15
ma’lumotlari, Ulug‘bekning “Zij jadvallari” da keltirgan, hozirgi
kunlarda eng zamonaviy o‘lchash qurilmalarida olingan natijalardan juda
oz tafovut qiluvchi ma’lumotlari alohida tahsinga sazovordir.
Bundan
tashqari, Forobiyning astronomik kuzatishlar va o‘lchashlar uchun
maxsus asbob - usturlob yasash sirlari xususidagi qimmatli ma’lumotlari
juda katta ham ilmiy, ham falsafiy ahamiyatga egadir.
Metrologiya va o‘lchashlar nazariyasining
rivojlanishida Yevropa
olimlarining ham hissalari kattadir. Gallileo Galiley, Nikolay Kopernik,
Isaak Nyuton, Paskal, Dmitriy Mendeleyevni
metrologiyaning fan
sifatida shakllanishidagi xizmatlari juda salmoqli.
Elektr hodisalarini o‘rganish, elektr o‘lchash asboblarining paydo
bo‘lishiga sabab bo‘ldi. 1745-yilda akad. G.V. Rixman birinchi bo‘lib
elektr o‘lchash asbobini yaratdi. "Elektr kuchi ko‘rsatkichi"- deb
noto‘g‘ri nomlangan bu asbob aslida potensiallar farqini o‘lchovchi
elektrometr edi.
XVIII asrning oxirida A. Volta va L.Galvani tomonidan elektr toki
ixtiro etilgandan keyin uni o‘lchash va o‘lchash
asboblarini yaratish
masalasini yechishga to‘g‘ri keldi.
1820-yilda A. Amper birinchi bo‘lib magnit miliga o‘tkazgichdagi
tok ta’sirini ko‘rsatuvchi- galvanometrni namoyish etdi.
Daniyalik olim X. Ersted elektr tokining magnit ta’sirini ixtiro etdi.
Undan foydalangan nemis fizigi G. Om, 1826-yili magnit milining
o‘zgarishi o‘tkazgichdan o‘tayotgan tokka bog‘liqligini, ya’ni o‘tkazgich
atrofidagi magnit maydoni ta’sirida bo‘lgan magnit milini ma’lum
burchakka burilishi o‘tkazgich materialiga bog‘liqligini tekshirdi. Shu
tamoyilga asoslangan asbobni yasab, Om o‘z qonunini yaratdi.