Standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilot




Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/109
Sana19.01.2024
Hajmi3,46 Mb.
#140836
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   109
Bog'liq
20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslari

3.8. Standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilot
 
ISO. 
Standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilot (ISO) 1946-yilda 
Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) ning standartlarni muvofiqlashtirish 
bo‘yicha BMT Qo‘mitasining majlisida tuzilgan. Shu yilniig o‘zida Bosh 
assambleyaning majlisida ISO ning Ustavi qabul qilindi. Bu Ustav 
tashkilotning statusi (huquqiy maqomi) ni, tuzilmasini, asosiy idoralar 
vazifalari va ish usullarini belgiladi. 
14 oktyabr 1946-yilda bo‘lib o‘tgan ISO Bosh assambleyasi qabul 
qilgan qaroriga ko‘ra, bu tashkilot Ustav va protseduralarining Qoidalari 
15 ta standartlashtirish bo‘yicha milliy tashkilotlar tomonidan ratifikatsiya 
qilingan (tasdiqlangan) dan keyin o‘z faoliyatini rasmiy ravishda 
boshlaydi, deb ko‘rsatilgan. 15-ratifikatsiya 23 fevral 1947-yilda 
Daniyadan keldi - bu sana ISO ning tashkil etilish kuni deb hisoblanadi. 
ISO ning Ustavida aytilishicha, “Tashkilotning vazifasi xalqaro mol 
almashinish va o‘zaro yordamini yengillashtirish, shuningdek intellektual, 
ilmiy, texnik va iqtisodiy faoliyat doirasida hamkorlikni kengaytirish 
uchun butun dunyoda standartlashtirishni rivojlantirishga ko‘makla-
shishdan iborat". 


100 
ISO ning idoralari, xalqaro standartlarni 
yaratish. ISO ning asosiy faoliyat turi xalqaro 
standartlarni yaratishdan iborat. Shuning uchun 
bu 
tashkilotniig 
asosiy 
bo‘limi 
Texnik 
qo‘mitalardan iborat. Hozir 187 texnik 
qo‘mitalar bor, jami ishchi idoralar: texnik 
qo‘mitalar, kichik qo‘mitalar soni 552 ta, 
ishchi guruhlar — 2100, umumiy hisobda 
2858 ta idoralar faoliyat ko‘rsatmoqda. 
ISO xalqaro standartlari majburiy emas. Har bir mamlakat bu 
standartlarni butunligicha, ayrim bo‘limlarini qabul qilishi yoki umuman 
qo‘llanmaslik huquqiga ega. 
Xalqaro standart mahsulotning har bir turiga tuzilmaydi. Standartlarni 
yaratish, agar bu standartlar mamlakatlar o‘rtasida savdoni kengaytirish 
uchun zarur bo‘lsa, agar ular insonlarning zarur darajada xavfsizligini 
ta’minlashga, sog‘ligini saqlashga, atrof muhitni asrashga yo‘naltirilgan 
bo‘lsa, texnik idoralarning dasturlariga kiritiladi. 

Download 3,46 Mb.
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   109




Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilot

Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish