Bog'liq 20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslari
2.3. O‘zbekiston Respublikasining "Metrologiya to‘g‘risida"gi qonuni Qonunning I–bo‘limi 1 – 4 modda va 4 moddaga qo‘shimcha
moddadan tashkil topgan bo‘lib, u asosiy tushunchalar; metrologiya
to‘g‘risidagi qonun hujjatlari; xalqaro shartnomalar va bitimlar;
metrologiyaga
oid
faoliyatni
davlat
tomonidan
boshqarish;
o‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlashga oid normativ
hujjatlarga bag‘ishlangan.
Qonunning II–bo‘limi 5 – 8 moddalardan tashkil topgan bo‘lib, bu
moddalar fizik o‘lcham birliklari; fizik o‘lchamlar birliklarining
etalonlari; o‘lchov vositalari, o‘lchovlarni bajarish uslubiyatlariga
bag‘ishlangan.
Qonunning III–bo‘limi 9 – 11 moddalardan tashkil topgan va
O‘zbekiston Respublikasi metrologiya xizmatining tuzilishi; davlat
metrologiya xizmati; yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlariga
tegishli ma’lumotlar keltirilgan.
Qonunning IV–bo‘limi 12 – 19 modda va 18 moddaga qo‘shimcha
moddadan tashkil topgan bo‘lib, unda davlat metrologiya tekshiruvi va
nazorati obyektlari va uni o‘tkazish tartibi; davlat metrologiya tekshiruvi
va nazorati turlari; o‘lchov vositalarining turlarini tasdiqlash; o‘lchov
vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish va ularning ijarasi bilan
shug‘ullanish uchun yuridik va jismoniy shaxslarning faoliyatiga
litsenziya berish; metrologiya ishlari va xizmatlarini amalga oshirish
31
huquqi bilan ta’minlash uchun yuridik va jismoniy shaxslarni
akkreditatsiya qilish; metrologiya normalari va qoidalarini buzganlik
uchun javobgarliklar keltirilgan.
Qonunning V–bo‘limi 20 – 21 moddalardan iborat va unda davlat
tomonidan albatta moliyaviy ta’minlash; metrologiya ishlari va
xizmatlari uchun haq to‘lash tartiblari keltirilgan.