33
bajaruvchi va davlat metrologik tekshiruvi va nazoratini amalga
oshiruvchi metrologik xizmat.
Metrologiya bo‘yicha milliy idora – davlatda o‘lchashlar birliligini
ta’minlash ishlariga rahbarlikni bajarishga
vakolatli davlat boshqaruv
idorasi.
Metrologik tekshiruv – o‘lchash jarayoni elementlarini me’yoriy
hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash va tasdiqlashni o‘z ichiga
olgan vakolatli idoralar va shaxslar faoliyati.
Metrologik nazorat – o‘lchash jarayoni
elementlarining holati,
ishlatilishi va o‘rnatilgan tartibda metrologik qoidalar amalga
oshirilganligini baholash uchun vakolatli idoralar va shaxslar faoliyati.
O‘lchash vositalarini tekshiruvdan o‘tkazish – o‘lchash
vositalarining belgilab qo‘yilgan texnikaviy
talablarga muvofiqligini
aniqlash va tasdiqlash maqsadida davlat metrologiya xizmati idoralari
(vakolat
berilgan boshqa idoralar, tashkilotlar) tomonidan bajariladigan
amallar majmui.
O‘lchash vositalarini kalibrlash – metrologik jihatlarning haqiqiy
qiymatlarini va o‘lchash birliklarini qo‘llashga
yaroqliligini aniqlash
hamda tasdiqlash maqsadida kalibrlash laboratoriyasi bajaradigan
amallar majmui.
2.4. Fizik kattaliklarning xalqaro tizimi
Xalqaro tizim (SI) ning asosiy birliklari.
SI
ning barcha asosiy
birliklarining ta’riflari O‘TXK tomonidan rasman tasdiqlangan.
Dastlabki ikkita ta’rif 1889-yilda, eng so‘nggisi esa 1983-yilda qabul
qilingan. Bularning barchasi vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib turadi, chunki fan
doimiy ravishda rivojlanmoqda.