39
ega moddaning miqdoriga proporsional nisbatda aniqlanadi.
Modda
miqdori birligi
mol, ramziy belgisi (ham)
mol. Mol – uglerod 12 ning
massasiga ko‘ra, bir mol uglerod 12 ning o‘zida qancha atom tutishiga
qarab aniqlangan. Xalqaro kelishuvga ko‘ra, bir mol uglerod 12 izotopi,
0.012 kg, ya’ni, 12 gramm uglerod miqdori bilan belgilangan. O‘TXK,
1967-yilda XANFI, XANKI va XST tashkilotlarining taklifiga ko‘ra mol
uchun quyidagi ta’rifni ma’qulladi va 1969-yilda uni tasdiqladi. Molning
ta’rifi 1971-yilda 14-O‘TXK tomonidan (1971, Rezolyutsiya 3; CR, 78
va
Metrologia, 1972,
8, 36) qabul qilindi:
1. Mol – massasi 0.012 kg bo‘lgan 12C uglerodda qancha atom
bo‘lsa, tarkibida shuncha struktur elementlar
tutgan sistemaning modda
miqdoridir. Uning belgisi – «mol».
2. Molni tatbiq etishda struktur elementlarni xoslashtirlgan
(spetsifikatsiyalashtirilgan) bo‘lishi shart va ular, atom, molekula, ion,
elektron
va boshqa zarrachalar, yoki zarrachalarning xoslashtirilgan
guruhi bo‘lishi mumkin.
Bundan kelib chiqadiki, uglerod 12 ning molyar massasi – aniq 12
gramm taqsim mol bo‘lar ekan:
M(12C)=12
𝑔𝑚𝑜𝑙 1980-yilda
O‘TXQ, Birliklar Konsultativ Qo‘mitasi 1980 (CCU) ning quyidagi
axborotini ma’qulladi:
Mazkur tarif, uglerod 12 erkin atomining
tinch va standart holati
uchun keltirilgan.
Molning ta’rifi shuningdek, har qanday modda uchun bir moldagi
struktura birliklarining sonini ifodalovchi universial konstantaning
qiymatini ham aniqlaydi. Bu konstantaning nomi –
Avogadro doimiysi,
belgisi
NA yoki
L. Agar tanlangan
X namunadagi mollar sonini N(x)
bilan belgilasak va aynan shu namunadagi modda miqdorini n(X) bilan
ifodalasak, quyidagi nisbat o‘rinli bo‘ladi: