydi, biroq O‘TXQ ularning SI bilan birgalikda qo‘llash uchun
ruxsat bergan.
(j) Neper, bel va detsibellarning son qiymatlariga (o‘z navbatida, bel va detsibelning
neperga nisbatlari) juda kamdan-kam hollarda murojaat qilinadi.
Ular logarifmik
kattalikning qaysi yo‘l bilan aniqlanganligiga bog‘liqdir.