• O‘z xohishi bilan sertifikatlash
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi




    Download 3,46 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet76/109
    Sana19.01.2024
    Hajmi3,46 Mb.
    #140836
    1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   109
    Bog'liq
    20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslari

    (sertifikatlash 
    sohasi 
    bo‘yicha) 
    — 
    sertifikatlash sohasida korxona va tashkilotlarning faoliyatini nazorat qila 
    oladigan va baholaydigan huquqiga ega bo‘lgan, attestatsiyadan o‘tgan 
    shaxs. 
    18. Majbiiriy sertifikatlash — sertifikatlash huquqiga ega 
    tomonning, mahsulotni yoki faoliyat turini standartlarning majburiy 
    talablariga javob berishini tasdiqlashi. 
    19. O‘z xohishi bilan sertifikatlash — iste’molchi, ishlab 
    chiqaruvchi, 
    sotuvchi 
    tomonidan 
    ixtiyoriy 
    ravishda 
    ularning 
    murojaatidan kelib chiqib, sertifikatlashtirish. 
    20. Apellyatsiya — tizimda o‘rnatilgan tartib bo‘yicha har bir 
    tomon apellyatsiya tartibi bo‘yicha sifat tizimi tekshirishlarini natijasini 
    qayta ко‘rib chiqishni so‘rab murojaat qilishi. 
    21. Audit — obyektiv va doimiy ravishda takrorlanadigan faoliyat 
    bo‘lib, ma’lum bir obyektga tegishli qoidalarni bajarilishini bir yoki bir 
    guruh shaxslar tomonidan tekshirish uchun o‘tkaziladigan tadbir. 
     
    4.2. Sertifikatlashtirishning mazmuni va mohiyati. 
    Sertifikatlashtirish so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, "to‘g‘ri ishlab 
    chiqarilgan" degan ma’noni bildiradi. Mahsulotning to‘g‘ri ishlab 
    chiqarilganligini bilish uchun uning me’yoriy hujjatlaridagi me’yorlarga 
    mosligini tekshirish zarur. Bunday vazifani sertifikatlash amalga 
    oshiradi. 


    115 
    Belgilangan me’yorlarga mos kelishini tekshirish uchun sinovlar 
    o‘tkazish lozim. Sinovlar texnik operatsiyalar bo‘lib, mahsulotning bir 
    yoki bir necha tavsifnomalarini aniqlashdan iboratdir. Sinovlar sinov 
    laboratoriyalarida amalga oshiriladi. Me’yorlarga moslik darajasini 
    tizimli tarzda tekshirish me’yorlariga moslikni baholash deyiladi. "3-
    tomon" 
    amalga 
    oshirishi 
    maqsadga 
    muvofiqdir. 
    Sertifikatsiya 
    mahsulotning (jarayonning, xizmatning) berilgan talablariga mosligini 
    isbotlovchi asosiy ishonchli usuli hisoblanadi. Sertifikatsiya jarayonining 
    tashkil etuvchilari, qoidalar, sinovlar va boshqalar quyidagi omillarga 
    bog‘liq bo‘ladi. Bu omillarga standartlash, sifat va bevosita 
    sertifikatsiyaga taalluqli bo‘lgan qonunchilik, sertifikatsiya obyektining 
    o‘ziga xos xususiyatlari kiradi. Sertifikatsiyalash terminini uning 
    markaziy organi amalga oshiradi va bu organning vazifalariga 
    quyidagilar kiradi:
    - Tizim ustidan boshqaruvni amalga oshirish; 
    - Faoliyat ustidan nazoratni amalga oshirish va boshqa organlarga 
    sertifikatsiyani o‘tkazish bo‘yicha huquqni berish. 
    - Sertifikatsiyani o‘tkazishning qoidalari va tartibini belgilash; 
    - Sertifikatsiyani amalga oshirish uchun me’yoriy hujjatlarni 
    tayyorlash; 
    - Sertifikatsiya jarayonini amalga oshirish; 
    - Sertifikatsiya jarayoni ustidan nazorat o‘tkazish tartibini belgilash. 
    Sanoat korxonalarida ishlab chiqarilayotgan turli xil mahsulotlar 
    muayyan sifat ko‘rsatkichlariga javob berishi kerak. Sifat ko‘rsatkichlari 
    esa ma’lum belgilangan talablarga ma’lum standartga yoki boshqa 
    me’yoriy hujjatlarga mos kelishini talab etadi. 
    Muvofiqlikni 
    sertifikatlashtirish mumkin. 
    Sertifikatlashtirish deganda kerakli ishonchlilik bilan mahsulotning 
    muayyan 
    standartga 
    yoki 
    texnikaviy 
    hujjatga 
    muvofiqligini 
    tasdiqlaydigan faoliyat tushuniladi.
    "Sertifikatlashtirish" 
    tushunchasi 
    birinchi 
    marta 
    Xalqaro 
    standartlashtirish tashkiloti Kengashining sertifikatlashtirish masalalari 
    bo‘yicha maxsus qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilib, uning 
    "Sertifikatlashtirish, sertifikatlashtirish va sinov labaratoriyalarining 
    akkreditatsiyalash sohalaridagi asosiy atamalar va ularning qoidalari" 
    qo‘llanmasiga kiritilgan. Qayta ishlangan Xalqaro standartlashtirish 
    tashkilotining qo‘llanmasida "sertifikatlashtirish" atamasining faqatgina 
    izohlari berilgan: 


