10
1715-yili Rossiyaning Tula qurol
zavodida muayyan kalibr
belgilangan. Rossiya Imperiyasining Pyotr II hukmronligi davrida
XVII—XVIII asrlarda yaratilgan juda ko‘p qurol-aslaha elementlari aniq
bir
xil
namunalardan
qilinishi
belgilanib,
hozirgi
zamon
standartlashtirilishining prototipi tarzida namoyon bo‘lgan.
1785-yili fransuz muhandisi Leblan 50 dona qurol-aslaha qulflarini
yaratdi, ularning har biri boshqa qurol-aslahalar uchun qo‘shimcha
ishlovsiz tushar edi, ya’ni o‘zaro almashinuvchan bo‘lgan.
1846-yilda esa Germaniyada temiryo‘llar eni (koleyasi)
va vagon
ulash ilashmasining unifikatsiyasi (birxillashtirilishi) amalga oshirildi.
1869-yilda esa temiryo‘l relsi profili o‘lchamlari bo‘yicha standart
namunalar to‘plami chiqdi.
1870-yilda Yevropaning bir qator mamlakatlarida «Standart»
g‘ishtlar ishlab chiqarila boshlandi. 1869-yilda Angliyada, keyinchalik
esa Yevropaning
boshqa davlatlarida standart, ko‘rsatkichlari ma’lum
tartibga solingan burama (rezba)lar ishlab chiqarila boshlandi.
XIX asrning oxirlariga kelib Yevropa davlatlari, ayniqsa, kichik
hududlardan tashkil topgan Germaniyada standartlashgan deb atalishi
mumkin bo‘lgan mahsulotlar soni juda ko‘payib ketgan. Chunki katta bir
mamlakat
ichida
kichik-kichik
hududlar
mavjud
bo‘lib,
hali
umumlashgan talablar shakllanmagan, o‘lchovlar tasodifiy tanlangan edi.
Masalan, Genrix II tirsagiga teng o‘lcham «lokot»
nomi bilan, buyuk
Karl oyog‘i o‘lchamiga teng birlik «fut» nomi bilan yuritilgan.
1790-yilda Fransiyada ilk bor uzunlik birligi sifatida «metr»ga asos
solinib, u Yer meridiani chorak uzunligining o‘n milliondan birini tashkil
etadi. Oradan 85 yil o‘tgach, Parij konvensiyasida xalqaro o‘lchov va
tarozilar mahkamasi uzunlik birligi sifatida metrni qabul qildi. Bu voqea
ilmiy-texnik taraqqiyotning muhim hodisalaridan biri bo‘ldi.