• Nazariy metrologiya
  • Amaliy metrologiya
  • Kattalikning qiymati
  • Kattalik o‘lchovi
  • Metrologiya bo‘yicha asosiy atamalar




    Download 3,46 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet21/109
    Sana19.01.2024
    Hajmi3,46 Mb.
    #140836
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   109
    Bog'liq
    20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslari

    Metrologiya bo‘yicha asosiy atamalar: Metrologiyada sohasida 
    ishlatiladigan ayrim tushunchalar va ularning ta’riflarini quyida keltirib 
    o‘tamiz: 
    Metrologiya – o‘lchashlar, ularning birliligini ta’minlash usullari va 
    vositalari hamda kerakli aniqlikka erishish yo‘llari haqidagi fan. 
    Nazariy metrologiya – metrologiyaning fundamental asoslarini 
    ishlab chiqish predmeti bo‘lgan sohasidagi metrologiya bo‘limi. 
    Qonunlashtiruvchi metrologiya – metrologiya bo‘yicha milliy 
    idora faoliyatiga qarashli va birliklar, o‘lchash usullari, o‘lchash 
    vositalari va o‘lchash laboratoriyalariga davlat talablarini o‘z ichiga 
    olgan metrologiya qismi. 
    Amaliy metrologiya – nazariy metrologiya ishlanmalarini va 
    qonunlashtiruvchi metrologiya qoidalarini amaliy qo‘llanish masalalari 
    bilan shug‘ullanuvchi metrologiya bo‘limi. 
    Kattalik – sifat jihatidan ajratilishi va miqdor jihatidan aniqlanishi 
    mumkin bo‘lgan hodisalar, moddiy tizim, moddaning xossasidir. 
    Kattalik o‘lchami – muayyan miqdoriy obyekt, tizim, hodisa yoki 
    jarayonga tegishli bo‘lgan kattalikning miqdoriy aniqlanganligi.
    Kattalikning qiymati – kattalik uchun qabul qilingan birliklarning 
    ma’lum bir soni bilan kattalikning o‘lchamini ifodalash. 
    Parametr – berilgan kattalikni o‘lchashda yordamchi sifatida 
    qaraladigan kattalik. 
    O‘lchash vositasi – metrologik tavsiflari me’yorlangan (MTM), 
    o‘lchami (belgilangan xatolik chegarasi) ma’lum vaqt oralig‘ida 
    o‘zgarmas deb qabul qilinadigan, kattalikning o‘lchov birligini qayta 
    tiklaydigan va (yoki) saqlaydigan, o‘lchashlar uchun mo‘ljallangan 
    texnik vosita. 
    Kattalik o‘lchovi – o‘lchov qiymatlari belgilangan birliklarda 
    ifodalangan va zarur aniqlikda ma’lum bo‘lgan bir yoki bir nechta 
    berilgan o‘lchamlarning kattaligini qayta tiklash va (yoki) saqlash uchun 
    mo‘ljallangan o‘lchash vositasi. 


    32 

    Download 3,46 Mb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   109




    Download 3,46 Mb.
    Pdf ko'rish