    116 
    - sertifikatlashtirish umumiy atama bo‘lib, mahsulot, texnologik 
    jarayon va xizmatlarning sertifikatlashtirishda (muvofiqlikni sertifikat-
    lashtirish) uchinchi tomonning qatnashishi tushuniladi; 
    - sifat tizimini baholash sohasidagi taraqqiyot sifat tizimini 
    sertifikatlashtirish bo‘yicha yangi (ta’minlovchining imkoniyatlarini 
    sertifikatlashtirish) tushuncha zaruriyatini tug‘dirmoqda. Qo‘llanmaning 
    qayta ishlangan nusxasida muvofiqlikni "sertifikatlashtirish" tushunchasi 
    tegishli atamalar guruhiga kiritilgan. 
    Muvofiqlik atamasi mahsulot, jarayon, xizmatga belgilangan barcha 
    talablarga rioya qilishni o‘z tarkibiga oladi. Bunda Muvofiqlikni uchta 
    ko‘rinishi - Muvofiqlik bayonoti, Muvofiqlikni attestatlash, Muvofiqlikni 
    sertifikatlash belgilaydi. Muvofiqlik bayonoti deb yetkazib beruvchining 
    mahsulot, jarayon va xizmatlarning aniq bir standartga yoki boshqa 
    me’yoriy hujjatga to‘la-to‘kis Muvofiqlik haqida butun mas’uliyatni o‘z 
    ustiga olganligini bayon etishga aytiladi. Bu atama so‘nggi vaqtlarda 
    "o‘z o‘zini sertifikatlashtirish" tushunchasi bilan almashinayotgani qayd 
    qilinmoqda. O‘z-o‘zini sertifikatlashtirish deganda mahsulot ishlab 
    chiqaruvchi tomon butun mas’uliyatni o‘ziga olgan holda sertifikat-
    lashtirishning o‘zini o‘tkazadi va mahsulotning kerakli darajada sifatliligi 
    haqidagi kafolatini o‘z ichiga oladi. Bunday sertifikatlashtirish faoli-
    yatini o‘z-o‘zini sertifikatlashtirish deb yuritiladi.
    Muvofiqligini attestatlash uchinchi tomon tarafidan "sinov labora-
    toriyasining bayonoti" tushunilib, malum namuna mahsulotga bo‘lgan 
    talablarni belgilovchi ma’lum standartlar yoki boshqa hujjatlar bilan 
    muvofiq ekanligini bayon etishiga aytiladi. 
    Sertifikatlashtirish deganda mahsulot (buyum, mol) yoki xizmat 
    muayyan standartga yoki texnikaviy shartlarga mos kelishini tasdiqlash 
    maqsadida o‘tkaziladigan faoliyat tushunilib, ushbu faoliyat natijasida 
    mahsulot (buyum, molning) sifati haqida iste’molchini ishontiradigan 
    tegishli hujjat-sertifikat beriladi.
    Yana bir zarur atamalardan biri "sertifikatlashtirish tizimi", u quyi-
    dagicha ta’riflanadi: Sertifikatsiyalashtirish tizimi - muvofiqlikning 
    sertifikatsiyalashtirish faoliyatini o‘tkazish uchun ish tartibi qoidalariga 
    va boshqalariga ega bo‘lgan tizimdir. 
    "Sertifikatsiyalashtirish tizimi" atamasidan tashqari Sertifikatlash-
    tirish sxemasi tushunchasi kiritilib, u quyidagicha ta’riflanadi: 
    Muvofiqlikni sertifikatlashni o‘tkazishdagi uchinchi tomon faoliyatining 
    tarkibi va tartibi".


    117 
    Sertifikatlashtirish tizimlarida qatnashuvchi uchta tushuncha to‘g‘ri-
    sida to‘xtalib o‘tamiz: sertifikatlashtirish tizimidan foydalanish, serti-
    fikatlashtirish tizimida qatnashuvchi va sertifikatlashtirish tizimi a’zosi. 
    Sertifikatlashtirish tizimidan foidalanish deganda sertifikatlashtirish 
    tizimining qoidalariga muvofiq guvohnoma talabgoriga berilgan 
    sertifikatlashtirishdan 
    foydalanish 
    imkoniyatlari 
    tushuniladi. 
    Sertifikatlashtirish 
    tizimida 
    qatnashuvchi 
    deb 
    ushbu 
    tizimning 
    qoidalariga binoan faoliyat ko‘rsatadigan, lekin tizimni boshqarish 
    imkoniyatiga ega bo‘lmagan sertifikatlashtirish idorasi tushuniladi. 
    Sertifikatlashtirish tizimi a’zosi deganda ushbu tizimning qoidalariga 
    binoan faoliyat ko‘rsatadigan va tizimni boshqarishda qatnashadigan 
    sertifikatlashtirish idorasi tushuniladi.

    Download 3,46 Mb.
    1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   109




    Download 3,46 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi

    Download 3,46 Mb.
    Pdf ko'rish