• Beshinchi sxema.
  • Oltinchi sxema.
  • Yettinchi sxema.
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi




    Download 3,46 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet79/109
    Sana19.01.2024
    Hajmi3,46 Mb.
    #140836
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   109
    Bog'liq
    20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslari

    To‘rtinchi sxema. Mahsulot namunalarining turlarini xuddi 1-3-
    sxemalardek sinovdan o‘tkazishga asoslangan bo‘lib, so‘ngra savdo 
    shaxobchasidagi hamda ishlab chiqarishdan olingan namunalarining 
    tekshirish nazorati vaqti-vaqti bilan o‘tkazish orqali mahsulotning sifati 
    hisobga olinadi. Bu holda mahsulot ishlab chiqarilgan bo‘lib, uning 
    chiqarilishiga ma’lum xarajatlar bo‘lgandan keyin standart talablariga 
    nomuvofiqligi aniqlanadi. 
    Beshinchi sxema. Bu sxema mahsulot namuna turlarini 
    tasdiqlangan sinov tashkilotlarida o‘tkazishga va mahsulot ishlab 
    chiqarishning sifatini baholashga asoslangan bo‘lib, so‘ngra savdo 
    shaxobchasida va ishlab chiqarishda namunalar sifatini nazorat qilib 
    boriladi. Bu sertifikatlashtirish usuli faqat mahsulotning sifatini nazorat 
    qilibgina qolmay, balki korxonada chiqaziladigan mahsulotning sifatini 
    kerakli darajada bo‘lishini ham nazorat qiladi. Tabiiyki, korxonada 
    mahsulot sifatini ta’minlashda, tizimni baholanishida va uning mezonini 
    aniqlash muhim ahamiyatga ega. Ushbu usul sanoati rivojlangan 
    mamlakatlarda, hamda xalqaro sertifikatlashtirish tizimlarida eng ko‘p 


    120 
    tarqalgan sxemadir. Birinchi-to‘rtinchi sxemalariga qaraganda bu sxema 
    eng murakkab va nisbatan qimmatroq turadigan sxema bo‘lib, uning 
    afzalligi iste’molchi mahsulot sifat darajasini yuqori ekanligiga ishonch 
    hosil qiladi, bu esa asosiy mezon hisoblanadi. 
    Oltinchi sxema. Faqat korxonadagi mahsulotning sifatini ta’minlash 
    bilan tizimni baholashni o‘tkazishga mo‘ljallangan. Bu usul ayrim vaqtda 
    korxona-tayyorlovchini attestatlash deb ham yuritiladi. Bu xil 
    sertifikatlashtirishda faqat korxonaning belgilangan sifat darajadagi 
    mahsulotni chiqarish qobiliyati baholanadi. 
    Yettinchi sxema. Mahsulotning har bir tayyorlangan to‘dasidan 
    sinovlarga tanlab olishga asoslangan. Tanlab olish sinovlarning 
    natijalariga qarab to‘dani ortish uchun qaror qabul qilinishi aniqlanadi. 
    Bu xildagi sertifikatlashtirish uchun tanlanmaning hajmi aniqlanishi 
    lozim. Bu esa tayyorlangan to‘daning katta-kichikligiga maqbul 
    bo‘ladigan sifat darajasiga bog‘liq. Qabul qilingan qoidaga asosan 
    tanlanmani to‘plash vakolatlangan sinov tashkilotlari tomonidan amalga 
    oshiriladi. Bu xil sertifikatlashtirish qo‘llanilishi statistik usulni qo‘llash 
    bilan bog‘liqdir. 

    Download 3,46 Mb.
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   109




    Download 3,46 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi

    Download 3,46 Mb.
    Pdf ko'rish